Kimyodan o’quv qo’llanma jizzax -2022



Yüklə 1,1 Mb.
səhifə4/31
tarix14.03.2023
ölçüsü1,1 Mb.
#102510
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
KIMYODAN CSDSG - копия

Molekula. P.Gassendi «moddalar atomlardan tuzilgan, atomlarning birikishidan molekula hosil bo’ladi» deb «molekula» atamasini birinchi bo’lib fanga kiritdi. Molekula “kichik massa” degan ma’noni bildiradi.
Molekula debmuayyan moddaning kimyoviy xossalarini o’zida mujassamlashtirgan eng kichik zarrachaga aytiladi.
Molekulaning kimyoviy xossalari uning tarkibi va tuzilishiga bog’liq.

Molekulalar orasida tortishish va itarilish kuchlari mavjud. Molekulalarning har biri o‘z massasiga, o‘lchamiga va o‘ziga xos kimyoviy xossalarga ega. Bir moddaning molekulalari bir xil, turli moddalarning molekulalari turlicha bo‘lib, tarkibi, massasi, o‘lchami, xossalari bilan bir-biridan farq qiladi. Masalan, yod va suv molekulalari turlichadir:
Molekulalar doimo harakatda bo‘ladi. 1827-yilda ingliz olimi Broun mikroskopda suyuqlikdagi mayda qattiq zarrachalarning harakatini kuzatgan va ular uzluksiz harakat qilishini aniqlagan. Hozirda bu harakat Broun harakati nomi bilan ataladi va suyuqlik molekulalari tartibsiz ravishda uzluksiz harakatda ekanligini ko‘rsatadi.
Bir modda molekulalari boshqa modda molekulalari orasida tarqalishi mumkin va bu hodisa diffuziya deb ataladi.
Broun harakati, diffuziya (masalan, hidning havoda tarqalishi), qandning suvda erishi va boshqa shunga o‘xshash hodisalar molekulalar mavjudligi hamda doimo harakatda ekanligini ko‘rsatadi.

  • Molekula - moddaning kimyoviy xossalarini o‘zida namoyon qiluvchi eng kichik bo‘lagi.

  • Molekula - o‘zaro bog‘langan atomlar guruhidan iborat zarracha.

Molekulalar atomlardan tashkil topgan. Suv molekulalarini maxsus asbobda elektr toki yordamida parchalash mumkin. Bir trubkada to‘plangan gaz hajmi ikkinchi trubkadagi gaz hajmidan ikki barobar ko‘proq bo‘ladi. Hajmi ko‘proq bo’lgan gaz yonadi. Bu - vodorod. Hajmi ozroq bo’lgan gaz yonmaydi, lekin yonishga yordam beradi. Bu - kislorod. Ushbu tajribada hosil bo‘lgan moddalar - vodorod va kislorod suvdan hosil bo‘ladi, chunki suv molekulalari yanada kichik zarrachalar vodorod hamda kislorod atomlaridan tashkil topgan.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə