Hayvonlarning instinktlari
Instinktlar hayvonlarning o‘z ehtiyojlarini qondirish uchun qiladigan
murakkab tug‘ma harakatlaridir. Masalan, ko‘p qushlar juda ustalik bilan
in yasar ekan, material (cho'p-char, loy) tanlash va inni pishiq qilib qu-
rish yo‘lida xilma-xil harakatlarni bajaradi. Qaldirg‘ochlarning ini bunga
yaxshi misol bo'la oladi. O'rgimchaklar garchi in to‘qish «san’atini» ol
dindan o'rganmagan bo'lsa ham, o'z inlarini zo‘r «mahorat» bilan
to'qiydilar. Asalari o'z kataklarini, go‘yo puxta hisob qilib turganday,
aniq reja bilan ko'radi. Hayvonlarning instinktlari juda xilma-xil boMadi.
Hayvonlarning biologik ehtiyojlariga qarab, ularning instinktiv harakat
larini quyidagi turlarga bo'lish mumkin; ovqatlanish instinkti, saqlanish
instinkti, nasi qoldirish instinkti va poda (to‘da) bo'lib yashash instinkti.
Dostları ilə paylaş: |