17-mavzu: Texnologiya faniga oid rejalashtiruvchi hujjatlar Reja


Dars ishlanmalarini ishlab chiqishga qoʻyilgan talablar



Yüklə 36,29 Kb.
səhifə2/9
tarix30.12.2023
ölçüsü36,29 Kb.
#164490
1   2   3   4   5   6   7   8   9
17-mavzu Texnologiya faniga oid rejalashtiruvchi hujjatlar Reja-hozir.org

Dars ishlanmalarini ishlab chiqishga qoʻyilgan talablar.
Darsda oʻquv dasturi talablari asosida ta’lim-tarbiya uzviyligini ta’minlash, bu jarayonda oʻqitish metodi, vositalaridan samarali foydalanish orqali oʻquvchilarning ilmiy dunyoqarashini kengaytirish, DTS bilan me’yorlangan ta’lim mazmuni va uning tarkibiy qismlarini shakllantirish, ma’naviy-ahloqiy tarbiyalash amalga oshiriladi.
Oʻquvchilarga ta’lim-tarbiya berish sifati va oʻqitish samaradorligi darsning tashkil etilishi, ularda oʻquvchilarning bilish faoliyatini tashkil etish, boshqarish va faollashtirish masalalariga bogʻliq boʻladi.
Dars texnologiya oʻquv dasturi bilan me’yorlangan mazmunni oʻrganish maqsadida yoshi, tayyorgarlik darajasi bir xil, doimiy tarkibga ega boʻlgan oʻquvchilardan iborat guruh (sinf)larda belgilangan vaqt doirasida, qat’iy jadval asosida texnologiya oʻquv xonasida tashkil etiladi.
Darsda oʻqitish hamma oʻquvchilar uchun umumiy boʻlgan oʻquv dasturi asosida tashkil etiladi, oʻqituvchi oʻrganilayotgan mavzu mazmuni, ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlariga muvofiq, oʻquvchilarning bilish faoliyatini tashkil etish, boshqarish va faollashtirishga qaratilgan pedagogik faoliyatni amalga oshiradi..
Darsda oʻquvchilarning oʻquv-bilish faoliyati, oʻqituvchining pedagogik faoliyati bilan uygʻun tashkil etilgandagina oʻqitish maqsadlariga erishish mumkin.
Har bir dars oʻquvchilarning mavzuga oid bilim, koʻnikma va malakalarni egallash, ilmiy dunyoqarashini kengaytirish, aqliy rivojlanishi, shaxs sifatida tarbiyalash, atrof-muhitga ongli munosabatni tarkib toptirishga xizmat qiladi va biologiyani oʻqitishdan nazarda tutilgan umumiy maqsad va vazifalarning bajarilishiga oʻz hissasini qoʻshadi.
Darsning muvaffaqiyatli tashkil etilishi koʻp jihatdan oʻqituvchining darsga qoʻyiladigan talablarni bilishi, unga amal qilishiga bogʻliq.
Mazkur talablar jamiyatimizning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti, ma’naviy-marifiy qarashlari, ta’lim muassasalarining maqsadi va vazifalari, oʻqitish qonuniyatlari va printsiplaridan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Texnologiya oʻqitish metodikasida darsga qoʻyiladigan talablar uch guruh (metodik, tarbiyaviy va tashkiliy talablar)ga ajratiladi.

Yüklə 36,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə