S. Y. Is kamov


Qaysa tayyorlash texnologiyasi



Yüklə 64 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/135
tarix30.12.2023
ölçüsü64 Kb.
#166969
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   135
kitob 00617a84a6c9428

Qaysa tayyorlash texnologiyasi.
Qaysa - danagi olib quritilg. 
o'rikdir. Qaysa yirik o‘rik mevalaridan tayyorlanadi. Qaysa tayyorfe: 
taxnikasi turshak tayyorlashdan deyarli farq qilmaydi. Masala; 
pataislarda dudlangan mevalar quritish maydoniga qo'yiladi va u!& 
bir-ikki kunda bir oz soligandan keyin bandi tomonidagi kesigida
danagi olib tashlanadi va yana patnislarga terib ochiq maydong: 
qo'yiladi. Bir ikki kundan keyin mevalar soyada quritiladi. Keying 
ishlar turshak tayyorlashdan farq qilmaydi.
Qaysa 8-13 kunda yetilib, xomashyodan 20-27 foiz quruq mah 
sulot olinadi .


Quraga tayyorlash texnologiyasi.
Quraga ikkiga yorib daaagi olib 
tashlanib quritilgan o‘rikdir, u yirik mevalardan tayyorlanadi. Meva 
ikki pallaga kesilgandan keyin qaynoq suvda 45-60 soniya tutiladi
ichki tomoni yuqoriga qaratib patnislarga teriladi va oltingugurt bilan 
dudlanadi. Har bir kilogramm mevaga 1,5-2 gramm oltingugurt 
ishlatiladi. Dudlash 45-60 daqiqa davom etadi. Dudlangan meva 
patnisi bilan birga so‘kchaklarga olib quritiladi. Namning 2-2/3 qismi 
qochgandan so‘ng o‘rik pallachalari ag‘darilib qo‘yiladi. Soyada 
quritilgan o ‘rik qovjirab eti burishib qolmaydi, vitaminlar yaxshi 
saqlanadi, ranggi aynimaydi. Quraga 5-7 kunda obdon qurib bo'ladi.
Shaftoli quritish texnologiyasi. 
Shaftoli albatta naviga qarab 
quraga sifatida quritiladi. Qoqi qilish texnologiyasi quyidagilardan 
iborat: uzish, tashish, saqlash, saralash, kalibrlash, yuvish, to‘g rash, 
po‘stini ajratish, tukli navlami yuvish, blanshirlash, dudlash, quritish, 
namini qochirish, joylash va saqlash.
Tayyor mahsulotning nami 17 foizdan oshmasligi lozim. Po‘sti 
archilgan shaftoli 5-8 kunda, archilmagan shaftoli 6-9 kunda va tukli 
shaftoli 12-16 kunda quritiladi.
1-vazifa.
Ochiq havoda - quyoshda quritishni talabalar yozgi 
amaliyot vaqtida o'quv xo‘jaligida yoki boshqa yerda oTganadi.
Har bir talaba shaxsiy topshiriq bajaradi (nav, mahsulot turi, xom 
ashyoni tayyorlash, quritish texnikasi).
Qurigan mahsulot sifatiga qarab qishda baholanadi va tahlil 
qilinadi. Qurigan mahsulotni asosiy sifat ko‘rsatkichlaridan biri uni 
bo‘rtishi, ya’ni awalgi holiga kelishi, (katta kichikligi, shakli, tashqi 
ko‘rinishi bo‘yicha yangiligida qanday boTsa o'sha holiga qaytishi).
Bo‘rtib chiqishni aniqlash uchun quruq mahsulotdan 50 gr namu­
na olinadi va 300-500 ml stakanga solinadi, sovuq, toza suv solinadi 
va 24 soatga qo‘yiladi. Mahsulot qalqib suzib chiqmasligi uchun uning 
ustiga to‘r qo‘yiladi. 24 soat olgandan keyin suv to‘kib tashlanadi, 
mahsulot ustidagi suvi oqib tushguncha 3-4 daqiqa turadi, keyin u 
tortiladi. Mahsulotni bo'rtishini hisoblab, uni tashqi ko'rinishiga baho 
beriladi. Shundan keyin quruq mahsulot qaynatilib pishirishga 
qo'yiladi. Pishirish vaqtida 1,5 foiz tuz qo‘shiladi. Pishib yetilish vaqti 
liisobga olinadi. Quruq mahsulotni pishirilgan mahsulotga solishtirib 
degustatsiya o‘tkaziladi.
2-vazifa.
Quruq mahsulotni bo‘rtishi va pishib o‘tib ketishini 
aniqlash. Bu topshiriq qurigan mahsulot tayyor bolishi bilan


bajariladi.

Yüklə 64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə