P. I. Ivanov m. E. Zufarova umumiy psixologiya


X X   A S R   P S IX O L O G IY A S I



Yüklə 25,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə532/551
tarix28.03.2022
ölçüsü25,74 Mb.
#84801
1   ...   528   529   530   531   532   533   534   535   ...   551
2 5463028049224140945

X X   A S R   P S IX O L O G IY A S I.

P S IX O L O G IY A N IN G   I D E A L I Z M   V A  

M E X A N I S T I K   M A T E R IA L IZ M G A   Q A R S H I  K U R A S H I

XX asrning dastlabki yillarida psixologiya sohasida to'plangan  meros- 

ni  qayta  ko'rib  chiqish  hamda  uni  haqiqiy  ilmiy  psixologiya  asosida 

qayta  qurish  haqidagi  masala  muhim  muammolardan  biri  edi.  Psi­

xologlar oldida  shu  vaqtga qadar  psixologiyada  hukm  surib  kelgan  ide­

alistik,  empirik psixologiyani  har tomonlama qayta ko'rib chiqish vazifasi 

turar  edi.

Empirik psixologiyani  tanqid  qilish  yana shuning uchun  ham  taqo­

zo  qilinar  ediki,  uning  va  umuman  idealistik  falsafaning  tarafdorlari 

o 'z  pozitsiyalaridan  birdaniga  voz  kechmadilar.  Masalan,  professor 

Chelpanov  o'zining  maqolalarida  empirik  psixologiya  materializmga 

zid  emas deb  ko'rsatishga  urindi.  O 'sha  vaqtlarda  psixologiyadagi  m e­

xanistik  oqim  bo'lgan  bixeviorizm  va  refleksologiyaga  ham  qarshi 

kurash  zarur bo'lib  qoldi.  Revolutsiyaning  dastlabki yillarida  bu  oqim- 

lar ancha  keng  tarqalgan  edi.  Refleksologiya  hatto  oliy  o'quv  yurtlar- 

iga  o'quv  fani  sifatida  kiritilgan  edi.  Biroq,  u  faqat  3-4  yil  mobaynida 

o'qitildi,  xolos.

Psixologiyadagi  mexanistik  oqimlar bilan  kurash  yana shuning  uchun 

ham  dolzarb  cdiki,  uning  vakillari  o'z  nazariyalarini  sotsialistik  jamiyat 

qurish  ishida  katta  amaliy  ahamiyatga  ega  bo'la  oladigan  ta ’limot,  deb 

da’vo  qildilar.  Bixevioristlar  hamda  refleksologlar  inson  psixikasini  faqat



mexanistik  ta’limotga  muvofiq  tushunish  asosida  yangi  pedagogika  siste­

masini  yaratish  lozim,  deb  hisobladilar.

Bu  psixologlaming ta ’limotiga  ko'ra.  mehnat  reaksiyalar yoki  refleks­

lar sistemasidir.  Pedagogika  muhitga  moslashish  reaksiyalari  yoki  refleks- 

larini  tarbiyalashdan  iboratdir.  Bunday  qonun-qoidalarda  biz  insonning 

bilish  va  amaliy  faoliyatida  ong  va  uning  turli  shakllarining  to'liq  inkor 

qilinganligini  ko'ramiz.

Professor K.N.  Kornilov boshchiligidagi  bir guruh psixologlar idealis­

tik va  mexanistik  psixologiyani  tanqid qilib,  psixologiyani  dialektik  mate­

rializm  asosida  ko'rishga  intildilar.

1923-yil psixonevrologiya fanlari bo'yicha birinchi  Butun Rossiya syezdi 

bo'lib  o'tdi.  Shu  syezdda  idealistik  psixologiyaga  qarshi  keskin  kurash  avj 

oldirildi.  Ayniqsa,  bu  kurash  keyingi  1924-yilgi syezdda yana  kuchaytirildi.

1924-yili prof.  Komilov o'zining «Hozirgi zamon psixologiyasi va mark- 

sizm»  nomli  kitobida  birinchi  b oiib  o'z  qarashlarini  aniq  ifoda  qildi.  U 

bu  kitobida empirik psixologiyani  tanqid  qildi,  awalo,  bu  psixologiyaning 

asosiy kamchiliklariga  — inson  psixik  faoliyatida  tashqi  xulqiy  momentni 

e’tibordan  chetda  qoldiri 



1

 ishiga,  psixologiyadagi  dualizm  va  idealizmga 

qarshi  chiqdi.  Kornilov  Bexterevning  refleksologiya  maktabini  va  l.P. 

Pavlovning  ba’zi  bir o'taketgan  izdoshlarini  (chunki  ular psixologiyani  re­

fleksologiya bilan  almashtirmoqchi  bo'ldilar)  tanqid  qilar edi,  ulaming  in­

son  xulqida  ongining  roliga  yetarli  baho  bermaganliklarini,  shuningdek, 

psixika  -   ongga  nisbatan  qarashlaridagi  mexanizmni  fosh  qilib  tashladi.

Mustaqil fan sifatida psixologiya uchun bixeviorizm va refleksologiyaga 

qarshi  kurashda  Moskva,  Leningrad  oliy  o'quv  yurtlari  va  boshqa  tad­

qiqot  muassasalarining  psixologlari  faol  ishtirok  etdilar.  Mexanistik  qa- 

rashlarning  yaroqsizligini  ko'rsatuvchi  asarlar  nashr  qilindi.

Psixologiyadagi  mexanistik  oqimlarga  qarshi  kurashda  psixologiya­

ning  predmeti  -   ong  haqidagi  masala  katta  o'rin  egalladi.

Bixeviorizm  tarafdorlari,  Bexterev va  uning  izdoshlari,  refleksologlar 

ong  masalasini  o'rganishni  e’tibordan  chetda  tutgan  psixologiyani  vu­

judga  keltirish  mumkin,  deb  hisobladilar.

Bu  qarashlarga  qarama-qarshi  oiaroq,  professor  Kornilov  rahbarli- 

gidagi  psixologlar  psixologiya  predmeti  faqat  xulqning  tashqi  alomatla- 

rinigina  emas,  balki  shuning  bilan  birga  insonning  subyektiv  kechirik- 

larini  ham  o'rganishdan  iborat  bo'lmog'i  kerak,  deb  hisobladilar.

Ongning  psixologlar tomonidan  o'rganilishi  mumkin  va zarur ekanli- 

giga,  ayniqsa,  L.S.Vigotskiy  qat’iy  rioya  qildi.

Psixologiya  sohasida  ikki  frontga,  ya’ni  empirik  psixologiyaning  sub­

yektivizm  va  idealizmga  qarshi,  bixevioristlar va  refleksologlaming  mexa- 

nizmga qarshi  olib  borgan  kurashi  faqatgina  psixologiyaga  emas,  balki  fal- 

safaga  ham taalluqli  edi.  Bu  kurashning yakunlari  quyidagilarda  ifodalandi.




Empirik  psixologiya  o'zining  oldingi  mavqeini  yo'qotdi,  u  o'qitish 

predmet  sifatida  uzil-kesil  siqib chiqarilgan  edi.  Refleksologiya vakillari 

o'z  nuqtayi  nazarlarini  yanada  qattiq  turib  himoya  qildilar.  Lekin  ular 

ham  tanqid  ta ’sirida  o'zlarining  xatolarini  tan  olishga  majbur bo'ldilar. 

Bu  jihatdan,  ayniqsa,  falsafiy  munozaralar  (1927—929)  katta  natijalar 

berdi,  munozaralar falsafa frontida mexanitsistlaming batamom tor-m or 

bo'lishi  bilan  tugadi.

Bexterev  (u  vaqtda  o'zi  mahrum  edi)  shogirdlaridan  bir guruhi  «Ref- 

leksologiyami  yoki  psixologiyami»  va  «Refleksologiya  va  uning  yondosh 

fanlariga munosabati» degan ikkita broshyura chiqardilar. Bu broshyuralarda 

ular o'zlarining oldingi  fikrlarining yanglish ekanligini  e’tirof etdilar.  Ular 

o'z  xatolarini,  refleksologiya  hali  inson  xulqini  to'la-to'kis  holiga,  ya’ni 

uni  qiliqlari  va  xatti-harakatlarida  olib  mukammal  tekshirish  darajasiga 

ko'tarilganicha  yo'q,  degan  bahona  bilan  izohladilar.  Ular  psixikaning 

realligini  esa  uni  o'rganishning zarurligini  e ’tirof etdilar.  1930-1931-yil- 

larda  refleksologiya  aslida  tugatilgan  edi.




Yüklə 25,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   528   529   530   531   532   533   534   535   ...   551




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə