17-mavzu: Texnologiya faniga oid rejalashtiruvchi hujjatlar Reja



Yüklə 36,29 Kb.
səhifə1/9
tarix30.12.2023
ölçüsü36,29 Kb.
#164490
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
17-mavzu Texnologiya faniga oid rejalashtiruvchi hujjatlar Reja-hozir.org


17-mavzu: Texnologiya faniga oid rejalashtiruvchi hujjatlar Reja

17-mavzu: Texnologiya faniga oid rejalashtiruvchi hujjatlar
Reja:
  1. Rejalashtirishning maqsad va vazifalari. Taqvim mavzuli reja. Dars rejasi va uning konspekti.


  2. Texnologiya fanida rejalashtiruvchi hujjatlar. O’quv ustaxonalarida yasaladigan buyumlar ro’yxati. Fanlarning o’zaro bog’lanish jadvali.




1-reja: Rejalashtirishning maqsadi va vazifalari. Taqvim mavzuli reja. Dars rejasi va uning konspekti.
O’quv jarayonini rejalashtirish o’qituvchining mashg’ulotlarga tayyorlanishida asosiy o’rin tutadi. O’qituvchining mashg’ulotlarga tayyorlanishi ikki bosqichni o’z ichiga oladi. Bu jarayon o’quv reja, kasb ta’limiga oid taqvimiy mavzuli reja va dasturni o’rganishdan boshlanadi. Mehnat ta’lim o’qituvchisi bu hujjatlar bilan tanishar ekan, tegishli sinf o’quvchilarida umumiy mehnat bilimlari va amaliy ko’nikmalarni qaysi kasb turlari bo’yicha shakllantirish lozimligini aniq tasavvur qiladi. Buning uchun qanday asbob-uskunalar moslamalar va ish qurollari kerakligini va shunga binoan ularni tayyorlash uchun qanday materiallar talab qilinishini bilib oladi.
O’quv jarayonini rejalashtirishda o’qituvchi quyidagi asosiy didaktik vazifalarni hal qiladi:
-o’quv jarayonini moddiy jihatdan o’z vaqtida ta’minlash imkoni yaratiladi, xususan, ustaxonalarni turli materiallar va asboblar bilan ta’minlash muddatlari oldindan ma’lum bo’ladi;
-mehnat mashg’ulotlarining mazmuni bilan boshqa o’quv fanlarning mazmuni orasidagi bog’lanish yoritiladi;
-turli ustaxonalarning o’zaro muvofiq ish olib borishiga erishiladi, ustaxonalardagi o’zaro muvofiq ish olib borishiga erishiladi, ustaxonalardagi mashg’ulotlar jarayonida o’quvchilarning ishlarini vaqt bo’yicha moslashtirish juda muhim bo’lib moddiy ta’minot bazasidan samarali foydalanish;
Rejalashtirishda mehnat ta’limi va kasbga yo’llash bo’yicha taqvimiy mavzuli reja, mehnatning har bir turi bo’yicha o’quv ishlab chiqarish ishlarining ro’yxati, mehnat ta’limi darslari muayyan mavzu bo’yicha darsning batafsil rejasi tuziladi.
Dars texnologiya fani oʻqitishning asosiy shakli boʻlib, uning tuzilishi, tashkil etilishi, unda oʻquvchilarning bilish faoliyatini tashkil etish, boshqarish va faollashtirish masalalari mehnat ta’limi oʻqitish metodikasining asosiy muammosi sanaladi.

Yüklə 36,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə