~ 87 ~
“O‘ylab topish” metodi
avvaldan ma’lum bo‘lmagan aqliy faoliyat
natijalari mahsulini yaratish maqsadini nazarda tutadi.
Bunda muayyan
bir obyektning qaysidir sifatini boshqasiga ko‘chirish orqali yangi obyekt
yoki unga xos qandaydir xususiyatlar kashf qilinadi; o‘zga
sharoitda
obyektga xos ma’lum jihatlar izlab topiladi;
tadqiq qilingan obyekt
elementlari aniqlanib, o‘zgartirishlar kiritiladi.
“O‘ylab topish” metodi vositasida o‘quvchilarga muayyan bir obraz
xarakterida mujassam xususiyatlarni fikran boshqasiga o‘tkazish taklifini
kiritish mumkin. Mazkur jarayonda o‘quvchilar aynan qaysidir
qahramonni tamomila boshqa qiyofada ko‘rishi va xayolan o‘zlari
inkishof etgan evrilishlarni yuzaga chiqarish imkoniga ega bo‘ladilar.
Jumladan, taniqli adib Muhammad Alining “Ulug‘ saltanat” tetralogiyasi
personajlari
Amir Kayxusrav, Mahmudshoh Buxoriy, Abu Is’hoq
Yasovuriy, Odilshoh jaloyir kabi xudbin
amirlar Amir Temurning
kechirimlilik, bag‘rikenglik, olijanoblik bobidagi xatti-harakatlari
ta'sirida o‘zlarini jaholatdan asray bilgan
kishilar obrazlari sifatida
gavdalanishi nazarda tutiladi.
Agglyutinatsiya metodi
shakl va mohiyatan qarama-qarshi narsa-
buyumlar, hodisalarni yaxlit bir butunlikda ko‘ra olishga yo‘naltiradi.
Evristik ta’lim metodlari ustida izlanishlar olib borgan tadqiqotchi
J.Tursunovning fikricha, ushbu metod ta’lim oluvchilarga ayrim narsa va
predmetlarni haqiqiy voqelikda o‘zaro muvofiq kelmaydigan belgi, sifat,
xususiyat yoki qismlarga tayanib birlashtirishga qulay sharoit yaratadi.
Bunga
issiq qor, chuqurlik cho‘qqisi, yugurayotgan daraxt,
shirin tuz,
qora yorug‘lik, uchayotgan ayiq kabi obyektlar misol qilib olinadi
29
.
29
Турсунов Ж. Ўқувчиларда креатив қобилиятларни шакллантиришда эвристик
таълим методларидан
фойдаланиш // Maktab va hayot. – Тошкент, 2013. – № 3. – Б. 28.
Dostları ilə paylaş: