Kimyodan o’quv qo’llanma jizzax -2022


Asoslarning ekvivalent massasini topish



Yüklə 1,1 Mb.
səhifə14/31
tarix14.03.2023
ölçüsü1,1 Mb.
#102510
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   31
KIMYODAN CSDSG - копия

Asoslarning ekvivalent massasini topish: Buning uchun asosning molekulyar massasini asos tarkibidagi gidroksil (OH) gruppalar soniga nisbati orqali topamiz.


Easos-asosning ekvivalenti. M-asosning molekulyar massasi. n-OH lar soni.
Masala:
1. Al(OH)3 ning ekvivalent massasini aniqlang?
Mr(Al(OH)3)=Ar(Al) +3Ar(O) +3Ar(H)=27 + 3·16 + 3·1 = 78g/mol
ga teng.
2. Ca(OH)2 ning ekvivalent massasini aniqlang?
Mr(Ca(OH)2)=Ar(Ca)+2Ar(O)+2Ar(H)=40+2·16+2·1 = 74 g/mol
ga teng.
Agarda asoslarning reaksiya paytidagi ekvivalentini aniqlash kerak bo’lsa, asosning reaksiya paytida nechta gidroksil (OH) gruppasini almashgan bo’lishiga qaraladi. Reaksiya vaqtida asos bitta gidroksil (OH) gruppasi bilan almashinib birikma hosil qilsa, u I valentli hisoblanib, asosning molekuyar massasi birga bo’linadi. Reaksiya vaqtida asos ikkita gidroksil (OH) gruppasi bilan almashinib birikma hosil qilsa, u II valentli hisoblanib, asosning molekuyar massasi ikkiga bo’linadi. Masalan quyidagi reaksiyada asosning ekvivalent massasi quyidagicha topiladi:
Al(OH)3 + 2HCl → Al(OH)Cl2 + H2O
Reaksyadan ko’rinib turibdiki, asosning 2 ta gidroksil (OH) gruppasi kislota bilan almashingan. Shuning uchun asosning molekuyar massasini ikkiga bo’lish orqali uning ekvivalent massasini aniqlaymiz:

2. Mustaqil ishlash uchun: Cr(OH)3, Ca(OH)2, Fe(OH)3, Pb(OH)4 larning ekvivalent massasini aniqlang?



  1. Kislotalarning ekvivalent massasini topish: Buning uchun kislotaning molekulyar massasini kislota tarkibidagi metallarga almashina oladigan vodorod atomlari soniga nisbati orqali topamiz.


Ekislota-kislotaning ekvivalent massasi. Mkislota- kislotaning molekulyar massasi.
nH- kislota tarkibidagi metallarga almashina oladigan vodorodlar soni.
Masala:
1. H2SO4 ning ekvivalent massasini aniqlang?
Mr(H2SO4)=98g/mol

Agarda kislotaning reaksiya paytidagi ekvivalentini aniqlash kerak bo’lsa, kislota reaksiya paytida nechta vodorod atomi almashgan bo’lishiga qaraladi.
Masalan:
H3PO4 + NaOH → NaH2PO4 + H2O
Bu reaksiyada H3PO4 tarkibidagi 3 ta vodorod atomining 1 tasi metall bilan almashgan. Shuning uchun kislotaning malekulyar massasini almashgan vodorod atomi soni 1 ga nisbati orqali topamiz.

H3PO4 + 2NaOH=Na2HPO4 + 2H2O
Bu reaksiyada H3PO4 tarkibidagi 3 ta vodorod atomining 2 tasi metal bilan almashgan shuning uchun kislotaning malekulyar massasini almashgan vodorod atomi soni 2 ga nisbati orqali topamiz.

H3PO4 + 3NaOH=Na3PO4 + 3H2O
Bu reaksiyada H3PO4 tarkibidagi 3 ta vodorod atomining 3 tasi metal bilan almashgan shuning uchun kislotaning malekulyar massasini almashgan vodorod atomi soni 3 ga nisbati orqali topamiz.

Demak, kislota tarkibidagi vodorod atomlarining nechtasi metall bilan almashgan bo’lsa, shu songa nisbati orqali topamiz.
3. Mustaqil ishlash uchun: HCl, HNO3, H3PO4, CH3COOH, H3BO3, H2CO3 larning ekvivalent massasini aniqlang?
4. 1,5 mol NaOH bilan 1,5 mol H2SO4 bilan reaksiyaga kirishgani aniqlandi. Kislotaning ekvivalent massasini aniqlang?

Yüklə 1,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə