~ 103 ~
muassasasi saytiga kirib, mavzu yuzasidan yaratilgan veb sayohatlarning
faol ishtirokchisiga aylanishi mumkin.
Veb sayohatlar:
dastur bo‘yicha muhim mavzularning tanlanishi;
sayohat obyektining belgilanishi va unga oid muhim axborotlar
omborining
shakllantirilishi; zarur o‘rinlarda sujet yo‘nalishi bo‘yicha
elektron xaritalar tayyorlanishi (masalan, 9-sinfda Bobur umrbayonini
o‘rganishda uning lashkari bilan yurgan yo‘llari yoki shoir merosini
o‘rganish borasida tashkil etilgan xalqaro ekspeditsiyaning sayohat
marshruti kabi); yig‘ilgan ma’lumotlar asosida rasm yoki videotasvir
olinib, panorama tayyorlanishidan yaxlit ta’limiy mahsulot darajasiga
keltiriladi.
Yozuvchi ijodining takrorlanmas adabiy-estetik hodisaligini
yetkazishda, albatta, tarixiy sharoit,
davr ruhi, madaniyati, san’ati
namunalari va an’analarini virtual akslantirish o‘quvchi badiiy didi va
mantiqiy tafakkuri takomiliga bevosita daxldor. Bunda, ijodkor
fotoalbomidagi suratlarga qo‘shimcha holda muqaddas qadamjolar,
tarixiy yodgorliklar ansambllari, muzey, kutubxonalar, ko‘rgazmalar
galereyasi, xalq amaliy san’ati namunalari, hatto o‘simlik
va hayvonot
olami chizgilaridan kompleks foydalanib, ijodiy muhit yaratiladi, shu
asosda o‘quvchi milliy o‘zlikni anglash ruhida kamol toptiriladi.
Ayrim tarixiy shaxslar o‘tmishiga oid fotolavhalar mavjud emasligi
e’tiborga olinsa, ular yashab o‘tgan joylarning geografik tuzilishi, kitob
va yaratgan kashfiyotlari mazmuni asosida maxsus panoramik jamlanma
tuzishga ehtiyoj mavjudligini ta’kidlash o‘rinlidir. Masalan, 5-sinfda
hadislar mavzusini o‘rganishda Samarqanddagi Imom al-Buxoriy
me’moriy majmuasini tasvirga olib videopanorama tayyorlash, mavzu
ichiga chuqurroq kirib, hatto muhaddis ma’lum
muddat umrguzaronlik
qilgan va tahsil olgan o‘lkalarda virtual sayrni davom ettirishga qulay
muhit yaratiladi. Shuningdek, 9-sinf o‘quvchilariga mustaqil mutolaaga
tavsiya qilish mumkin bo‘lgan taniqli adib Tog‘ay Murodning o‘zbek
xalqi milliy an’ana va qadriyatlari yaxlit kompozitsiyasi chizilgan
“Oydinda yurgan odamlar” qissasidagi marosim folklori, xalq og‘zaki
ijodi namunalari panoramik tasvirlar yaratishga zarur manba bo‘lishi
mumkin.
Yaxshi ayonki, xalq og‘zaki ijodining epik turidan biri sanalgan
afsonalarda haqiqiy hayotda ro‘y bermagan bo‘lsa ham, ro‘y berishi
mumkin bo‘lgan voqealar hikoya qilinadi. Badiiy to‘qima
afsona
janrining yetakchi xususiyatidir. Afsonalarda o‘ylab topilgan to‘qima
hikoyalarga asoslanilsa, rivoyatlarda farqli o‘laroq hayot haqiqatiga
~ 104 ~
yaqinlik xarakterlidir. “Oydinda yurgan odamlar” qissasida shaxs
faoliyati hamda joy nomlarining kelib chiqishi bilan bog‘liq afsona va
rivoyatlar farzandga zor qahramonlarning istaklariga bog‘lab hikoya
qilinadi.
Farzandsizlik azobida o‘rtanib kul bo‘layotgan asar qahramonlari
Oymomo va Qoplonbeklar farzand ilinjida har tomonga yelib-
yugurishadi: aziz-avliyolar
qabrlarini ziyorat qilishadi, muqaddas
qadamjolarga sig‘inishadi, folchi-yu tabiblarga ko‘rinishadi. Bu kabi
harakatlar ularning So‘fi Olloyor mozori poyida qo‘y so‘yib, qon
chiqarish lavhasida aniqlashadi.
Xo‘sh, Olloyor otli bu zot kim? U qanday karomatli shaxs bo‘lganki
xalq unga sig‘ingan? Uning nomi bilan bog‘liq qanday rivoyatlar
ommalashgan?
Olloyor asli samarqandlik bo‘lib, XVII–XVIII asrlarda yashab
o‘tgan. Shayxlar maktabida hamda Buxorodagi Jo‘ybor shayxlari
dargohida tahsil olgan. “Murod ul-orifin”, “Tuhfat ul-tolibin”, “Maslak
ul-muttan”, “Sabot ul-ojizin”, “Musannib alayhi rahmonni vasiyatlari”
devonlari
muallifidir.
Asarda
Olloyor
nomining
ilohiylashib,
avliyolashtirilishi quyidagi rivoyatga bog‘lanadi:
“Emishki, Olloyor bunday qarasa, Vaxshimorda suv bo‘lmadi.
Shunda Olloyor soy yoqalab bordi. Soy ostiga tushdi.
Bir yer namlanib turdi, suv yiltillab turdi. Olloyor shu namni tayog‘i
bilan turtdi. Yerdan suv sizib-sizib chiqdi. Olloyor xalifasiga:
– Shu tayoq bilan yer chizib, Vaxshimorga iz qila ber, – dedi.
Shunda xalfasi:
– Suv pastda bo‘lsa, Vaxshimor yuqorida bo‘lsa, suv qanday qilib
chiqadi? – dedi.
– Sen ilon izi qilib yuqorilab bora ber, suv chiqmasdan qolmaydi, –
dedi Olloyor.
Chindan-da, suv tayoq izidan yuqorilab bordi,
Vaxshimorlab bordi.
Suv quyidan yuqorilab oqdi! Olloyor suvni elga ko‘z-ko‘z qildi.
– Qara – buloq! – dedi. Shu-shu, buloq Qarabuloq, deya ataldi.
Mana, ikki asrdirkim, Qarabuloq quyidan yuqorilab oqdi. Qishin-yozin
qurimadi. Qishda iliq bo‘ldi, yozda sovuq bo‘ldi”
36
.
Asarda keltirilgan So‘fi Olloyor hazratlari maqbarasi bugungi kunda
Surxondaryo viloyatining Oltinsoy tumanidagi Vaxshivor qishlog‘ida
joylashgan. Qorabuloq gidronimi aynan shu hududga tegishli. Farzandsiz
oilalarning So‘fi Olloyor ziyoratgohiga borib sig‘inishi lavhalari zamirida
36
Тоғай Мурод. Танланган асарлар. I жилд. – Тошкент: Шарқ, 2008. – 255-б.
~ 105 ~
xalqning yarim hayotiy, yarim xayoliy voqealarga ixlos qilishlari
ma’nosini uqish mumkin. Demak, yozuvchining xalq orasidagi
e’tiqodlarga ijodiy
yondashishidan foydalanib, panoramik tasvirlar
yaratish o‘quvchilarni yashayotgan hududlaridagi joy nomlari (toponim,
gidronim, oronim) bilan bog‘liq tadqiqotlarga qiziqtirishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: