Kimyodan o’quv qo’llanma jizzax -2022



Yüklə 1,1 Mb.
səhifə12/31
tarix14.03.2023
ölçüsü1,1 Mb.
#102510
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   31
KIMYODAN CSDSG - копия

Ekvivalentlar qonuni.
Ingliz olimi Dalton XVIII asrning oxirida elementlarning o'zaro muayyan miqdordagina birika olishini aytdi hamda bu miqdorlarni «birikuvchi miqdorlar» deb atadi. Keyinchalik «birikuvchi miqdorlar» termini «ekvivalent» termini bilan almashtirildi. Ekvivalent - teng qiymatli demakdir. Ekvivalentlik tushunchasini 1820 yilda Volleston tomonidan fanga kiritilgan. Elementlarning ekvivalentini aniqlashda vodorod va kislorod ekvivalentlari asos qilib qabul qilingan. Elementning 8 og'irlik qism kislorod yoki 1,008 og'irlik qism vodorod bilan birikadigan, yoki birikmalarda shuncha kislorod, yoxud shuncha vodorod o'rnini oladigan og'irlik qismini ko'rsatuvchi son shu elementning ekvivalentidcytedi. Ekvivalentlar qonuni shunday ta'riflanadi: Elementlar kimyoviy reaksiyalarga kirishayotganda o'z ekvivalentlariga proporsional miqdorlarda birikadi va almashinadi.
1 mol vodorod atomlari bilan birika oladigan yoki kimyoviy reaksialardan 1 mol vodorod atomining o’rnini almashtira oladigan modda miqdori uning ekvivalenti deb ataladi. 1 ekvivalent moddaning massasi ekvivalent massa deb ataladi.
Ekvivalent va ekvivalent massa odatda birikmalarning tarkibini o'rganib, bir element­ning о’rnini boshqa elementdan qanchasi egallashini tekshirib aniqlanadi. Buning uchun albatta shu elementning vodorodli birikmasidan foydalanish shart emas, ekvivalenti aniq bo'lgan boshqa element bilan birikmasidan ham foydalanish mumkin. Masalan, CaO ohakda kalsiyning ekvivalenti va ekvivalent massasini topishda, suvda topilgan О kislorodning bir ekvivalenti
8 g/mol ekanligini bilsak, 40 g/mol Ca ga 16 g/mol О to'g'ri kelsa, 8 g/mol О ga 20 g/mol Ca ekvivalent massasi to'g'ri keladi.
Moddalar bir-biri bilan ularning ekvivalentlariga proporsional miqdorlarda ta'sirlashadilar. O'zaro ta'sirlashayotgan moddalar massalari (hajmlari) ularning ekvivalent massalariga (hajmiga) proporsionaldir.
Ekvivalent hajm − moddaning 1 ekvivalent massasining egallaydigan hajm bo'lib, gazsimon holat uchun qo'llanadi (1 ekvivalent hajm H - 11,2 l/mol, О - 5,6 1/mol).
Quyidagilarning ekvivalentini topish:


  1. Yüklə 1,1 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə