P. I. Ivanov m. E. Zufarova umumiy psixologiya


R E A K T O L O G IK   P S IX O L O G IY A



Yüklə 25,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə533/551
tarix28.03.2022
ölçüsü25,74 Mb.
#84801
1   ...   529   530   531   532   533   534   535   536   ...   551
2 5463028049224140945

R E A K T O L O G IK   P S IX O L O G IY A

Komilovchi  psixologlar guruhining  ishlari  faqat  empirik  va  subyektiv  psi­

xologiyani  tanqid  qilish  bilangina  cheklanib  qolmadi.  Tanqid jarayonida  yangi 

psixologiya  sistemasini  tuzish  bo'yicha  ham  ishlar olib borildi.  Bu  psixologlar- 

ning aytishicha,  yangi  psixologiya sistemasi  marksistik fan bo'lishi  kerak  edi.

Lekin bu  faqat  niyat  edi,  xolos.  Aslida esa  Kornilov psixologiya pred- 

metini tushunishning o'zida bixevioristlar va  refleksologlar bergan ta ’rifga 

asoslangan  edi.

Kornilov ta’limoti  nuqtayi  nazaricha,  psixologiyaning  predmeti  inson 

xulqini  to'la-to'kis  holicha,  ya’ni  uning  qiliqlari  va  xatti-harakatlarini 

o'rganishdir.  Muayyan  muhitdagi organizmning reaksiyalari xulqning alo­

hida  elementlari  deb  hisoblandi.

Xulqning  elementlari  bo'lgan  reaksiyalar  haqidagi  ta ’limot  Kornilov 

maktabi  psixologiyasida  markaziy  o'rinni  egallardi.  «Biz  psixologiyada 

nimani  o'rganmaylik,— deb  yozgan  edi  Kornilov,—  tub  aslida  reaksiyani 

0

‘rganamiz,  chunki  reaksiya  xulqimizning  barcha  eng  murakkab,  yuksak 

va  nozik  shakllaridan  iboratdir.  Yangi  psixologiya  bitta  metodni,  bu  ham 

bo'lsa,  reaktologik  metodni  biladi».  Lekin  xulq  va  reaksiya  tushunchasi 

Komilovda  bixevioristlar  va  refleksologlarga  qaraganda,  boshqacha  tu- 

shuntiriladi, jumladan xulq va reaksiya tushunchalarining mazmuniga nerv- 

fiziologik  va  mushak  harakatlaridan  tashqari,  yana  psixik  moment,  ong 

momenti  ham  kiritilgan  edi.  Lekin  Kornilov  psixika  va  ongni  reaksiyada 

ishtirok  etadigan  va  uning  organizmning  tashqi  muhitga  nisbatan  javob 

harakati bilan birgalikda  ro'y beradigan  passiv bir narsa debgina tushundi.




Psixik  moment  esa  faqat  inson  kechirmalaridagi  reaksiyalaming subyek­

tiv  ifodasi  deb  tushunildi,  xolos.

Kornilov reaksiya tushunchasiga psixik, ongli momentlami kiritar ekan, 

buning bilan u go'yoki subyektiv empirik psixologiyaning bir tomonlama- 

ligini bartaraf qilmoqchi bo'ladi.  Komilovning fikricha, psixologiyani shun­

day  tushunilsa,  «inson  xulqidagi  obyektiv  va  subyektiv  hodisalaming  or­

ganik  sintezi»  kelib  chiqadi.

1926-yili professor Kornilov o'z psixik nazariyasining namunasi sifatida 

«Psixologiya  darsligini  chiqardi.  Keyingi  yillarda  bu  darslik  (1931-yil- 

gacha)  mayda  o'zgartirishlar bilan  bir necha  marta  nashr qilindi.

Aslida  bu  «psixologiya darsligi»da psixologiyaga  doir hech  narsa  yo'q 

edi.  Psixika haqidagi  masala faqatgina bosh qismida,  u  ham bo'lsa reaksi- 

yaning tarkibiy  momenti  sifatida eslatilib  o'tilar edi.  Psixologiya xulq  ha­

qidagi  fan  sifatida  talqin  qilinar  edi.  Xulq  organizm  reaksiyalarining 

yig'indisi  deb  tushunilar edi.  Butun  psixologiya sistemasi  tug'm a va hosil 

qilingan,  oddiy  va  murakkab  reaksiyalarni  bayon  qilishdan  iborat  qilib 

qo'yilgan edi, aslida esa bu darslikda bixevioristik va refleksologlar ta’limoti 

qisqacha bayon  qilingan  edi,  xolos (shuning uchun  ham bu darslik keyin­

chalik  «reaktologiya  darsligi»  deb  atalgan  edi).

Shu  narsani ta’kidlash kerakki, o'sha vaqtlarda, bixevioristlar va reflek- 

sologlarning siquvi ostida psixologiyani xulq haqidagi fandir, deb ta’riflash 

keng  tarqalgan  edi.

Agar 1923 va  1924-yillardagi syezdlar psixonevrologiya fanlari sohasidagi 

syezdlar  deb  atalgan  bo'lsa,  1930-yildagi  psixologiya  syezdi  esa,  inson 

xulqini  o'rganish  masalalariga  bag'ishlangan  syezd  edi.


Yüklə 25,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   529   530   531   532   533   534   535   536   ...   551




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə