Kimyodan o’quv qo’llanma jizzax -2022



Yüklə 1,1 Mb.
səhifə9/31
tarix14.03.2023
ölçüsü1,1 Mb.
#102510
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   31
KIMYODAN CSDSG - копия

ALLOTROPIYA.
Hozirgi vaqtda 118 ta element ma'lum bo'lib, ularning har biri oddiy modda sifatida qabul qilinishi mumkin. Shu bilan birgalikda ularning ayrimlari bir nechtadan oddiy modda allotropik shakl o'zgarishlarni hosil qilishi natijasida 400 dan ortiq oddiy moddalar bor.
Bir element atomining tuzilishi va xossalari jihatidan farq qiladigan bir nechta oddiy moddalarni hosil qilishi - allotropiya hodisasi, hosil bo’lgan moddalar esa allotropik shakl o’zgaruvchanlik yoki modifikatsiya deyiladi. Allotropiya tushunchasini fanga Y.Berselius kiritgan. Allotropiya so’zining ma’nosi “allos” har xil, “tropos” o’zgaruvchan degan ma’noni bildiradi. Xorijda esa − «kimyoviy xossalari bir xil, lekin fizik xossalari turlicha bo’lgan moddalar» degan ma’noni bildiradi.
Masalan: allotropiya hodisasi quyidagi elementlarda ko’proq uchraydi: C, P, O, S, Sn, Se, Te, As, Sb, Si, Pb, Ge va boshqalarda uchraydi.
Uglerod − olmos, grafit, karbin, fullerin va lonsdeylit (metioritlarda aniqlangan).
Kremniy – kristallik kremniy (olmosga o’xshash) va amorf kremniy;
Fosfor – Oq fosfor, qizil fosfor va qora va binafsha fosforlar;
Kislorod − ozon O3, molekulyar O2, atomar O, suyuqlantirilgan ozon O4.
Oltingurgut – rombik - S(α-S), monoklinik - S(β-S) va plastik yoki amorf-S;
Mishyak – Sariq - As (Oq P4 o’xshash), kulrang - As va qora - As;
Surma – Sariq - Sb, kulrang metallik - Sb va qora Sb;
Selen – to’q kulrang metalllik - Se va amorf - Se;
Tellur – yaltiroq-kumush-kulrang – Te va amorf - Te;
Qalay – oq-kumush rang β-Sn va kulrang α-Sn.
Olmos - tabiatdagi eng qattiq moddadir. Toza olmos rangsiz, tiniq, nur sindirish xususiyati kuchli, yaltiroq kristall tuzilishiga ega. Olmosda uglerod atomlari orasidagi bog' bir xil va har bir atom to'rtta boshqa atomlar bilan tetraedr uchlariga yo'nalgan kovalent bog' hosil qiladi. Olmos issiqlikni yaxshi o'tkazadi, lekin elektr tokini deyarli o'tkazmaydi. Olmosning yirik, tiniq kristallari brilliantlar holida qayta ishlanib, qimmatbaho zargarlik buyumlari tayyorlashda ishlatiladi. Texnik olmos sun'iy usulda olinadi. Undan texnikada abraziv vositalar, oyna kesish, metallarga va boshqa qattiq materiallarga ishlov berish uskunalari tayyorlanadi.
Grafit - metall yaltiroqligiga ega bo'lgan, yumshoq, qora rangli kristall modda. Grafitda uglerod atomlari qatlamlar holida joylashadi. Bir qatlam tekisligida joylashgan uglerod atomlari orasidagi bog'dan, qatlamlararo uglerod bog'lari kuchsizroqligi uchun qattiq yuzaga ishqalanganda grafit yemiriladi. Undan quruq surkov vositasi sifatida, elektrodlar, qalamlar ishlab chiqarishda foydalaniladi. Yog'och ko'miri (pista ko'mir), koks, hayvon ko'miri, qurum grafitning juda mayda kristallari to'plamidan iborat bo'ladi.
Karbin - uglerodning dastlab sun’iy, keyinchalik tabiiy holda olingan allotropik shakl o'zgarishi bo'lib, atomlar chiziqli tuzilishda bog'langan. Karbinning ikki turi bo'lib, poliin (poliasetilen) tuzilishida uglerod atomlari yakkabog' va uchbog' oralatib bog'langan bo'ladi:
-C≡C−C≡C−C≡C−C≡C− (−C≡C−)n; polimetilen (polikumulen) tuzilishida uglerod atomlari
qo'shbog'lar orqali bog'langan bo'ladi: =C=C=C=C=C=C=C=C= (=C=C=)n; Poliin ko’rinish polimetilen ko’rinishdan turg’unroq.
Karbinning zichligi va qattiqligi grafitnikidan yuqori, olmosnikidan kichikroq. Karbin kimyoviy inert, qora kukun, yarimo'tkazgich xossasiga ega modda.
Fulleren - uglerodning XX asrning 80-yillar oxirlarida kashf qilingan allotropik shakl o'zgarishi. 80 dan ortiq uglerod atomlarining 20 ta oltiburchak va 12 ta beshburchakdan iborat ikosaedr shaklida mavjud. U gazsimon uglerodning qattiq holatga o'tishida oz miqdorda hosil bo'ladi. Undan toza xoldagi uglerod olish mumkin.


Yüklə 1,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə