Kimyodan o’quv qo’llanma jizzax -2022


Indifferent (betaraf) oksidlar



Yüklə 1,1 Mb.
səhifə20/31
tarix14.03.2023
ölçüsü1,1 Mb.
#102510
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   31
KIMYODAN CSDSG - копия

4. Indifferent (betaraf) oksidlar. Kislotalar va asoslar bilan reaksiyaga kirishmaydigan, shu sababli tuz hosil qilmaydigan oksidlar indifferent oksidlar deyiladi. Bularga misol qilib, quyidagilarni keltiramiz: CO, NO, N2O, SiO, SO, SeO.

  1. Aralash oksidlar. Tarkibida bitta elementning ikki xil valentli oksidlari aralashmasidan hosil bo’lgan oksidga aytiladi. Ularga Pb2O3 (PbO•PbO2), Pb3O4 (2PbO•PbO2), Mn3O4 (MnO•Mn2O3), Fe3O4 (FeO•Fe2O3) larni misol qilib keltiramiz. Aralash oksidlar ko’pincha tarixiy nomlar bilan yuritiladi. M-n: Pb3O4- surik, Fe3O4- magnetit, Mn3O4- gausmanit.

Hozirgi kunda ular tuzsimon oksidlar ham deyiladi. M-n: Pb2O3 – PbPbO3 tarkibli tuzga,
Fe3O4 – Fe(FeO2)2 tarkibli tuzga mos keladi. Tuzsimon oksidlarning tuzilish formulalarini quyidagicha yozish mumkin:


  1. Peroksidlar. Tarkibida kislorod-kislorod (-O–O-) bevosita birikkan gruppa saqlaydigan oksidlarga peroksidlar deb ataladi. Peroksidlarni asosan, ishqoriy va ishqoriy-yer metallari hosil qiladi. Ularga: H2O2, Na2O2, K2O2, Rb2O2, Cs2O2, CaO2, BaO2, SrO2 kabilar kiradi. Ularni nomlashda element nomiga peroksid so’zi qo’shib nomlanadi. M-n: Rb2O2- rubidiy peroksid, Cs2O2- seziy peroksid, CaO2- kalsiy peroksid, BaO2 - bariy peroksid.

Bundan tashqari superoksidlar ham bor. Ularga K2O4 (KO2)- kaliy superoksid, Rb2O4 (RbO2)- rubidiy superoksid kabilarni misol keltirish mumkin.

Yüklə 1,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə