Saodat kambarova o‘zbek adabiyotini o‘qitish


“Erkin Vohidov. “Nido” dostoni. (3 soat, A2+: 4 soat)



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/70
tarix30.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#166037
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   70
ozbek adabiyotini oqitish meto. uslubiy qollanma

“Erkin Vohidov. “Nido” dostoni. (3 soat, A2+: 4 soat) 
Erkin 
Vohidov hayoti va ijodi haqida qisqacha annotatsiya. “Nido” dostonida 
insoniyat boshiga tushgan falokat – Ikkinchi jahon urushi keltirgan 
balolarning murg‘ak o‘smir taqdirida qoldirgan izning aks ettirilishi. 
Dostonda bola tabiatining g‘oyat nozik jihatlari haqqoniy tasvirlanganligi. 
Doston nomining ramziyligi”.
Dars maqsadlarini belgilash, unga erishish yo‘llarini, dars 
bosqichlari, metod va usullarini to‘g‘ri rejalashtirishda yuqoridagi jihatlar 
ko‘zda tutiladi.
4-ilova 
6-sinfda Erkin Vohidovning “Nido” dostonining o‘rganilishiga 
oid elektron dars ishlanmasi namunasi
Maqsad: 
Ta’limiy maqsad: 
o‘quvchilarga
 
dostonda Ikkinchi jahon 
urushining insoniyatga keltirgan ofatlari, ularning o‘smir hayotida
qoldirgan izining aks ettirilishi; bola tabiatining g‘oyat nozik jihatlari 
haqqoniy tasvirlanganligi hamda asar nomining ramziyligi yuzasidan 
bilim berish. 
Tarbiyaviy 
maqsad:
o‘quvchilarni yaratuvchanlik ruhida 
tarbiyalash, buzg‘unchi g‘oyalarga nafrat tuyg‘ularini uyg‘otish. 
Rivojlantiruvchi maqsad:
o‘quvchilarning asarda ilgari surilgan 
g‘oyalar yuzasidan mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish
nutqini o‘stirish. 
Dars turi:
yangi bilim beruvchi 
Dars metodi:
ijodiy o‘qish, empatiya metodlari 
Darsda foydalaniladigan jihozlar:
kompyuter, multimedia 
vositalari, shoir ijodi, asarga oid ko‘rsatmali va didaktik materiallar
audiomaterial va videolavhalar.
Darsning shiori 
sifatida Zulfiya ijodidan foydalaniladi:
Urush! Noming o‘chsin jahonda! 
Hamon bitmas sen solgan alam… 
(“O‘g‘lim, sira bo‘lmaydi urush!”) 


~ 32 ~ 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə