|
![](/i/favi32.png) Saodat kambarova o‘zbek adabiyotini o‘qitishozbek adabiyotini oqitish meto. uslubiy qollanmaMultimedia (
multimedia
–
ko‘p muhitlilik
) –
bu kompyuter
texnologiyasining turli xil fizik ko‘rinishiga ega bo‘lgan (matn, grafika,
rasm, tovush, animatsiya, video va h.k.) va turli xil tashuvchilarda mavjud
bo‘lgan (magnit va optik disklar, audio va videolentalar va h.k.)
axborotdan foydalanish bilan bog‘liq sohasidir. Multimedia
foydalanuvchiga fantastik (virtual haqiqiy) dunyoni yaratishda juda
ajoyib imkoniyatlarni yaratib beradi, bunda foydalanuvchi chekkadagi
sust kuzatuvchi rolini bajarmasdan, balki u yerda avj olayotgan
hodisalarda faol ishtirok etadi; shu bilan birga muloqot foydalanuvchi
uchun odatlangan tilda
–
birinchi navbatda tovushli va videoobrazlar
tilida bo‘lib o‘tadi.
Multimedia
–
kompyuterda axborotning turli xil ko‘rinishlari: rangli
grafika, matn va grafikda dinamik effektlar, ovozlarning chiqishi va
sintezlangan musiqalar, annimatsiya, shuningdek, to‘laqonli videokliplar,
hatto videofilmlar bilan ishlashdir.
Multimedia – bu zamonaviy kompyuterli axborot texnologiyalari
bo‘lib, matn, tovush, videotasvir, grafik tasvir va animatsiyani
(multiplekatsiyani) yaxlit kompyuter tizimiga birlashtirish imkonini
yaratadi. Multimedia amaliyotdagi ish tartibi – bu apparat-dasturiy muhit
bo‘lib, kompyuterga axborotni kiritish, ishlov berish, saqlash, uzatish va
matn, chizmalar, videotasvir, tovush hamda nutqlarni insonga zarur va
qulay holatda yetkazishdir.
Birinchidan – foydalanuvchiga, albatta, interfaollikni taqdim
etadigan, ya’ni inson va kompyuter o‘rtasida buyruqlar va javoblar
almashinuvini ta'minlab, dialog muhitini yaratadigan dasturiy mahsulot.
Ikkinchidan, turli video va audio effektlar ishlatiladigan muhit. U
tomoshabinga o‘zicha u yoki bu ilovani tanlash imkonini beruvchi
videofilmni eslatadi.
Dostları ilə paylaş: |
|
|