P. I. Ivanov m. E. Zufarova umumiy psixologiya



Yüklə 25,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/551
tarix28.03.2022
ölçüsü25,74 Mb.
#84801
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   551
2 5463028049224140945

0 ‘ZAR0  INDUKSIYA

Qo'zg'alish  va  tormozlanish  jarayonlari  doimo  bir-biriga  ta’sir  etib 

turadi.  Bu ikki jarayon bir-biriga bog'liq bo'ladi,  ya’ni qo'zg'alish jarayo­

ni  tormozlanish  jarayonini  paydo  qiladi.  Tormozlanish  jarayoni  esa 

qo'zg'alish jarayonini  paydo qiladi.  Qo'zg'alish va tormozlanish jarayon- 

larining shu tariqa o'zaro ta’sir etishini l.P. Pavlov o'zaro induksiya qonuni 

deb  atagan  edi.

Induksiya biryo'la va ketma-ket bo'lishi  mumkin.  Biryo'la induksiya 

musbat va manfiy bo'ladi.  Bosh miya po'stining biror qismidagi tormoz­

lanish boshqa qismlarda qo'zg'alish paydo qilsa, bunday induksiyani musbat 

induksiya deyiladi. Bosh miya po'stining biror qismidagi qo'zg'alish jarayoni



qo‘shni qismlarda tormozlanish jarayonini paydo qilsa, bunday induksiyani 

manfiy induksiya  deyiladi.

Bosh  miya  po'stining  biron  qismidagi  qo'zg'alish jarayoni  bir necha 

vaqtdan  keyin  tormozlanish jarayoniga  aylansa,  va  aksincha,  tormozla­

nish jarayoni  qo'zg'alish jarayoniga aylansa,  bunday  induksiyani  ketma- 

ket induksiya deyiladi.  Masalan, odamning uyg'oqlik holatiga xos bo'lgan 

uzoq  qo'zg'alish jarayoni  natijasida bosh  miyaning  butun po'sti  tormoz- 

lanadi,  natijada  kishi  uxlab qoladi.

Bosh  miya  po'stining  turli  qismlari  bir xil  qo'zg'almaydi:  bosh  miya 

po'stida qo'zg'alish paydo bo'lganda hamisha optimal qo'zg'alish o'chog'i 

yoki qismi bo'ladi.  Bu yerda muvaqqat bog'lanish  (shartli  reflekslar)  tez- 

roq va mustahkamroq hosil bo'ladi. Optimal qo'zg'aluvchanlik o'chog'ining 

hosil  bo'lishi  diqqatning  fiziologik asosidir.

Bosh  miya  po'stining ayrim  qismlari bir xilda  tormozlanmasligi  ham 

mumkin.  Shuning  uchun  ham  l.P.  Pavlov  «...yarim  sharlar  po'stining 

optimal  qo'zg'aluvchanlikka ega bo'lgan qismlaridagina emas, balki ular­

ning  ozmi-ko'pmi  tormozlangan  qismlarida  ham  yangi  bog'lanish  hosil 

bo'lishi  mumkin»,  deb  hisoblaydi.  Pavlovning  fikricha,  bizda,  masalan, 

hosil  bo'lgandan  keyingina  bilib  olinadigan  ba’zi  bir  odatlarning  paydo 

bo'lishiga sabab shudir  (4-tom,  413-bet).




Yüklə 25,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   551




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə