Kimyodan o’quv qo’llanma jizzax -2022


Oddiy moddaga tegishli bo’lgan fikrlar



Yüklə 1,1 Mb.
səhifə7/31
tarix14.03.2023
ölçüsü1,1 Mb.
#102510
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   31
KIMYODAN CSDSG - копия

Oddiy moddaga tegishli bo’lgan fikrlar:

  • - agregat holati: qattiq, gaz, suyuq, plazma;

  • - qaynash, suyuqlanish va muzlash (qotish) temperaturalari;

  • - rangi, zichligi, ta’mi, hidi, elektr va issiqlik o’tkazuvchanligi, eruvchanligi kabi xossalar kiradi. Bu xossalar bitta atomga emas, balki atomlar to’plamiga xosdir.

M-n: Temir moddasi − qizg’ish-qo’ng’ir rangli, qattiq, issiqlik va elektr to’kini yaxshi o’tkazadi, suvda erimaydi, 15900C da suyuqlanadi.
Demak, modda haqida gap ketganda biz sezgi organlarimiz orqali xis qila oladigan narsalar haqida gapiriladi.
1813-yilda shved kimyogari Berseliusning taklifiga ko‘ra kimyoviy belgi - element lotincha nomining bosh harfi yoki bosh harfiga keyingi harflardan birini qo‘shib yozish bilan ifodalanadi.
Masalan, H (Hydrogenium) - vodorodning kimyoviy belgisi, lotincha nomining bosh harfidir; Hg (Hydragirum) - simobning kimyoviy belgisi, lo­tincha nomining bosh va yana bir harfidan tashkil topgan. Demak, kimyoviy belgi elementni va shu elementning bitta atomini bildiradi.
Kimyoviy elementlarning soni cheksiz emas, hozirda 118 ta kimyoviy element ma'lum va 118 ta kimyoviy element uchun maxsus belgilar berilgan.
Tovushlarning belgilari bo'lgan harflardan juda ko'plab so'zlar yasalgani kabi, kimyoviy elementlar belgilaridan foydalanib, millionlab moddalarning tarkibini kimyoviy formulalar tarzida ifodalash mumkin.
Kimyoviy formula − modda tarkibini kimyoviy belgilar va indekslar yordamida ifodalanishi.
Kimyoviy formula asosida quyidagi xulosalar chiqaramiz:
- Modda qanday elementlardan tashkil topganligini (sifat tarkibi);
- Moddaning bitta molekulasi tarkibiga har qaysi elementning nechtadan atomi kirishini (miqdor tarkibi);
Moddalar tarkibidagi atomlarning har biri uchun mos element belgisi mavjud. Demak, modda tarkibini shu moddani tashkil etgan atomlarning mos belgilari asosida lfodalash, boshqacha qilib aytganda modda tarkibini kimyoviy formula bilan ifodalash mumkin.

  • Kimyoviy formula - modda tarkibining kimyoviy belgilar va zarurat bo‘lsa indekslar yordamida ifodalanishi.

Kimyoviy formula: modda qanday elementlardan tashkil topganligini (sifat tarkibi); moddaning bitta molekulasi tarkibiga har qaysi element­ning nechtadan atomi kirishini (miqdor tarkibi); moddaning bitta molekulasini bildiradi.
Masalan, suv molekulasi ikkita vodorod (H) va bitta kislorod (O) atomlari­dan tashkil topgan va H2O holida ifodalanadi. Suv molekulasidagi vodorod kimyoviy belgisining pastki o‘ng tomonida turgan 2 raqami indeks deb ataladi va suv tarkibidagi vodorod atomlari sonini ko‘rsatadi. Umuman olganda kim­yoviy formulada kimyoviy belgining pastki o‘ng tomonidagi raqam — indeks moddaning har bir molekulasi tarkibida shu element atomidan nechta borligini ko‘rsatadi. Kimyoviy belgi yoki formula oldida turgan katta raqam koeffissient deb ataladi, alohida atom yoki molekulalar sonini ko‘rsatadi. Masalan:

D.I.Mendeleyev davriy jadvalidagi elementlarning o’zbekcha, lotincha, ruscha va inglizcha nomlanishi




Yüklə 1,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə