KREATIV METODLAR
“Agarda…”
o‘ylab
topish
morfologik
quti
obrazli
tasvir
agglyutinatsiya
aqliy hujum
sinektika
giperbolizatsiya
~ 88 ~
Uzluksiz adabiy ta'lim jarayonida: “Ushbu metoddan qaysi
mavzular doirasida foydalanish mumkin?” degan savol tug‘ilishi tabiiy.
Bunda obyektning ichki va tashqi xususiyatlariga zid jihatlar tanlab
olinib, masalaning asl mohiyatini teran anglash muammosi hal qilinadi.
Masalan, “Qorajon – xiyonatkor va bemehr ini” (“Alpomish” dostoni),
“Bo‘ri polvon – xudbin va andishasiz do‘st” (Tog‘ay Murod. “Yulduzlar
mangu yonadi”), “Muhsin guppi – halol, xalqparvar boy” (Zohir A’lam.
“Afandining qirq bir pashshasi”), “Tursunboy – mehribon va g‘amxo‘r
o‘g‘il” (Said Ahmad. “Ufq”), Durroj – to‘g‘riso‘zlik timsoli (“Sher va
Durroj”) va hokazo.
Xulosa qilganda, kognitiv va kreativ metodlar zamirida nazariy
xulosalarni real shaklga keltirish, o‘quvchining yangi bilimlarni
o‘zlashtirishi natijasida o‘zi kashf qilish faoliyatiga yo‘l ochish, bilim
borliqdan ko‘chirilgan nusxa emas, balki inson tafakkuri mahsuli
ekanligini o‘quvchilarga anglatish faoliyatiga e'tibor qaratish
mavjudligini ta'kidlash mumkin.
Muhokama uchun savollar
Ish yakunida talabalarga quyidagicha jadval tarqatiladi va mavzu
yuzasidan tegishli tavsiyalar ishlab chiqish vazifasi topshiriladi:
Savol-topshiriqlar
Natijalar
Mavzuni o‘rganishda qanday ish turlari va
shakllaridan foydalandingiz?
Bo‘lajak kasbiy faoliyat uchun zarur bo‘lgan
qaysi jihatlarni o‘zlashtirdingiz?
Bilib oldim:
Tushunib yetdim:
O‘rgandim:
Mavzuni o‘zlashtirishda menga:
Oson bo‘ldi:
Qiyinchilik tug‘dirdi:
Xalaqit berdi:
1. Metod, texnologiya, usul, yo‘l, vosita, shakl
kabi tushunchalar mazmuni, ular o‘rtasidagi
farqli jihatlarni izohlang.
~ 89 ~
2. Ularni biror janrdagi asarlarga qo‘llash
texnologiyasini bayon eting.
1-variant
1-topshiriq. O‘quv materialini og‘zaki bayon qilish metodlari
yuzasidan taqdimot tayyorlang.
2-topshiriq. Ertaklarni hikoya metodidan foydalanib o‘rganish
yuzasidan dars ishlanmasi tayyorlang.
3-topshiriq. Darslik ustida ishlashga tayyorgarlik davri xususida
amaliy tavsiya tayyorlang.
2-variant
1-topshiriq. Yuqori sinflarda ma’ruza metodini qo‘llash mazmuni
yuzasidan taqdimot tayyorlang.
2-topshiriq. Epik turdagi asarlarni o‘rganishda suhbat metodidan
foydalanish xususida amaliy tavsiya tayyorlang.
3-topshiriq. Darslik ustida ishlash bilan bog‘liq bilimlarni
o‘zlashtirish bosqichi xususida amaliy tavsiya tayyorlang.
3-variant
1-topshiriq. Pedagogik jarayonda atamalarni tog‘ri qo‘llash va
amaliyotga tatbiq etish yuzasidan taqdimot tayyorlang.
2-topshiriq. Lirik asarlarni evristik metoddan foydalanib o‘rganish
loyihasini tuzing.
3-topshiriq. Darslik ustida ishlash billan bog‘liq bilimlarni
o‘zlashtirish bosqichi xususida amaliy tavsiya tayyorlang.
4-variant
1-topshiriq. O‘quv materialini ko‘rsatmalilik asosida o‘rganish
yuzasidan taqdimot tayyorlang.
2-topshiriq. Adabiyot darslarida xaritalardan foydalanish yuzasidan
amaliy tavsiya tayyorlang.
3-topshiriq. Adabiyot darslarida miniatyura asarlarini o‘qishga
o‘rgatish yuzasidan tezis tayyorlang.
5-variant
1-topshiriq. Ijodkor shaxsiyatini uning portreti bilan uyg‘unlikda
o‘rganish masalasini yoritib tezis tayyorlang.
~ 90 ~
2-topshiriq. Adabiyot darslarida virtual sayohatlar tashkil etish
yuzasidan loyiha tayyorlang.
3-topshiriq. O‘quvchilarni kitob ustida ishlashga o‘rgatish mustaqil
ishlarning faol usuli ekanligi yuzasidan taqdimot tayyorlang.
6-variant
1-topshiriq. Adabiyotdan laboratoriyalar tashkil etish yuzasidan
amaliy tavsiya tayyorlang.
2-topshiriq. Yozuvchi hayoti va ijodini tadqiqot metodi asosida
o‘rganish loyihasini tuzing.
3-topshiriq. O‘quvchilarni badiiy asardan ko‘chirmalar olish
faoliyatini tashkil etish bo‘yicha taqdimot tayyorlang.
7-variant
1-topshiriq. Tabiiy (aslicha ko‘rsatish mumkin bo‘lgan) ko‘rsatmali
materiallarni qo‘llash yuzasidan taqdimot tayyorlang.
2-topshiriq. Adabiyot darslarida taqqoslash metodini qo‘llash
loyihasini yarating.
3-topshiriq. O‘quvchilarni badiiy asar yuzasidan reja tuzishga
o‘rgatish mazmunini yoritib amaliy tavsiya yozing.
8-variant
1-topshiriq. Adabiyot darslarida reproduktiv metodni qo‘llash
mazmuni yuzasidan taqdimot tayyorlang.
2-topshiriq. Asar qahramonlari nutqini dialoglarga aylantirishda
e’tibor qaratilishi zarur bo‘lgan jihatlar xususida amaliy tavsiya
tayyorlang.
3-topshiriq. O‘quvchilarni adabiy material yuzasidan konspekt
olishga o‘rgatish mazmunini yoritib tezis tayyorlang.
9-variant
1-topshiriq. Adabiyot darslarida induktiv metodni qo‘llash mazmuni
yuzasidan taqdimot tayyorlang.
2-topshiriq. Og‘zaki nutqni o‘stirishga doir didaktik materiallar
qanday xususiyatlarga egaligi xususida amaliy tavsiya tayyorlang.
3-topshiriq. Asarning g‘oyaviy-badiiy xususiyatini o‘rganish va
umumiy mazmunini o‘zlashtirishga doir savol-topshiriqlar tuzing.
~ 91 ~
10-variant
1-topshiriq. Yuqori sinflarda ijodiy o‘qish metodini qo‘llashga doir
loyiha tuzing.
2-topshiriq. Badiiy asarni muammoli o‘qitish yuzasidan tezis
yozing.
3-topshiriq.
O‘zlashtirilgan
adabiy-nazariy
tushunchalarni
mustahkamlashga doir savol-topshiriqlar tuzing.
11-variant
1-topshiriq. Yozuvchi hayoti va ijodini o‘rganishga doir videoalbom
tayyorlang.
2-topshiriq. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositasida
tayyorlangan
didaktik materiallarning o‘quvchi psixofiziologik
xususiyatlariga ta’siri yuzasidan amaliy tavsiya tayyorlang.
3-topshiriq. Badiiy asarilarda yozuvchi shaxsiyati bilan bog‘liq
lavhalar aks etgan o‘rinlarni aniqlashga doir topshiriqlar tuzing.
12-variant
1-topshiriq. Tasviriy ko‘rsatmali materiallarni qo‘llash yuzasidan
taqdimot tayyorlang.
2-topshiriq. Adabiyot darslarida induktiv metodni qo‘llash mazmuni
yuzasidan taqdimot tayyorlang.
3-topshiriq. Badiiy asarlarni o‘rganishda o‘qituvchining hikoyasi
yuzasidan taqdimot tayyorlang.
13-variant
1-topshiriq. Amaliy metodlarni qo‘llash o‘rinlari xususida taqdimot
tayyorlang.
2-topshiriq. Ko‘rsatmali materiallar asar matni mazmunini qay
darajda ochib berishiga doir fikrlaringizni bayon eting.
3-topshiriq. O‘quv adabiyotlari bilan ishlash texnologiyasini yoritib
tezis yozing.
14-variant
1-topshiriq. O‘quv materialini og‘zaki bayon etish metodlariga
qo‘yiladigan zamonaviy talablar xususida taqdimot tayyorlang.
2-topshiriq. Badiiy asarni o‘rganishda multimedia vositalarining
o‘quvchi psixologik xususiyatlariga ta’siri yuzasidan amaliy tavsiya
yarating.
~ 92 ~
3-topshiriq. O‘qitishda rag‘batlantirish va tanbeh berish metodi
xususida tezis tayyorlang.
15-variant
1-topshiriq. O‘qitishda nazorat va o‘z-o‘zini nazorat qilish metodi
xususida amaliy tavsiya tayyorlang.
2-topshiriq.
Ovozli
ko‘rsatmali
materiallarning
tinglab
tushunishdagi ahamiyatini yoritib, tezis tayyorlang.
3-topshiriq. Ta’lim metodlarining qiyosiy tahliliga doir taqdimot
tayyorlang.
~ 93 ~
Dostları ilə paylaş: |