Saodat kambarova o‘zbek adabiyotini o‘qitish



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/70
tarix30.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#166037
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   70
ozbek adabiyotini oqitish meto. uslubiy qollanma

KREATIV METODLAR 
“Agarda…” 
o‘ylab 
topish 
morfologik 
quti 
obrazli 
tasvir 
agglyutinatsiya 
aqliy hujum 
sinektika 
giperbolizatsiya 


~ 88 ~ 
Uzluksiz adabiy ta'lim jarayonida: “Ushbu metoddan qaysi 
mavzular doirasida foydalanish mumkin?” degan savol tug‘ilishi tabiiy. 
Bunda obyektning ichki va tashqi xususiyatlariga zid jihatlar tanlab 
olinib, masalaning asl mohiyatini teran anglash muammosi hal qilinadi. 
Masalan, “Qorajon – xiyonatkor va bemehr ini” (“Alpomish” dostoni), 
“Bo‘ri polvon – xudbin va andishasiz do‘st” (Tog‘ay Murod. “Yulduzlar 
mangu yonadi”), “Muhsin guppi – halol, xalqparvar boy” (Zohir A’lam. 
“Afandining qirq bir pashshasi”), “Tursunboy – mehribon va g‘amxo‘r 
o‘g‘il” (Said Ahmad. “Ufq”), Durroj – to‘g‘riso‘zlik timsoli (“Sher va 
Durroj”) va hokazo. 
Xulosa qilganda, kognitiv va kreativ metodlar zamirida nazariy 
xulosalarni real shaklga keltirish, o‘quvchining yangi bilimlarni 
o‘zlashtirishi natijasida o‘zi kashf qilish faoliyatiga yo‘l ochish, bilim 
borliqdan ko‘chirilgan nusxa emas, balki inson tafakkuri mahsuli 
ekanligini o‘quvchilarga anglatish faoliyatiga e'tibor qaratish 
mavjudligini ta'kidlash mumkin.
Muhokama uchun savollar 
Ish yakunida talabalarga quyidagicha jadval tarqatiladi va mavzu 
yuzasidan tegishli tavsiyalar ishlab chiqish vazifasi topshiriladi: 
Savol-topshiriqlar 
Natijalar 
Mavzuni o‘rganishda qanday ish turlari va 
shakllaridan foydalandingiz? 
Bo‘lajak kasbiy faoliyat uchun zarur bo‘lgan 
qaysi jihatlarni o‘zlashtirdingiz? 
Bilib oldim: 
Tushunib yetdim: 
O‘rgandim: 
Mavzuni o‘zlashtirishda menga: 
Oson bo‘ldi: 
Qiyinchilik tug‘dirdi: 
Xalaqit berdi: 
1. Metod, texnologiya, usul, yo‘l, vosita, shakl 
kabi tushunchalar mazmuni, ular o‘rtasidagi 
farqli jihatlarni izohlang.


~ 89 ~ 
2. Ularni biror janrdagi asarlarga qo‘llash 
texnologiyasini bayon eting.
1-variant 
1-topshiriq. O‘quv materialini og‘zaki bayon qilish metodlari 
yuzasidan taqdimot tayyorlang.
2-topshiriq. Ertaklarni hikoya metodidan foydalanib o‘rganish 
yuzasidan dars ishlanmasi tayyorlang.
3-topshiriq. Darslik ustida ishlashga tayyorgarlik davri xususida 
amaliy tavsiya tayyorlang. 
2-variant 
1-topshiriq. Yuqori sinflarda ma’ruza metodini qo‘llash mazmuni 
yuzasidan taqdimot tayyorlang. 
2-topshiriq. Epik turdagi asarlarni o‘rganishda suhbat metodidan 
foydalanish xususida amaliy tavsiya tayyorlang.
3-topshiriq. Darslik ustida ishlash bilan bog‘liq bilimlarni 
o‘zlashtirish bosqichi xususida amaliy tavsiya tayyorlang.
3-variant 
1-topshiriq. Pedagogik jarayonda atamalarni tog‘ri qo‘llash va 
amaliyotga tatbiq etish yuzasidan taqdimot tayyorlang. 
2-topshiriq. Lirik asarlarni evristik metoddan foydalanib o‘rganish 
loyihasini tuzing. 
3-topshiriq. Darslik ustida ishlash billan bog‘liq bilimlarni 
o‘zlashtirish bosqichi xususida amaliy tavsiya tayyorlang.
4-variant 
1-topshiriq. O‘quv materialini ko‘rsatmalilik asosida o‘rganish 
yuzasidan taqdimot tayyorlang.
2-topshiriq. Adabiyot darslarida xaritalardan foydalanish yuzasidan 
amaliy tavsiya tayyorlang. 
3-topshiriq. Adabiyot darslarida miniatyura asarlarini o‘qishga 
o‘rgatish yuzasidan tezis tayyorlang. 
5-variant 
1-topshiriq. Ijodkor shaxsiyatini uning portreti bilan uyg‘unlikda 
o‘rganish masalasini yoritib tezis tayyorlang. 


~ 90 ~ 
2-topshiriq. Adabiyot darslarida virtual sayohatlar tashkil etish 
yuzasidan loyiha tayyorlang. 
3-topshiriq. O‘quvchilarni kitob ustida ishlashga o‘rgatish mustaqil 
ishlarning faol usuli ekanligi yuzasidan taqdimot tayyorlang.
6-variant 
1-topshiriq. Adabiyotdan laboratoriyalar tashkil etish yuzasidan 
amaliy tavsiya tayyorlang.
2-topshiriq. Yozuvchi hayoti va ijodini tadqiqot metodi asosida 
o‘rganish loyihasini tuzing.
3-topshiriq. O‘quvchilarni badiiy asardan ko‘chirmalar olish 
faoliyatini tashkil etish bo‘yicha taqdimot tayyorlang. 
7-variant 
1-topshiriq. Tabiiy (aslicha ko‘rsatish mumkin bo‘lgan) ko‘rsatmali
materiallarni qo‘llash yuzasidan taqdimot tayyorlang.
2-topshiriq. Adabiyot darslarida taqqoslash metodini qo‘llash 
loyihasini yarating.
3-topshiriq. O‘quvchilarni badiiy asar yuzasidan reja tuzishga 
o‘rgatish mazmunini yoritib amaliy tavsiya yozing. 
8-variant 
1-topshiriq. Adabiyot darslarida reproduktiv metodni qo‘llash 
mazmuni yuzasidan taqdimot tayyorlang.
2-topshiriq. Asar qahramonlari nutqini dialoglarga aylantirishda 
e’tibor qaratilishi zarur bo‘lgan jihatlar xususida amaliy tavsiya 
tayyorlang.
3-topshiriq. O‘quvchilarni adabiy material yuzasidan konspekt 
olishga o‘rgatish mazmunini yoritib tezis tayyorlang. 
9-variant 
1-topshiriq. Adabiyot darslarida induktiv metodni qo‘llash mazmuni 
yuzasidan taqdimot tayyorlang.
2-topshiriq. Og‘zaki nutqni o‘stirishga doir didaktik materiallar 
qanday xususiyatlarga egaligi xususida amaliy tavsiya tayyorlang.
3-topshiriq. Asarning g‘oyaviy-badiiy xususiyatini o‘rganish va 
umumiy mazmunini o‘zlashtirishga doir savol-topshiriqlar tuzing. 


~ 91 ~ 
10-variant 
1-topshiriq. Yuqori sinflarda ijodiy o‘qish metodini qo‘llashga doir 
loyiha tuzing.
2-topshiriq. Badiiy asarni muammoli o‘qitish yuzasidan tezis 
yozing. 
3-topshiriq. 
O‘zlashtirilgan 
adabiy-nazariy 
tushunchalarni 
mustahkamlashga doir savol-topshiriqlar tuzing. 
11-variant 
1-topshiriq. Yozuvchi hayoti va ijodini o‘rganishga doir videoalbom 
tayyorlang.
2-topshiriq. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositasida 
tayyorlangan 
didaktik materiallarning o‘quvchi psixofiziologik 
xususiyatlariga ta’siri yuzasidan amaliy tavsiya tayyorlang. 
3-topshiriq. Badiiy asarilarda yozuvchi shaxsiyati bilan bog‘liq 
lavhalar aks etgan o‘rinlarni aniqlashga doir topshiriqlar tuzing. 
12-variant 
1-topshiriq. Tasviriy ko‘rsatmali materiallarni qo‘llash yuzasidan 
taqdimot tayyorlang.
2-topshiriq. Adabiyot darslarida induktiv metodni qo‘llash mazmuni 
yuzasidan taqdimot tayyorlang.
3-topshiriq. Badiiy asarlarni o‘rganishda o‘qituvchining hikoyasi 
yuzasidan taqdimot tayyorlang.
13-variant 
1-topshiriq. Amaliy metodlarni qo‘llash o‘rinlari xususida taqdimot 
tayyorlang. 
2-topshiriq. Ko‘rsatmali materiallar asar matni mazmunini qay 
darajda ochib berishiga doir fikrlaringizni bayon eting.
3-topshiriq. O‘quv adabiyotlari bilan ishlash texnologiyasini yoritib 
tezis yozing. 
14-variant 
1-topshiriq. O‘quv materialini og‘zaki bayon etish metodlariga 
qo‘yiladigan zamonaviy talablar xususida taqdimot tayyorlang. 
2-topshiriq. Badiiy asarni o‘rganishda multimedia vositalarining 
o‘quvchi psixologik xususiyatlariga ta’siri yuzasidan amaliy tavsiya 
yarating. 


~ 92 ~ 
3-topshiriq. O‘qitishda rag‘batlantirish va tanbeh berish metodi 
xususida tezis tayyorlang. 
15-variant 
1-topshiriq. O‘qitishda nazorat va o‘z-o‘zini nazorat qilish metodi 
xususida amaliy tavsiya tayyorlang. 
2-topshiriq. 
Ovozli 
ko‘rsatmali 
materiallarning 
tinglab 
tushunishdagi ahamiyatini yoritib, tezis tayyorlang. 
3-topshiriq. Ta’lim metodlarining qiyosiy tahliliga doir taqdimot 
tayyorlang. 


~ 93 ~ 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə