Kimyodan o’quv qo’llanma jizzax -2022


Tuzlarning ekvivalent massasini topish



Yüklə 1,1 Mb.
səhifə15/31
tarix14.03.2023
ölçüsü1,1 Mb.
#102510
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   31
KIMYODAN CSDSG - копия

5. Tuzlarning ekvivalent massasini topish: Buning uchun tuzning molekulyar massasini tuz hosil qilgan metallning soni bilan valentligi ko’paytmasiga nisbati orqali topamiz.

Etuz- tuzning ekvivalenti. Mr- tuzning molekulyar massasi. VMe-tuz hosil qilgan metalning valentligi. nMe-tuzdagi metall soni.
1. Al2(SO4)3 ning ekvivalent massasini aniqlang?
Mr(Al2(SO4)3)=342 g/mol

Absolut massa, nisbiy atom massa, nisbiy molekulyar massa.
Modda moqdori.
Absolut massa (Ab) - bir dona atomning kilogramlarda ifodalangan massasiga aytiladi. Atomlarning absolut massasi juda kichik kattalikdir. Masalan: vodorod atomining absolut massasi 0,00000000000000000000000000167 kg yoki l,67·10-27 kg. Uglerod atomining absolut massasi
19,93·10-27 kg. Hisoblashlar olib borishda ushbu absolut massa kattaligidan foydalanish o'ziga xos qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. Shuning uchun, kimyoda nisbiy fizik kattalik-elementning nisbiy atom massasi Ar ishlatiladi. Nisbiy atom massa tushunchasi fanga 1961 yilda ko’pchilik olimlar tomonidan kiritilgan. Qisqartma holda NAM ko’rinishida ham ishlatish mumkin.
Absolut massani topish formulalari:
a-usuli bu yerda: Aabsolyut mas- absolut massa (g, kg)
Ar-nisbiy atom massa; NA- Avagadro soni (6.02·1023 dona).
b-usul Aabsolyut mas=Ar·1 m.a.b yoki Aabsolyut mas=Ar· l,67·10-27 kg tarzida ifodalab, bu yerda
Aabsolyut mas-absolyut massa; Ar-nisbiy atom massa; 1 m.a.b-massa atom birligi qiymati l,67·10-27kg ga teng.


Nisbiy atom massa (Ar) - element atomi absolute massasining 12C uglerod izotopi atomi absolut massasining 1/12 (o'n ikkidan bir) qismidan necha marta og'irligini ko'rsatuvchi kattalikdir.
Tassavvur qilamiz 12C izotopining 1 dona atomini olib teng 12 ta bo’lakga bo’lamiz. O’sha 12 ta bo’lakdan 1 donasi bu - 1 m.a.b ning qiymatidir.
12C ning 1/12 og'irlik qismi ga teng bo'lib, massa atom birligi (m.a.b.) deb ataladi yoki etalon massa deyiladi.
• 1 m.a.b.= l,66·10-27 kg yoki l,66·10-24 g ga teng.
Qolgan elementlar shu 1 dona bo’lakdan necha marta og’irligiga qarab nisbiy atom massa topiladi.
Nisbiy atom massa topish formulasi:
Masalan, kislorod atomi massasi 26,6·10-27 kg, uning nisbiy atom massasi ga teng. Demak, kislorod atomi 12C atomining 1/12 1,66·10-27 qismidan 16 marta og'ir.

Yüklə 1,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə