P. I. Ivanov m. E. Zufarova umumiy psixologiya



Yüklə 25,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə529/551
tarix28.03.2022
ölçüsü25,74 Mb.
#84801
1   ...   525   526   527   528   529   530   531   532   ...   551
2 5463028049224140945

reaksiyalardir,

  xolos.  Bu  reaksiyalar  tug'ma  va  turmush  jarayo­

nida  hosil  qilingan  bo'lishi  mumkin.  Tug'ma  reaksiyalarga  reflektor  ha­

rakatlar (instinktlar)  kiradi.  Hosil qilingan reaksiyalarga esa har xil  malakalar 

kiradi.  Masalan,  barcha  irodaviy  harakatlar  nutq  va  boshqa  murakkab 

xulq  shakllari  shunday  harakatlardir.

Bixeviorizmning  asoschisi  Tomdayk  kuzatish  metodi  va  maxsus  eks- 

perimentlar o'tkazish  bilan  hayvonlarda  (asosan,  kalamushlarda)  malaka 

hosil  qilish  jarayonini  o'rgangan.  Torndayk  hayvonlar  psixikasini 

o'rganishdagi  xuddi  shu  obyektiv  metodlarni  inson  psixik  havotini 

o'rganishga  ham  ko'chirish  (latbiq  qilish)  mumkin  deb  hisobladi.  Inson 

xulqi  reaksivnlar yig'indisi sifatida bitta emas, balki butun bir qo'zg'ovchilar




sistemasi  bilan  vujudga  keltiriladi.  Organizmning  javob  harakatlari 

yig'indisini  (xulqini)  ro'yobga  chiqaruvchi  barcha  qo'zg'ovchilarning 

murakkab yig'indisi  bixevioristlar situatsiya  (tashqi  sharoit)  deb ataydilar.

Bixeviorizm  nuqtayi  nazaridan,  inson  xulqi  ong  faoliyati  bilan emas, 

balki  tashqi  qo'zg'ovchilarning  yig'indisini  bo'lgan  situatsiya  bilan  belgi­

lanadi.  Iisonning  psixik  hayoti  butunlay  organizm  reaksiyalarining 

yig'indisiga  tenglashtirib  qo'yiladi.  Psixik  hodisalar,  psixik  jarayonlar 

tushunchalari  o'miga  ham  an’anaviy  psixologik  tushunchalar  hisoblan- 

gan  sezgi,  idrok,  iroda,  xayol, tafakkur kabi tushunchalar o'miga ham har 

xil  nom  olgan  reaksiyalar  ishlatiladi.

Bixeviorizmning  nuqtayi  nazaricha,  psixologiyaning  vazifasi,  awalo, 

organizm  har  xil  qo'zg'ovchilarni  qabul  qilib  olishga  xizmat  qiluvchi  va 

shu  qo'zg'ovchiga javob beruvchi  apparat va mexanizmlami  o'rganishdan 

iboratdir.  Shuning  bilan  birga,  psixologiya  muayyan  reaksiya  tashqi 

muhitning inson organizmiga ta ’sir qilib turgan qanday predmet va hodi­

salari  bilan  ro'yobga  chiqarilishini  ham  o'rganmog'i  kerak.  Binobarin, 

psixologiya  inson  reaksiyalarini  faqat  tasvirlabgina  qolmasdan,  balki 

qo'zg'ovchi  bilan  organizmning  javob  harakati  o'rtasidagi  qonuniy 

bog'lanish  va  munosabatlarni  ham  qidirib  topishi  va  aniqlashi,  xulqning 

situatsiyaga bog'liqligini belgilab berishi lozim.  Bixevioristlaming fikricha, 

tashqi  qo'zg'ovchi  bilan  inson  xulqi  o'rtasida  qonuniy,  faqat  mexanik 

bog'lanish  bor:  qo'zg'ovchi  (situatsiya)  qanchalik  kuchli  va  murakkab 

bo'lsa,  reaksiya  (xulq)  shunchalik  kuchli  va  murakkab  bo'ladi  va  aksin­

cha,  qo'zg'ovchi  (situatsiya)  qanchalik  kuchsiz  va  oddiy  bo'lsa,  reaksiya 

(xulq) shunchalik kuchsiz va oddiy bo'ladi.  Demak, bixeviorizmning asosiy 

qoidalaridan  biri  shuki,  inson  xulqi  hamma  vaqt  muhit  bilan  qat’iy  mu- 

vozanatda  bo'ladi.

Bixevioristlaming ta ’limotiga  ko'ra,  inson  shaxsi  faqat  organizm  yoki 

aniqroq  qilib  aytganda,  eng  murakkab  mashina  bo'lib,  u  o'zining  barcha 

(elementar  yoki  murakkab)  harakatlari  bilan  muhitning  shart-sharoitlari 

va  o'z  organizmining  strukturasi  bilan  qonuniy  ravishda  belgilangan 

(determinlangan)dir.

Insonning  butun  faoliyati,  uning  butun  xulqi  harakatlardan  iborat 

bo'lgan  fizik,  mexanik jarayon  deb  qaraladi:  insonning psixik  hayoti  nerv 

sistemasida,  mushak va  ichki  sekretsiya  bezlarida  ro'y  beradigan  harakat 

va  o'zgarishlarga  tenglashtirib  qo'yiladi.

Shuning  uchun  ham,  agar  empirik  (subyektiv)  psixologiya  ruhning 

o'zini  o'rganishdan  voz  kechganligi  sababli  uni  ba’zan  «ruhsiz  psixologi­

ya»  deb atagan bo'lsalar,  obyektiv psixologiyani  esa «Psixikasiz  psixologi­

ya»  deb  atadilar.

Bixevioristlaming fikricha,  psixologiya ham  nazariy fan sifatida  fizika 

singari, aniq fan bo'lmog'i kerak. Texnika sohasida fizika qanchalik ahami-




yatga  ega  bo'lsa,  ijtimoiy  tuzum  sohasida  psixologiya  ham  shunchalik 

ahamiyatga  ega  bo‘lmog‘i  kerak.  Uotsonning  fikricha,  psixologiyaning 

oldiga shaxs va  muhitni  shunday tashkil  qilish vazifasi  qo‘yilmog‘i  kerak­

ki,  bu  bilan  jamiyatda  oqilona  va  baxtli  hayot  kechirish  uchun  zaruriy 

shart-sharoitlar yaratilgan  bo'Isin».

Bixeviorizm  nuqtayi  nazaricha,  xususan  psixologiyaning  oxirgi  vazi­

falari  insonning  yoki  butun  bir jamiyat  (sinf)  ning  zaruriy  xulqini  tashkil 

qilishdan  iboratdir.  Psixologiya  u  yoki  bu  odam,  butun  bir jamiyat  har 

qanday sharoitlarda ham qanday xatti-harakat  qilishini  oldindan  mumkin 

qadar aniq va  ilmiy jihatdan  asoslab  aytib  bermog'i  kerak.

Bixeviorizm  nuqtayi  nazaricha, ta ’lim va tarbiya tarbiyalanuvchilar va 

o'quvchilar  ongiga  tarbiyachi  yoki  o'qituvchi  tomonidan  ta ’sir  qilishdan 

emas,  balki  tegishli  situatsiya  (sharoit)  tashkil  qilishdan  iboratdir.

Bu  situatsiya  (qo'zg'ovchilar  va  stimullar  yig'indisi)  orgahizmga  be­

vosita  ta’sir  qilib,  inson  xulqini  kerakli  yo'nalishda  shakllantirmog'i  ke­

rak.  Ta’lim  va  tarbiya jarayonining  o'zi  esa,  kerakli  malakalar  (ichki  va 

tashqi  harakatlar)  hosil  qilishga  tenglashtirib  qo'yiladi,  boshqacha  qilib 

aytganda,  ta’lim  va tarbiya jarayoni  pressirovkadan  iborat  qilib  qo'yiladi.




Yüklə 25,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   525   526   527   528   529   530   531   532   ...   551




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə