Kimyodan o’quv qo’llanma jizzax -2022


Kislotalar asoslar bilan reaksiyaga kirishib, tuz va suv hosil qiladi va bu reaksiya neytrallanish



Yüklə 1,1 Mb.
səhifə28/31
tarix14.03.2023
ölçüsü1,1 Mb.
#102510
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31
KIMYODAN CSDSG - копия

3. Kislotalar asoslar bilan reaksiyaga kirishib, tuz va suv hosil qiladi va bu reaksiya neytrallanish reaksiyasi deb ataladi.
Ca(OH)2 + H2SO4 = CaSO4 + 2H2O
Fe(OH)3 + 3HNO3 = Fe(NO3)3 + 3H2O
4. Kislotalar tempratura ta’sirida parchalanadi va tegishli kislotali oksid bilan suvni hosil qiladi:
H2CO3 → CO2 + H2O
H2SO4 → SO3 + H2O
H2SO3 → SO2 + H2O
4HNO3 → 4NO2 + 2H2O + O2
Kislotаlаrning fizik xossаlаri. Oddiy shаroitdа kislotаlаr suyuq vа qаttiq moddаlаr holidа bo’lishi mumkin. Mаsаlаn: HNO3, H2SO4, H3PO4, CH3COOH lаr suyuq, H2C2O4, H3BO3 lаr esа qаttiq moddlаrdir. Kislotаlаrning deyarli hаmmsi suvdа eriydi (H2SiO3 suvda erimaydi). Ularning eritmalari nordon ta'mli bo'ladi, o'simlik va hayvon to'qimalarini yemiradi, lakmusning ko'k rangini qizilga, fenolftalein eritmasini rangsiz, metiloranjning sariq rangini pushti (binafsha) rangga o'zgartiradi.
Tuzlar.
Tarkibida metall ionlari, shunungdek ammoiy ioni va kislota qoldiqlaridan iborat bo'lgan murakkab birikmalarga tuzlar deyiladi. Tuzlar, tuz hosil qiluvchi metall ioni va kislota qoldig'i xususiyatiga qarab, har xil turga bo'linadi:

  • normal (o'rta) tuzlar KNO3, K2SO4

  • nordon (gidro) tuzlar KHSO4, Ca(HSO4)2

  • asosli (gidroksi) tuzlar Mg(OH)NO3, Al(OH)SO4

  • qo'shaloq tuzlar KAl(SO4)2

  • kompleks tuzlar [Cu(NH3)4]SO4, K4[Fe(CN)6]

O’rta tuzlar tarkibiga ko’ra faqat metall atomi yoki ammoniy gruppasi va kislota qoldig’idan tuzilgan. Ular to’la dissotsilanadi. Shuning uchun ular dissotsilanganda faqat metall kationlari va kislota qoldig’i anionlari hosil bo’ladi:
NaCl = Na+ + Cl- K3PO4 = 3K+ + PO43-
CuSO4 = Cu2+ + SO42- Fe2(SO4)3 = 2Fe3+ + 3SO42-
Al(NO3)3 = Al3+ + 3NO32- Na2SO4 = 2Na+ + SO42-
FeCl3 = Fe3+ + 3Cl- MgSO4 = Mg2+ + SO42-
K4P2O7 = 4K+ + P2O74-

Yüklə 1,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə