P. I. Ivanov m. E. Zufarova umumiy psixologiya


Nasi  qoldirish  instinkti



Yüklə 25,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/551
tarix28.03.2022
ölçüsü25,74 Mb.
#84801
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   551
2 5463028049224140945

Nasi  qoldirish  instinkti. 

Bu  instinkt jumladan, ota-onalik instinkti  sifa­

tida  yaqqolroq  ko'rinadi.  Hayvonlar o'z  bolalarini  parvarish  qilish  tug'ma 

mahoratiga ega bo'lib,  u  naslining kelajagi  haqida katta g'amxo'rlik qiladi. 

Hayvonlarning ba’zi bir turlari, xususan, hasharotlar, o'z avlodini ko'rmaydi, 

ammo,  bolalari  o'sib  mustaqil  hayot  kechira  olishi  uchun,  ular  tuxum 

qo'yganda o'z  nasliga qulay joy va ovqatni  oldindan tayyorlab  ketadi.

Ko'klamda  yo'lda  yoki  yo'l  yoqasida  bir juft  qo'ng'izning  go'ngni 

dumalata-dumalata yumaloqlab ketayotganini ko'rish mumkin.  Bu yuma- 

loqlangan  go'ng  qo'ng'izdan  tarqaydigan  nasi  uchun  turar joy  va  ovqat 

bo'ladi.  Qo'ng'izlar  go'ngni  ma’lum  kattalikda  yumaloqlaydi.  Urg'ochi 

qo'ng'iz  shu  yumaloqlangan go'ng  ichiga tuxum  qo'yadi,  shundan  keyin 

uning  og'zini  berkitib,  xavf-xatarsiz  joyga  dumalatib  boradi.  Yumaloq­

langan  go'ng  ichidagi  tuxumdan  bir  necha  vaqtdan  keyin  qurt  chiqadi. 

Bu qurt go'ngdagi moddalar bilan oziqlanib o'sadi, qurt shu joyning o'zida 

g'umbakka aylanadi, keyin bu g'umbak qo'ng'izga aylanadi. Yosh qo'ng'iz 

yumaloq go'ng ichidan teshib chiqib, erkin hayot kechira boshlaydi. Shun­

day  qilib,  qo'ng'iz  o'zining  g'amxo'r  ota-onasini  ko'rmaydi,  ota-onasi 

esa  qo'ng'izni  ko'rmaydi.




Yüklə 25,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   551




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə