17-mavzu: Texnologiya faniga oid rejalashtiruvchi hujjatlar Reja


-reja: Texnologiya fanida rejalashtiruvchi hujjatlar. O’quv ustaxonalarida yasaladigan buyumlar ro’yxati. Fanlarning o’zaro bog’lanish jadvali



Yüklə 36,29 Kb.
səhifə7/9
tarix30.12.2023
ölçüsü36,29 Kb.
#164490
1   2   3   4   5   6   7   8   9
17-mavzu Texnologiya faniga oid rejalashtiruvchi hujjatlar Reja-hozir.org

2-reja: Texnologiya fanida rejalashtiruvchi hujjatlar. O’quv ustaxonalarida yasaladigan buyumlar ro’yxati. Fanlarning o’zaro bog’lanish jadvali.
Texnologiya fanida rejalashtiruvchi hujjatlar
1.O’quv ustaxonalarida yasaladigan buyumlar ro’yxati
2.Таbiiy ilmiy shakldagi fanlar bilan o’zaro bog’lanish jadvali
3. Коnstruksion –texnologik xarita.


  1. O’quv ustaxonasida yasaladigan buyumlar ro’yxati.


Texnologiya fani bo‘yicha o‘quv ustaxonasida yasaladigan buyumlar ro‘yxati - har bir sinfda o‘quvchilar o‘quv yili davomida qanday ishlarni bajara olish imkoniyati mavjudligini oldindan aniqlash, bu ishlarni bajarishda nazariya va amaliyotning bir-biriga mutanosibligini amalga oshirish hamda ularni qanday ketma-ketlikda bajarish kerakligini ko‘rsatuvchi hujjat bo‘lib, uni har bir texnologiya fani o‘qituvchisi mahalliy shart-sharoitlar, o‘quv dasturida ko‘rsatilgan ish obektlarining namunaviy ro‘yxatini hisobga olgan holda kalendar mavzuli rejaga asoslanib ishlab chiqadi va u maktab direktori tomonidan tasdiqlanadi. Texnologiya fani bo‘yicha o‘quv-ishlab chiqarish (o‘quv ustaxonasida qilinadigan ishlar) ro‘yxati va taqvimiy reja bir vaqtda tuziladi.
O’quv ustaxonasida bajariladigan buyumlar ro’yxati tuzilishi
1. O’qitish unumli mehnat asosida olib boriladi.
2. Buyumlar oddiydan murakkabga qarab joylashtirilgan.
3. Hamma buyumlar operasiyalar bo’yicha me’yorlashtirilgan. Bu esa o’quvchilarni mehnat jarayonini rejalashtirishga o’rgatadi.
  1. Tabiiy ilmiy turkumdagi fanlarning yig’ma mavzu rejasi. Bu hujjatda texnologiya, fizika, matematika, kimyo, chizmachilik va boshqa fanlarning o’zaro bog’lanishi ochib beradi




Texnologiya fanining tabiiy-ilmiy turkumdagi fanlar bilan bog‘liqlik jadvali - har bir mavzu mazmunini yoritishda uning mohiyatini o‘quvchilar tomonidan chuqur, ilmiy asoslangan holda tasavvur etishlari, vaqtdan unumli foydalanish, nazariy bilimlarini amalda, hayotga va ishlab chiqarishga qo‘llash imkoniyatlarini keng yoritish, ularning politexnik tushunchalarini kengaytirish maqsadida o‘qituvchi tomonidan tuziladi hamda u kalendar mavzuli rejada o‘z ifodasini topadi.
Tabiiy ilmiy turkumdagi fanlarning o‘zaro bog‘liqlik rejasi. Bu hujjatda mexnat ta’limi, fizika, matematika, kimyo, chizmachilik va boshqa fanlarning o‘zaro bog‘lanishi ochib beriladi. Mavzu o‘rganishga kirishilganda o‘quv materialining fizika, matematika, kimyo, chizmachilik va xakozo fanlardan o‘quvchilar olgan bilimini etkazishga harakat qilmaydi. o‘qituvchi suxbat o‘tkazish yo‘li bilan o‘quvchilarning bu soxadagi bilimlarini qanday o‘rganganliklarini aniqlaydi va ana shu fanlardan olgan bilimlar asosida ularga ishlov berilayotgan metallarning tuzilishi va kirish jarayonini tushuntirib o’tiladi.

Mehnat ta`limi


Tabiiy-ilmiy turkumdagi fanlar




Fizika

Matematika

Kimyo

CHizmachi
lik

Biologiya


Kesish jarayoni va kesuvchi asbobning geometriyasi qirindi hosil bo’lish jarayoni.


Kesish chuqurligi surish va kesish tezligi,
asboblarning chizmasi.

Qattiq jismlar ning xossalari ishqalanishi va issiqlik.


To’g’ri chiziq va tekisliklar ning fazoda paralelligi, ko’p yoqli burchaklar ning xossalari.


Eritmalar emulsiya lar mineral lar, moylar va hayvon yog’lari surib sovutuvchi moddalar.


Qirqim
lar va kesim lar.








Yüklə 36,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə