17-mavzu: Texnologiya faniga oid rejalashtiruvchi hujjatlar Reja



Yüklə 36,29 Kb.
səhifə4/9
tarix30.12.2023
ölçüsü36,29 Kb.
#164490
1   2   3   4   5   6   7   8   9
17-mavzu Texnologiya faniga oid rejalashtiruvchi hujjatlar Reja-hozir.org

Taqvimiy mavzuli reja.

O‘quv jarayonini rejalashtirish o‘qituvchining mashg‘ulotlarga tayyorlanishida asosiy o‘rin tutadi. O‘qituvchining mashg‘ulotlarga tayyorlanishi ikki bosqichni o‘z ichiga oladi. Bu jarayon o‘quv reja, mehnat ta’limiga oid taqvimiy mavzuli reja va dasturni o‘rganishdan boshlanadi.


Rejalashtirishda mehnat ta ’limi va kasbga yo‘llash bo‘yicha taqvimiy mavzuli reja, mehnatning har bir turi bo‘yicha o‘quv ishlab chiqarish ishlarining ro'yxati, mehnat ta’limi darslarini tabiiy-ilmiy sikldagi fanlar bilan bog‘liqlik grafigi va muayyan mavzu bo‘yicha darsning batafsil rejasi tuziladi.
O‘quv rejasi va o‘quv dasturi asosida har bir maktab o‘qituvchisi tomonidan mahalliy shartsharoitlarni hisobga oigan holda taqvimiy mavzuli reja ishlab chiqiladi va maktab metodik birlashmasi, pedagogik kengashi muhokamasi orqali maktab direktori tomonidan tasdiqlanadi. Taqvimiy mavzuli rejaning har bir bolimi qanday mavzularga ajratilib, ular qanday ketma-ketlikda, necha soatdan va o‘quv yilining qaysi qismlarida o‘qitilishi belgilab olinadi. Bu mavzular o‘qitishning qaysi shakl, metodi yordamida o‘rgatilishi, har bir mavzuni o'qitishda qaysi ishni bajarish, buning uchun qanday asbob-uskunalar, xomashyo, texnik-texnologik hujjatlar zarurligi, shuningdek, o‘qitishning texnikaviy vositalari, adabiyot va metodik qo‘llanmalarning qaysilari zarur bo‘lishini oldindan ko‘rsatuvchi hujjat bo‘lib, har bir sinf uchun yarim yoki bir yilga mo’ljallab tuziladi. Taqvimiy mavzuli rejani to‘liq ishlab chiqish quyidagi jadvalning barcha ustunini metodik jihatdan to‘g‘ri hal etgan holda to‘ldirilishini taqazo etadi.
Taqvimiy mavzuli rejani to‘liq ishlab chiqish quyidagi jadvalning barcha ustunini metodik jihatdan to‘g‘ri hal etgan holda to‘ldirilishini taqazo etadi.

Bu jadvalni to‘liq to‘ldirilishi uchun o‘quv ustaxonasida qilinadigan ishlar ro‘yxati va mehnat ta ’limining tabiiy-ilmiy sikldagi fanlar bilan bog‘liqlik grafigi kerak bo‘ladi. Xuddi shuningdek, darslarning taqvimiy mavzuli rejasini tuzish uchun bu ro‘yxat va grafikning o‘zi kifoya qilmaydi, ular o‘zaro bir-biri bilan bog‘liqdir, chunki qaysi mavzu uchun qanday ish obyekti tanlash kerakligi va uning izchilligini yoki boshqa fanlardagi mavzuga qaysi mavzuni bog‘lab o‘tish kerakligini aniqlash uchun birinchi navbatda mehnat ta ’limi darslarida o‘tiladigan mavzular va ularning ketma-ketligini aniqlash zarur bo‘ladi. Shu sababli taqvimiy mavzuli rejani to‘liq ishlab chiqish ikki bosqichni o‘z ichiga oladi:


Birinchi bosqichda o‘tiladigan mavzular nomi, ularni o‘qitish ketma-ketligi, unga ajratilgan soat va o‘qitish vaqti aniqlanadi.
Ikkinchi bosqichda o‘quv ustaxonasida qilinadigan ishlar ro‘yxati va mehnat ta’limining tabiiy-ilmiy sikldagi fanlar bilan bog‘liqlik grafigi tuzilganidan so‘ng qolgan ustunlar to‘ldiriladi.
Darslar bo‘yicha taqvimiy mavzuli reja ishlab chiqishning birinchi bosqichida har bir sinf uchun o‘quv dasturidan boblar uchun ajratilgan soatlar bilan tanishib chiqish kerak bo‘ladi. Tegishli boblarda o‘quvchilar uchun yetkazilishi kerak bo‘lgan texnik ma’lumotlar va bajarilishi kerak bo‘lgan amaliy ish mazmuni belgilanadi, o‘quv dasturidan dastlab boblarni, so‘ng shu boblar mazmunini qamrovchi mavzular ajratiladi.
Mavzularning o‘qitilish tartibi tahlil qilinadi va o‘rinli joylashtirlib chiqiladi, dasturning mavzuli reja qismida bob uchun ajratilgan umumiy soatlar miqdorini mavzularga mazmuni, hajmi va o‘zlashtirish imkoniyatlarini hisobga olgan holda taqsimlab chiqiladi.
Beshinchi ustun, o‘qitish shakli - o‘quvchilarni bilim, malaka va ko‘nikmalar bilan qurollantirish uchun ular qay tarzda tashkil etilganligini xarakterlaydi. Mehnat ta’limini o‘qitishning bir necha xil shakllari mavjud bo'lib, ular maktabdagi ta’lim-tarbiyaviy ishlar xarakteri, mahalliy shart-sharoitlar va ta ’limning umumiy maqsad hamda vazifalarini hisobga olgan holda tanlanadi. Tashkiliy shakl deganda o‘qituvchi tomonidan qo‘yilgan maqsadga erishishga yo‘naltirilgan o‘quvchilar o‘quv-mehnat faoliyatini tashkil etish va rahbarlik qilish usullarini tushunmoq kerak. Bu shakllar har bir mavzu mazmuni va uning oldiga qo'yilgan maqsadlariga ko‘ra tanlanadi. Ba’zan birgina darsning o‘zi 2-3 xil shaklda ham tashkil etilishi mumkin.
Oltinchi ustunda, o‘qitish metodi - o‘qituvchi tomonidan bilim, malaka va ko‘nikma singdirilishi va o‘quvchilar tomonidan bu bilim, malaka, ko‘nikmalarni o‘zlashtirishining o‘ziga xos usullarini xarakterlaydi.
Yettinchi ustunda, ish obyekti - har bir mavzuni o‘qitishda nazariya bilan amaliyotning birligi qoidasiga amal qilinishini ta ’minlashi zarur. Shu sababli berilayotgan ishlar bir-biriga mos kelishi kerak. Bu narsani nisbiy hal etishda o‘quv ustaxonasida qilinadigan ishlar ro‘yxatidan foydalaniladi. Birinchi ish obyektini qaysi mavzuni o‘qitishdan boshlab qaysi mavzuda tugatilishi kerakligini aniqlab, so‘ngra buning uchun ajratilgan vaqtlarni hisobga olgan holda to‘ldiriladi. Bunda har bir darsda kirish instruktaji va boshqa tashkiliy ishlar uchun sarflanadigan vaqtlar hisobga olinishi kerak.
Sakkizinchidan o‘ninchi ustungacha tanlangan ish obyektini tayyorlash uchun qanaqa xomashyo (aniq turi, o‘lchamlari) kerakligi, qanday o'lchovlarni bajarish va ishlov berish uchun qanday asboblar, texnologik kartalar zarur ekanligi ko‘rsatiladi.
O‘n birinchi ustunda jihoz va moslamalar, ish bajarishda foydalaniladigan dastgohlar yoki qurilmalar ko‘rsatiladi. O‘n ikkinchi ustunga texnik hujjatlar, ya’ni dastgohlar yoki qurilmalarning pasportlari yoki boshqa texnik hujjatlari kiritiladi.
O‘n uchinchi ustunda fanlararo bog‘lanishlar ko'rsatiladi, mehnat ta’limining tabiiy-ilmiy sikldagi fanlar bilan aloqadorligi grafigiga asoslangan holda har bir mavzuni boshqa fanlardan o'rganilgan qaysi bo'limning qaysi mavzusiga bog‘lab o‘tish mumkinligi oldindan rejalashtiriladi.
O‘n to‘rtinchi ustunda o‘qitishning texnikaviy vositalari — tegishli mavzuni o‘rgatishda O‘TV ning qaysi turi qo‘llanishi mumkin ekanligi (sharoitni hisobga olgan holda) ko'rsatiladi.
O‘n beshinchi ustunda mavzuga taalluqli ishchi kasblari va kasbkorlik haqida ma’lumot beriladi.
O‘n oltinchi ustunda o‘qituvchi va o‘quvchi ushbu mavzu mazmuni bilan qaysi adabiyot yoki qo‘llanmaning qaysi beti, nechanchi mavzusida tanishishi mumkinligi aniq ko‘rsatiladi.
O‘n yettinchi ustunda izoh berilishi mumkin, ya’ni biror sabablarga ko‘ra o‘quv dasturi yoki taqvimiy mavzuli rejada o‘zgarish sodir bo‘lib qolsa, dasturning bajarilishiga oid ko‘rsatmalar va boshqa izohlar berilishi mumkin.

Yüklə 36,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə