Kimyodan o’quv qo’llanma jizzax -2022



Yüklə 1,1 Mb.
səhifə1/31
tarix14.03.2023
ölçüsü1,1 Mb.
#102510
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
KIMYODAN CSDSG - копия


ULUG’BEK NARBOYEV +998 93 292 48 42



KIMYODAN
O’QUV QO’LLANMA

JIZZAX -2022


ODDIY VA MURAKKAB MODDALAR.

Moddalar molekulasi tarkibiga kirgan atomlarning bir turdaligi yoki har-xil turdaligiga qarab ikki guruhga bo‘linadi:
Oddiy moddalar deb – bir xil element atomlaridan tashkil topgan moddalarga aytiladi. M-n: H2, O2, O3, Al, P4, S8, N2, C ( olmos, grafit, karbin), P4-oq fosfor, P-(qora, qizil), galogenlar, metallar va boshqalar kiradi.
Suvning parchalanishidan hosil bo'lgan vodorod va kislorod oddiy moddalardir. Vodorod molekulasi faqat vodorod atomlaridan, ya'ni bir turdagi atomlardan tashkil topgan. Kislorod molekulasi ham faqat bir turdagi atomlardan, ya'ni kislorod atomlaridan tashkil topgan.
Murakkab moddalar deb – har xil element atomlaridan tashkil topgan moddalarga aytiladi.
M-n: H2O, NaCl, HCl, SnO2, Al2(SO4)3.
Murakkab moddalar tabiatda keng tarqalgan, ularning soni bir necha milliontani tashkil etadi. Ular tabiiy va sintetik yo'llar bilan hosil qilinadi. Suv − murakkab modda, chunki u ikki xil atomdan, ya'ni vodorod va kislorod atomlari­dan tashkil topgan. Karbonat angidrid − murakkab modda, uglerod va kislorod atomlaridan tashkil topgan. Shakar − murakkab modda, uglerod, kislorod va vodorod atomlaridan tashkil topgan.
Aralashmalarni murakkab moddalardan farqlashni bilib olish muhim ahamiyatga ega. Aralashma tarkibidagi moddalarni fizik usullar bilan ajratish mumkin, chunki ular о’z xossalarini saqlab qolgan. Murakkab moddani fizik usullar bilan tarkibiy qismlarga ajratib bo 'lmaydi. Murakkab moddalarning soni bir necha milliondan ortiqdir.

  • Moddaning tarkibini tekshirish uchun amalga oshiriladigan parchalash jarayoni - analiz deb ataladi.

  • Modda hosil qilish jarayoni - sintez deb ataladi.

Birikmalar tarkibi analiz yo‘li bilan aniqlanadi. Birikma qanday tarkibiy qismlardan iborat ekanligini aniqlash - sifat analizi deb ataladi.
Birikma tarkibiy qismlari qanchadan iborat ekanligini aniqlash - miqdoriy analiz deb ataladi.
Moddalar ularni tashkil etuvchi zarrachalarning tabiatiga ko’ra ikki xil bo’ladi: molekular va nomolekular.
1. Molekula − o‘zaro bog‘langan atomlar guruhidan iborat. Molekulyar tuzi­lishdagi moddalar bir xil molekulalardan tashkil topgan va shuning uchun bunday moddalar tarkibi o‘zgarmas bo‘ladi (ularni dastlab ingliz olimi J.Dalton ta’riflagani uchun daltonidlar deb ham ataladi).
Odatda moddalar gazsimon holatda molekular tuzilishda bo‘ladi. Moddalar suyuq yoki qattiq holatda bo‘lganda modda molekulalari orasidagi masofa nisbatan yaqin va ularni o‘zaro ta’sirlashish kuchlari katta bo‘ladi.
Shu kuchlar ularni bir-biriga bog‘lanib turishini, ya’ni moddani suyuq yoki qattiq holatda bo‘lishini ta’minlaydi. Molekular tuzilishga ega bo’lgan moddalar qattiq, suyuq va gaz moddalar bo’lib, molekulalardan tuzilgan. Ularda molekulalar orasidagi ta’sirlashuv kuchlari kichik shu sababdan ularning qaynash va suyuqlanish haroratlari past bo’ladi. Oson suyuq va bug’ holatga o’tadi.
Bularga: H2, O2, O3, NH3, HClgaz, H2S, H2O, organik moddalarning ko’pchiligi molekulyar tuzilishga ega.

Yüklə 1,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə