Saodat kambarova o‘zbek adabiyotini o‘qitish



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə62/70
tarix30.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#166037
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   70
ozbek adabiyotini oqitish meto. uslubiy qollanma

Personaj
(lotincha “persona” – shaxs”) tutgan o‘rni va vazifasidan 
qat’i nazar, badiiy asarga ishtirok etadigan shaxslar jamlanmasidir. 
Personajlar asarda o‘zining muhimlik darajasiga qarab ikki xil 
bo‘ladi: 
1. Voqealar markazida turib konfliktni hal etuvchi va ijodkor 
g‘oyasini boshqaruvchi – 
asosiy qahramon
.
2. Voqealar markazida turmay ijodkor g‘oyasini ifodalovchi, uni 
to‘ldiruvchi – 
ikkinchi darajali qahramon
.
Obraz
– voqealar markazida turib konfliktni hal etuvchi va jodkor 
g‘oyasini boshqaruvchi personaj. Ya’ni, obraz personaj ichidan o‘sib 
chiqadi va unga nisbatan tor tushunchani ifodalaydi. 
Xarakter (grekcha “charakter” – “belgi”, “alohida xususiyat”, 
“o‘ziga xoslik”) – xususiyatlari aniq ko‘rinib turuvchi mukammal 
qahramon. U obrazdan o‘sib chiqadi. Demak, xarakter obrazga nisbatan 
torroq tushunchani anglatadi – har qanday obraz xarakter bo‘la oladi, 
lekin har qanday xarakter obraz bo‘la omaydi.
Tip
(yunoncha “tupos” – “nusxa”, “tamg‘a”) – qahramonning 
nihoyatda mukammalashgan ko‘rinishi bo‘lib, u xarakter singari ma’lum 
bir tabaqa va shaxslarga oid maishiy muammolarni emas, balki butun bir 
jamiyat va millat muammolarini o‘zi bilan yetaklab yuradi. Shuning 
uchun u xarakterga nisbatan torroq tushunchani ifoda etadi.
Qahramon (obraz)larning bir-biridan o‘sib chiqishi va ichki 
bog‘lanishini bir-birining ichida joylashgan doiralar ko‘rinishida tasavvur 
qilish mumkin. 
Ijodkorning qahramon yaratishdan maqsadi o‘z fikr va qarashlarini 
ilgari surish ekan, u qahramonlarga nisbatan neytral turmaydi. Ezgulikni 
ilgari suruvchi qahramonlarda insonlardagi barcha yaxshi xislatlarni
yovuzlik va xudbinlikni ilgari suruvchi qahramonlarda yomon xislatlarni 


~ 111 ~ 
jamlashga harakat qiladi. Ezgulikni tarannum etuvchi qahramonlar 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə