S. Y. Is kamov



Yüklə 64 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/135
tarix30.12.2023
ölçüsü64 Kb.
#166969
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   135
kitob 00617a84a6c9428

Jihoz va materiallar: 
pichoq, go‘sht qiymalagich, cliinni 
hovoncha, stakanlar, kolbalar, reaktivlar.


0 ‘zlashtirish uchun savollar
1. Tuzlangan mahsulotda tuz miqdori me’yordan ortiq yoki kam 
bo‘lsa qanday salbiy holatlarga olib keladi?
2. Tuzlangan malisulotlarga qanday talablar qo'yiladi?
3. Tuz miqdorini yana qanday usullarda aniqlash mumkin?
>15-ish. Oltingugurt angidridraing umumiy miqdorini aniqlash
Darsning maqsadi: 
Meva-uzum quritishda oltingugurt bilan 
dudlash tartibi va uning ahamiyati bilan tanishish. Talabalarga qayta 
ishlangan (quritilgan) mahsulotlar tarkibidagi oltingugurt qoldig‘ini 
aniqlashni o ‘rgatish.
Konservalashda oltingugurt angidridi juda k o ‘p qo‘llaniladi 
(sulfatatsiya, dudlash). Mahsulotda oltingugurt qoldig‘i 0,1-0,2% 
bo‘lishi kerak, desulfatatsiyadan keyin esa umuman qolmasligi kerak. 
Yod eritmasini oltingugurt kislotasini oksidlashiga asoslangan bu 
usulni laboratoriyada qoTlash mumkin.
Ishlash tartibi: 
maydalangan o ‘rtacha nusxadan 20 gr namuna 
olinadi. Stakandan chinni idishga (stupkaga) 50-60 ml xloristiy 
natriyni 20,5 eritmasi va 5 ml bufer eritma solinadi (uni rN - 4,2 -4,6 
ga teng bo‘lishi kerak). Yaxshilab eziladi va fosfor stupkada 200 ml 
kolbaga olib o‘tiladi. Stupkada qolgan qoldiqlami 20% xloristiy natriy 
bilan yuviladi. Shu eritmani o ‘zi bilan kolba chizig‘igacha olib 
kelinadi. Kolba ichidan eritma yaxshilab aralashtiriladi, cho'kindi 
, hosil bo‘lgandan keyin paxta filtr orqali o ‘tkaziladi.
Tkkita kolbaga pipetka bilan 50 ml dan filtrat olib o ‘tiladi va har 
biriga 2 ml 1 natriy ishqor eritmasidan qo‘shiladi. Kolbani qopqoq 
bilan berkitiladi va yaxshilab ehayqatilib 1-2 daqiqaga qo‘yiladi.
Natriy ishqor semistiy kislotasini bo‘sh xoliga keltirish uchun 
ishlatiladi. Undan keyin har bir kolbaga 2 ml dan 6 ml gacha solyoniy 
kislota eritmasidan kisliy reaksiya uchun qo‘shiladi, shunda ajralib 
chiqqan oltingugurt angidridi yod eritmasidan oksidlanadi.
Birinchi kolbadagi eritmani yod eritmasini 0,01 da titrlanadi. 
Indikator sifatida 1% li kraxmal eritmasidan 20 tomchi olinadi. 
Titrlash 0,5 daqiqa davomida eritma ko‘k tusga kirish bilan 
to ‘xtatiladi.
Ddkinchi kolbaga 1 ml 40% formalin ermitmasi solinadi u esa


oltingugurtni bog‘lab qo‘yadi. 10 daqiqa eritma tinch qo'yiladi, keyin
0,01 yod eritmasidan kraxmal ishtirokida titrlanadi. Bn holatda faqat 
organik modda oksidlanadi, chunki ular mahsulotda va ular shu 
holatda shaklni va oltingugurt kislotasi bilan oksidlanadi.
Oltingugurt angidridining umumiy miqdori quyidagi formula 
bo'yicha aniqlanadi:

a - T
-0,00032-C -100%
H e
bu yerda: 
a - birinchi va ikkinchi titrlash eritmasini farqi;
T - 0,01 yod eritmasini titrga bo‘lgan tuzatish;
S - namunani umumiy hajmi, ml;
N - namuna og‘irligi, g;
ye - titrlashga olingan suv namunasi miqdori, ml;
0.00032.— koeffitsiyent (1ml) 0,01 yod eritmasi, 0,00032 g. 
oltingugurt eritmasini oksidlaydi.
Aniqlangan oltingugurt miqdori texnik shartlarda belgilangan 
me’у or bilan qiyoslanadi va shu asosda qayta ishlangan mahsulotga 
baho beriladi.

Yüklə 64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə