Kimyodan o’quv qo’llanma jizzax -2022



Yüklə 1,1 Mb.
səhifə3/31
tarix14.03.2023
ölçüsü1,1 Mb.
#102510
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
KIMYODAN CSDSG - копия

1. Kimyoviy xossalarga – moddalarning metall yoki metallmasligi, oksidlovchi yoki qaytaruvchanligi, asos yoki kislotaliligi, yonish yoki yonmasligi kabi xossalar kiradi. Umuman shu moddaning qaysi moddalar bilan reaksiyaga kirisha olish xossasini belgilab beradi. Moddalarning kimyoviy xossalarini o’rganish mobaynida ularning tarkibi o’zgaradi.
2. Fizikaviy xossalarga – moddalarning agregat holati (gaz, qattiq, suyuq), qaynash, suyuqlanish, muzlash (qotish) tempraturalari, eruvchanligi, zichligi, rangi, hidi kabi xossalar kiradi. Moddalarning fizikaviy xossalarini o’rganish mobaynida ularning tarkibi o’zgarmaydi.


Atom debkimyoviy elementlarning oddiy va murakkab moddalar tarkibiga kiruvchi eng kichik zarrachasiga aytiladi.
Keyinchalik kimyo fani rivojlanishi natijasida atom undan ham kichik bo’lgan zarrachalardan tashkil topganligi aniqlangandan keyin unga quyidagicha ta’rif berildi:
Atom – bu musbat zaryadlangan yadro va uning atrofida harakatlanadigan manfiy zaryadli bir yoki bir nechta elektronlardan tashkil topgan elektroneytral zarrachadir.
Tabiatda turlicha massa, o‘lcham va xossalarga ega bo‘lgan atomlar mavjud.
Atomlar materiyaning asosiy tuzilma birligidir. Ular juda kichik bo‘lsada, o‘z o‘lchamlariga ega. Ularning diametri l A atrofida bo‘ladi (l A=10-1O m). Hozirgi vaqtda A o‘lchov birligi nanometr bilan almashinib bormoqda. Bunda: (l A= 0,10 nm; 1 nm=1•10-9 m).





Kremniy atomlarining elektron mikroskopda olingan fotosurati.
Uglerod atomining tasviri.
Atomning eng muhim harakteristikasi yadrosining musbat zaryadlanganligidir. U son jihatdan elementning davriy jadvaldagi tartib nomeriga, yadro zaryadiga, protonlar soniga, elektronlar soniga teng bo’ladi.

Element nomi.

Tartib nomeri.

Yadro zaryadi.

Protonlar soni.

Elektronlar soni.

Temir (Fe)

26

26

26

26

Kremniy (Si)

14

14

14

14

Oltingugurt (S)

16

16

16

16

Fosfor (P)

15

15

15

15

Germaniy (Ge)

32

32

32

32




Yüklə 1,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə