Kimyodan o’quv qo’llanma jizzax -2022


Kimyoviy reaksiya turlari



Yüklə 1,1 Mb.
səhifə17/31
tarix14.03.2023
ölçüsü1,1 Mb.
#102510
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   31
KIMYODAN CSDSG - копия

Kimyoviy reaksiya turlari.
Kimyoviy reaksiyalarni turli belgilari bo’yicha sinflarga ajratamiz.
Reaksiyaga kirishayotgan dastlabki moddalar va reaksiya mahsulotlari soni va tarkibi bo’yicha o'zgarishiga qarab 4 xil bo’ladi.
- Birikish reaksiyalari.
- Parchalanish reaksiyalari.
- O'rin olish reaksiyalari.
- Almashinish reaksiyalari.
1. Birikish reaksiyalari ikki yoki undan ortiq oddiy yoki murakkab moddalar o’zaro ta’sirlashib bitta yangi modda olinishi bilan boradigan reaksiyalardir:
A + B + ... = C
2H2 + O2 = 2Н2O СаО + СO2 = СаСО3
S + O2 = SO2 BaO + H2O = Ba(OH)2
4NO2 + O2 + 2H2O = 4HNO3
2. Parchalanish reaksiyalari bitta murakkab moddadan bir necha yangi moddalar hosil bo'lishi bilan boradigan reaksiyalardir:
С=A + B + ...
2H2O = 2H2 + O2 CaCO3 = CaO + CO2
2AgNO3 = 2Ag + NO2 + O2
3. O'rin olish reaksiyalari biri oddiy ikkinchisi murakkab moddalarning o’zaro ta’sirlashishi natijasida murakkab moddadagi elementlardan birining o’rnini oddiy modda egallashidan yangi oddiy va murakkab moddalar hosil bo'lishi bilan boradigan reaksiyalardir:
AB + С = AC + В

2KJ + Cl2 = 2KCl + J2
4. Almashinish reaksiyalari ikkita murakkab modda o’zaro tarkibiy qismlarini almashtirib natijada ikkita yangi moddalar hosil bo'lishi bilan boradigan reaksiyalardir:
AB + CD = AD + ВС

Anorganik moddalarning sinflanishi.
Kimyoviy elementlаr 400 mingdаn ortiq аnorgаnik birikmа hosil qilаdi. Bu birikmаlаr quyidаgi to’rt sinfgа bo’linаdi:
1. Oksidlаr. 2. Аsoslаr. 3. Kislotаlаr. 4. Tuzlаr.
Binar birikmalar deb − ikki xil element atomidan tashkil topgan birikmalarga aytiladi. Ularga: Oksidlar: SO2, SO3, N2O5, Cl2O7, P2O5 ; ayrim kislotalar: HBr, HI, HF, HCl; ayrim tuzlar: NaCl, KI, KF. Lekin asoslar binar birikma bo’la olmaydi, chunki ularning tarkibida kamida uch xil element atomi mavjud: NaOH, KOH, LiOH.

Yüklə 1,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə