Saodat kambarova o‘zbek adabiyotini o‘qitish



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/70
tarix30.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#166037
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   70
ozbek adabiyotini oqitish meto. uslubiy qollanma

Ishni bajarish tartibi: 
Talabalarni “Dars muqaddas” tadbiri mazmuni bilan tanishtirish. 
Talabalar umumiy o‘rta ta’lim maktablari, akademik litsey, kasb-hunar 
kollejlari adabiy ta’limiga oid taqvim-mavzu reja, o‘quv dasturi, DTS, 
darsliklar bilan tanishib chiqishlari shart. Talabalar “Dars muqaddas” 


~ 30 ~ 
tadbiri 
mazmunini 
bilan 
tanishish 
jarayonida qisqa ma’ruza 
tayyorlaydilar. 
Sifatli dars bu ta’lim oluvchilar tomonidan samarali o‘zlashtirilgan 
dars. Dars boshlangandan keyin hech kimning ushbu jarayonga xalaqit 
berishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Har bir o‘qituvchi o‘zining eng birinchi asosiy 
vazifasi sifatli dars o‘tib, yaxshi tarbiya berish ekanligini, darsning 
muqaddasligini mas’uliyat bilan anglashi lozim.
Elektron dars ishlanma kompyuterning “MS Word” dasturida 
yozilib, darsning har bir bosqichiga doir barcha vositalar taqdim etilishi 
zarur. Bunda har bir bosqichda rejalashtirilgan jihatlar batafsil yoritilishi 
o‘qituvchining darsga puxta tayyorgarligidan darak beradi.
O‘qituvchi darsni rejalashtirishda asar asosida tayyorlangan 
radiopostanovkalardan foydalanishi yoki o‘zi audiomaterial tayyorlashi 
hamda ishlanma tarkibiga QR orqali kiritilishi mumkin. 
 
QR-kod
(inglizcha quick response – tez javob) – matrichniy kod 
(ikki o‘lchamli shtrixkod). 1994-yilda Denso-Wave nomli yapon 
kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan va amaliyotga taqdim etilgan. 
Ular saytlarda, reklamalar va hattoki tashrif kartochkalarida uchrashi 
mumkin. Ushbu ikki o‘lchamli shtrix kod OR skaner orqali skaner 
qilinishi va kod joylashgan sayt, buyum, reklama yoki biror bir narsa 
haqidagi ma’lumotni gipermurojaat orqali smart qurilma yordamida 
qidirib topish mumkin. Ular real dunyo (qaerda joylashishidan qat'iy 
nazar masalan, plakatlar yoki biror bir tekis yuza) bilan raqamli axborot 
va kommunikatsiya kanallarini (ijtimoiy tarmoq yoki forumlarda matn 
yoki video ko‘rinishda muzokara qilinadi) bog‘lab turadi
6

Elektron dars ishlanmasi tayyorlash uchun talaba kompyuterning 
barcha dasturlarini, avvalo, “MS Word”, “MS Paint” yoki “MS Power 
Point” dasturi imkoniyatlarini mukammal o‘zlashtirgan bo‘lishi, dastur 
amallarini to‘g‘ri qo‘llashni bilishi maqsadga muvofiq.
Talaba “Adabiyot” o‘quv dasturi va darsligi bilan tanishib, dars 
ishlanmasi tayyorlashda o‘quv dasturida ko‘rsatilgan jihatlarni e’tiborga 
olishi va shu asosda ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi vazifalarni 
belgilashi, dars bosqichlarini to‘g‘ri rejalashtirishi, ta’lim metodlarini
o‘rinli tanlanishi maqsadga muvofiq.
 
 
 
 
6
Файзиева М., Сайфуров Д. Виртуал таълим технологияси. – Тoshkent: ТДПУ, 2006. – 
74-b. 


~ 31 ~ 
3-ilova
Shoir ijodini o‘rganishga 5-sinf “Adabiyot” o‘quv dasturida 
quyidagicha yondashilganligini ko‘rish mumkin (izoh: oliy ta’lim 
dasturida asarning avvalgi rejasiga tayanilgan):

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə