Kimyodan o’quv qo’llanma jizzax -2022



Yüklə 1,1 Mb.
səhifə2/31
tarix14.03.2023
ölçüsü1,1 Mb.
#102510
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
KIMYODAN CSDSG - копия

2. Nomolekular tuzilishdagi moddalarga asosan qattiq moddalar kiradi, ular kristall tuzilishga ega. Ularning kristall tugunlarida molekula emas, balki atom yoki boshqa zarra turadi.
Gazsimon holatdan tashqari, qattiq holatdagi kristall tugunlarida molekula tutuvchi moddalar ham molekular tuzilishdagi moddalar hisoblanadi (muz, «quruq muz» CO2, yod, naftalin). Tugunlardagi molekulalar atomlar yoki ionlarga qaraganda kuchsiz bog‘langan bo‘lib, bu ularning uchuvchanligi va uncha yuqori bo‘lmagan suyuqlanish haroratiga ega ekanligini izohlaydi.
Kristall tugunlarida atomlar joylashsa, ular yuqori suyuqlanish harorati va yuqori qattiqlikka ega bo‘ladi (olmos).
Kristall tugunlarida ionlar joylashsa, ular yuqori suyuqlanish haroratiga ega bo‘ladi, uchuvchan bo‘lmaydi (osh tuzi).
Kristall tugunlarida metall atomlari yoki ularning musbat ionlari joylash­sa, ularning orasida erkin elektronlar bo‘ladi. Metallarning yaltiroqligi, plastikligi, elektr tokini, issiqlikni o‘tkazishi shunga bog‘liqdir.
Nomolekulyar tuzilishga ega bo’lgan moddalarning atomlari orasidagi ta’sirlashuv kuchi katta bo’ladi. Shu sababdan ular qiyin suyuqlanadi va qaynaydi. Ulaning panjara tugunlarida atomlar joylashgan bo’ladi. Masalan: barcha metallar, tuzlar, oksidlar, olmos, kremniy va uning birikmalari kiradi.
MODDALAR VA ULARNING XOSSALARI.
Jismlarning tarkibiy qismi moddalardan tashkil topgan. Tabiatda juda ko‘plab moddalar uchraydi va ularning mavjudligi insonga bog‘liq emas. Biz havodagi suvni ko‘rmaymiz, u daryo, dengiz va okeanlarda katta miqdorda mavjuddir. Biz kislorodni ko‘rmaymiz va u haqida o‘ylaymaymiz, lekin u havo tarkibida mavjud, biz kislorodni nafas bilan olamiz. Shuning uchun moddalar jismga bog‘liq bo‘lmagan ravishda mavjud deb aytish mumkin.
Modda xossalari. Bizga shakar, bor, tuz, oltingugurt, suv, spirt, sulfat kislotasi berilgan bo‘lsin. Shakar, tuz, bor, oltingugurt - qattiq moddalar bo‘lsa, suv, spirt, sulfat kislotasi - suyuq moddalardir.
Yuqorida sanab o‘tilgan qattiq moddalarni qanday farqlash mumkin? Shakar, tuz, bor - oq rangli, oltingugurt - sariq rangli, demak, bu moddalar turli rangga ega. Bir xil rangli shakar, tuz, bor suvga solinsa, bor erimasdan qoladi, shakar va tuz erib ketadi. Shakar va tuz bir-biridan ta’mi bilan farq qilanadi.
Suyuq moddalarni olsak, ular rangga ega emas. Ularni qanday farqlash mumkin? Spirt - o‘tkir hidga ega, suv va sulfat kislotasi hidga ega emas. Suv va sulfat kislotasi turli zichlikka ega:
ρsuv= 1000 kg/m3 va ρsuifat kisiota= 1840 kg/m3. Suv, spirt va sulfat kislotasi turlicha qaynash haroratiga ega. Moddalar va ularning xossalari insonga bog‘liq emas, ular bizning sezgi organlarimizga ta’sir qiladi va biz ularning rangini ko‘ramiz, ta’m va hidini sezamiz. Shularga qarab, ularni farqlay olamiz. Rang, hid, zichlik, ta’m, qattiq, suyuq, gaz holati − moddalarning xossalaridir. Moddalarning bir-biriga o’xshash va bir-biridan farq qiladigan tomonlari moddalarning xossalari hisoblanadi.
Tabiatdagi barcha moddalar ikki xil: kimyoviy va fizikaviy xossalarga ega bo’ladilar.

Yüklə 1,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə