Kimyodan o’quv qo’llanma jizzax -2022



Yüklə 1,1 Mb.
səhifə31/31
tarix14.03.2023
ölçüsü1,1 Mb.
#102510
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31
KIMYODAN CSDSG - копия

Asos

Asosli tuzning
qoldig’i.

Asosli tuz.

Asosli tuzning nomlanishi.

Mg(OH)2

MgOH1

MgOHCl

magniygidrokso xlorid

Сu(OH)2

CuOH1

CuOHNO3

mis (II) gidrokso nitrat

Al(OH)3

Al(OH)21

AlOH11



Al(OH)2NO3

AlOH(NO3)2


AlOHSO4


(Al(OH)2)2SO4



alyuminiydigidrokso nitrat
alyuminiygidrokso nitrat
alyuminiygidrokso sulfat
alyuminiydigidrokso sulfat

Cr(OH)3

Cr(OH)21

CrOH11



Cr(OH)2 NO3

CrOH(NO3)2



xrom (III) digidrokso nitrat
xrom (III) gidrokso nitrat

Fe(OH)3

Fe(OH)21

FeOH11



(Fe(OH)2)2SO4

FeOHSO4



temir (III) digidrokso sulfat
temir (III) gidrokso sulfat

Mg(OH)2

MgOH1

(MgOH)3PO4

magniygidrokso fosfat



Gidroksi tuzlаrning olinishi:
1. Gidroksi tuzlаr normаl tuzlаrning gidrolizi nаtijаsidа hosil bo’lishini mumkin.



2. Normаl tuzlаrning аsoslаr bilаn o’zаro tа’siridаn hаm gidroksi tuzlаr hosil bo’lаdi:

3. Аsoslаr bilаn oz miqdordаgi kislotаlаrning o’zаro tа’siridаn hаm gidroksi tuzlаr hosil bo’lаdi.

Аgаr kislotа ortiqchа quyilsа, hosil bo’lgаn gidroksi tuz normаl tuzgа o’tаdi:

Gidroksi tuzlаrni kimyoviy xossаlаri: Gidroksi tuzlаr qizdirilgаndа yoki umumаn vаqt o’tishi bilаn tаrkibidаn suv molekulаlаrini chiqаrib, oksituzlаrgа аylаnаdi:

Oksituzlаr hаm аsos xossаsini nаmoyon qilаdi. Binobаrin, kislotа tа’siridа oksituzlаrni normаl tuzgа аylаntirish mumkin:

Oksituzlar normal tuzlarni asosli oksidlar bilan ta’sirlanishi natijasida ham olinadi:
MgCl2 + MgO = Mg2OCl2
Zn(NO)3 + ZnO = Zn2O(NO3)2
Oksituzlarni nomlashda metall nomi „oksi” qo’shimchasi va kislota qoldig’ining nomi aytilib nomlanadi. Masalan:
Mg2OCl2 - magniy oksixlorid
BiONO3 - vismut oksinitrat
Qo’sh tuzlаr.
Tаrkibidа ikkitа tuz bo’lgаn eritmаlаr kristаllаngаndа qo’sh tuz hosil bo’lishi mumkin.
Mаsаlаn: K2SO4·Al2(SO4)4·24H2O, CuCl2·2KCl, KCl·MgCl2·6H2O, K2SO4·Cr2(SO4)3·24H2O vа hаkozo. Bu qo’sh tuzlаr suvdаgi eritmаlаrdа shu tuzni hosil qilgаn bаrchа ionlаrgа dissosilаnаdi:


Qo’sh tuzlаrni judа beqаror kompleks birikmаlаr deb qаrаsh mumkin.

bu ion tаrkibiy qismlаrgа oson аjrаlib ketаdi:

Olinishi. Ko’p asosli kislotalarga turli asoslarni bosqichli ta’sir etish kerak:
NaOH + H2SO4 = NaHSO4 + H2O
NaHSO4 + KOH = NaKSO4 + H2O
NaOH + H3PO4 = NaH2PO4 + H2O
NaH2PO4 + KOH = NaKHPO4 + H2O
NaKHPO4 + LiOH = NaKLiPO4 + H2O
Modda miqdori. Mol.
Mol bu 0,012 kg (12 g) ugleroddagi atomlar soniga teng zarralar (atom, molekula va boshqa zarralar) tutuvchi modda miqdoridir. 0,012 kg uglerodda qancha atom borligini aniqlab olaylik. Buning uchun 0,012 kg ni bitta uglerod atomi massasiga 19,93·10-27 kg bo'lamiz. Olingan 6,02·1023 mo'l-1 soni Avogadro doimiysi deb ataladi va NA holida belgilanadi.
Demak, har qanday moddaning 1 molida 6.02·1023 dona (molekula, atom, ion va boshqa zarrachalar) bo’ladi. Agarda modda molekulyar bo’lsa molkula, atomda tuzilgan bo’lsa atom va boshqa zarrachalar bo’lsa, Avagadro soniga teng bo’lgan zarrachalar bo’ladi.
, , bu formulalar bilan modda miqdorini topamiz.
n - modda miqdori (mol); m - massa (g). M - nisbiy molekulyar massa (g/mol).
N - atomlar soni. NA - Avagadro soni (6,02·1023). V - hajm(l), Vn - molyar hajm (22,4 l).
Avagadro qonuni. Avagadro soni.
1811 yilda kashf qilindi. A.Avagadro (italyan olimi) hajmiy nisbatlar qonunini tushuntirish maqsadida izlanishlar olib borib, oddiy gazlarning molekulalari 2 atomli ekanligi xaqidagi fikrni olg’a surdi va qonunni quyidagicha ta’rifladi:
Bir xil sharoitda (bir xil bosim, bir xil temperatura) turli xil gazlarning teng hajmlarida molekulalar soni ham bir xil bo’ladi.
Suyuq va qattiq moddalarda molekulalar orasida masofa kichik bo’ladi. Shu sababdan suyuqliklarda va qattiq moddalarda egallaydigan hajm faqat molekulalar soniga emas, molekulalar turiga ham bog’liq. Gaz moddalarda molekulalari orasidagi masofa juda katta bo’lib, o’zaro ta’siri kam bo’lgani uchun gaz egallaydigan hajm molekulalar soniga bog’liq turiga bog’liq emas.
V1=V2 : N1=N2 : n1=n2 va gazlar uchun quyidagi tenglik ham o’rinlidir.
V1/V2=n1/n2=No1/No2 va m1/m2=w1/w2
Avagadro qonunidan kelib chiqqan xulosalar :
− Bir xil sharoitda turli gazlarning teng miqdori bir xil hajmni egallaydi.
− Normal sharoitda ( T=273K, P=101,325 kPa yoki 00C, P=1 atm) turli gazlarning 1 mol miqdori 22,4 l hajmni egallaydi. Bu hajm molyar hajm deyiladi.
− Har qanday moddaning 1 molida 6,02·1023dona molekula bo’ladi.
M-n: 22,4 l O2 da 6,02·1023dona molekula, 22,4 l N2 da ham 6,02·1023 dona molekula, 22,4 l NH3 da ham 6,02·1023 dona molekula bo’ladi.
Berseliusning xato fikri: «Bir xil sharoitda (bir xil bosim, bir xil tempratura) turli xil gazlarning teng hajmlarida atomlar soni ham bir xil bo’ladi».



Yüklə 1,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə