Kimyodan o’quv qo’llanma jizzax -2022


Qalay − oq va kulrang. Agar qalay xona haroratidan past temperaturada ushlab turilsa, ayniqsa manfiy temperaturada saqlansa, amorf tuzilishli, kulrang



Yüklə 1,1 Mb.
səhifə10/31
tarix14.03.2023
ölçüsü1,1 Mb.
#102510
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   31
KIMYODAN CSDSG - копия

Qalay − oq va kulrang. Agar qalay xona haroratidan past temperaturada ushlab turilsa, ayniqsa manfiy temperaturada saqlansa, amorf tuzilishli, kulrang tusli qalayga aylanadi. Kulrang tusli qalay metallmaslik xossasini namoyon qiladi. Agar qalay xona haroratidan yuqori temperaturada ushlab turilsa, kristall tuzilishli, oq tusli qalayga aylanadi. Oq tusli qalay metallik xossasini namoyon qiladi.
Fosfor − qizil, oq, qora va binafsha fosforlarni hosil qiladi. Oq fosfor yorug'lik va harorat ta'sirida havosiz sharoitda 4000C gacha qizdirilganda kukunsimon qizil fosforga aylanadi. Qizil fosfor esa havosiz joyda oq fosforning bug'larini hosil qiladi. Bug'lar kondensatlanib oq fosforga aylanadi.


Suyuqlantirilgan oltingugurtni sovuq suvga solsak, dastlab plastik zanjirsimon, bir necha minutdan keyin esa tug’un rombik shaklni hosil qiladi.
Allotropik shakl o’zgarishga ega elementlar.



Moddа nomi.

Allotropiyasi.

Formulаsi.

Kristаll pаnjаrаsi.



Gibridlаnish turi vа shаkli.



Kislorod

Kislorod

O2

Molekulyar

sp2 120o burchаkli

Ozon

O3

Molekulyar

sp2 120o burchаkli

Oltingugurt

Rombik oltingugurt (oktаedrik)

S8



Molekulyar

Rombik

Prizmаtik (monoklinik)

S8

Molekulyar

Rombik

Selen

Qizil rаng metаllmаs modifikаsiyasi

Se

Atomli




Qizil rаng metаllmаs modifikаsiyasi

Se

Atomli




Kulrаng metаlsimon modifikаsiyasi

Se

Atomli




Tellur

Oq kristаll tellur
(β-tellur)

Te

Metаll




To’q-kulrаng kukun
(α-tellur)

Te

Metаll




Poloniy

Kubsimon

Po

Metаll




Rombаedrik

Po

Metаll




Uglerod

Olmos

C

Atomli

sp3 Geksаgonаl

Grаfit

C

Atomli

sp2 120o geksаgonаl

Kаrbin

C

Atomli

sp chiziqli

Fullerin

C




sp2 ikosaedr

Kremniy

Kristаll kremniy

Si

Atomli

Oktаedrik

Amorf kremniy

Si

Atomli




Qаlаy

Oq qаlаy
(α-qаlаy)

Sn

Metаll

Tetrаgonаl

Kulrаng
(β-qаlаy)

Sn

Metаll

Kubik

Fosfor

Oq fosfor

P4

Molekulyar

sp3 tetrаedrik

Qizil fosfor

(P4) polemer

Atomli

sp3

Qorа fosfor

P

Atomli

sp3

(Och qizil fosfor)

P

Molekulyar

sp3

(Binаfshа fosfor)

P

Molekulyar

sp3

Mishyak

Kulrаng mishyak
(β-mishyak)

As

Molekulyar




Qorа rаngli
(α-mishyak)

As

Amorf moddа




Sаriq tusli
(γ-mishyak)

As

Molekulyar




Allotropiya hodisasining kelib chiqish sababi ikki xil:



  • Molekuladagi atomlar sonining turlicha bo’lishi: (O2 va O3)

  • Turli xil kristall panjaralar hosil qilishi: (olmos, grafit, karbin).

MODDANING AGREGAT HOLATLARI.
Biz oldingi darslarimizda havo, kislorod, azot, vodorod (gazsimon moddalar); suv, spirt, sulfat kislota (suyuq moddalar); uglerod, grafit, oltingugurt, temir, aluminiy (qattiq moddalar) haqida ba’zi ma’lumotlarni o‘rgandik.
Lekin ulaming qanday shaklda mavjudligi haqida alohida to‘xtalmadik. Gaz, suyuqlik, qattiq holatlar nima va ular qanday xususiyatlarga ega degan savollarga ushbu mavzuda javob beramiz.

  • Gaz aniq bir hajm va shaklga ega emas. U qanday idishga solinsa, o’sha idish hajmini egallaydi va shaklini oladi. Gazlarda molekula va atomlar orasidagi masofa suyuqlik va qattiq moddalardagiga nisbatan ancha katta bo’ladi.

  • Suyuqlik o‘z shakliga ega emas, u qanday idishga solinsa, o‘sha idish shaklini oladi. Suyuqlik aniq hajmiy o’lchamga ega bo‘ladi. Uni siqish amalda qiyin.

  • Qattiq modda gaz va suyuqlikdan farq qilib, mexanik mustahkamlikka, aniq hajm va shaklga ega.

Suyuq va qattiq moddalarda atom va molekulalar orasidagi masofa gazlardagiga nisbatan ancha yaqin bo‘ladi. Gaz, suyuq, qattiq - moddaning agregat holatlaridir.
Moddaning holati harorat va bosimga bog‘liq. Suv 100°C dan yuqorida gaz (bug‘) holatda, 0°C dan 100°C gacha suyuq, 0°C dan quyi haroratda qattiq (muz) holatda bo‘ladi.
Holatning o‘zgarishi, masalan, muzning suvga aylanishi fizik o‘zgarishga misol bo‘ladi. Bunda yangi modda hosil bo‘lmaydi, namuna tarkibida o‘zgarish kuzatilmaydi.
Gazlar kabi oquvchan, shaklni oson o‘zgartirish xususiyatiga hamda qattiq moddalar kabi shaklga, qiyin siqiluvchan xossaga ega bo‘lish bilan suyuqliklar gazlar va qattiq moddalarga nisbatan oraliq holatni egallaydi.
Odatda moddalarga harorat va bosim kabi omillar ta’sir qilganda gaz suyuq qattiq holat ketma-ketligi kuzatiladi.
Ammo ayrim moddalar oraliq holat - suyuq holatini egallamasdan to‘g‘ridan to‘g‘ri gaz qattiq holat sxemasiga amal qiladi. Masalan, «quruq muz» - karbonat angidrid, yod, naftalin shunday xususiyatga ega.

  • Sublimatlanish - qattiq holatdan to‘g‘ridan to‘g‘ri gaz holatiga o‘tish hodisasidir.

Gaz holatidan to‘g‘ridan to‘g‘ri qattiq holatga o’tish depozitsiya deb ataladi.

Valentlik.
Valentlik deb – biror element atomi boshqa elementlar atomlarining aniq sonini biriktirib olish imkoniyatiga aytiladi.
Valentlik tushinchasini fanga birinchi bo’lib 1852-53 yillarda E.Franklend kiritgan. “Valentlik” so’zi “kuch” degan ma’noni anglatadi. Valentlik kimyoviy element atomi (ion) ga xos tushunchadir.
Valentlik – bir element atomining ayni molekula tarkibidagi boshqa element (yoki elementlar) atomi bilan hosil qilgan kimyoviy bog’lanishlar sonidir. Elementning valentligi kimyoviy bog’ hosil bo’lishida ishtirok etgan element atomi tashqi elektron qavatini to’ldirish uchun qabul qilib oladigan yoki beradigan elektronlar sonidir. Shu sababli, ko’pchilik hollarda elementning valentligi davriy jadvalda shu element joylashgan gruppa raqamiga qarab aniqlanadi. Shuni unutmaslik kerakki, molekula tarkibidagi barcha atomlarning valentliklari yig’indisi o’zaro teng bo’lishi, ya’ni molekula tarkibidagi har bir elementning valentligi to’yingan bo’lishi shart. Valentlikni valent elektronlar vujudga keltiradi.
Valent elektronlar deb – elementning tashqi pog’onasidagi elektronlariga aytiladi. Valent elektronlar soni asosiy guruhda joylashgan elementlarning guruh raqamiga teng bo’ladi. M-n: Bor (B) elementi III asosiy guruhda joylashgan, shuning uchun valent elektronlar soni 3 ga teng. Brom (Br) elementi VII asosiy guruhda joylashgan, shuning uchun valent elektronlar soni 7 ga teng. Ftor (F) elementi VII asosiy guruhda joylashgan, shuning uchun valent elektronlar soni 7 ga teng.
Valentlik odatda elment belgisining yuqorigi o’ng tomonida rim raqami bilan ko’rsatiladi:
Valentlik asosan, 2 xil: o’zgarmas va o’zgaruvchan bo’ladi.
Buni aniqlash uchun biz davriy sistemadagi gruppalarni bilib olishimiz zarur. Davriy sistemada gruppalar asosan 2 xil: asosiy va qo’shimcha gruppalardan iborat. Gruppalar soni 8 ta bo’lib quyidagicha valentlikni chiqaramiz.

Yüklə 1,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə