Sitologiya va



Yüklə 3,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/148
tarix22.03.2024
ölçüsü3,8 Kb.
#184215
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   148
9-biologiya

tashqi (ektotrof)
va 
ichki (endotrof)
. ektotrof mikorizada 
o‘simlik ildizining uchki qismini zich g‘ilof ko‘rinishida zamburug‘ 
mi 
tselliysi o‘rab oladi. endotrof mikorizada zamburug‘ ildizning 
ichki to‘qimalariga kirib oladi.
Тashqi mikoriza asosan o‘rmonlardagi qayin, eman va nina 
barg 
li daraxtlarda uchraydi. Zamburug‘ daraxt ildizidan karbon 
suv va vitaminlarni o‘zlashtiradi. Shu bilan birga tuproq gumusi 
http:eduportal.uz


23
oRGANIk oLAM hAQIDA MA’LuMoT
I Bo‘LIM
tarkibidagi oqsillarni aminokislotalarga parchalaydi. Aminokislota-
larning bir qismi o‘simlik tomonidan o‘zlashtiriladi. Bundan tash-
qari zamburug‘ daraxt ning ildiz tizimini, shimish yuzasini oshirib
unum siz tuproqlarda o‘sa yotgan o‘simlik uchun muhim ahamiyat-
ga ega bo‘ladi. Ichki mikoriza ko‘pincha o‘t o‘simliklarda uchraydi. 
Ammo uning simbioz hayot kechirishdagi roli haqida ma’lumotlar 
yetarli emas. Ba’zi bir zamburug‘lar parazit organizmlar sifati-
da o‘simlik va hayvonlarda har xil kasalliklarni keltirib chiqaradi. 
Iste’mol qilinadigan zamburug‘lar ozuqa ahamiyatiga ega. Zam-
burug‘larning ba’zi turlaridan antibiotiklar va vitaminlar olishda, 
shuningdek, achitqilardan esa turmushda keng foydalaniladi.
Lishayniklar. 
Lishayniklar tirik organizmlarning o‘ziga xos 
guruhi bo‘lib, zamburug‘lar va bir hujayrali suv o‘tlarning simbioz 
hayot kechirishidan yuzaga kelgan organizmlardir (13- rasm).
Lishayniklarning 26 000 ga yaqin turi ma’lum. Lishayniklarning 
tanasi, rangi va shakli har xil. Lishayniklar sporalar yordami bilan 
shuningdek, vegetativ yo‘l bilan ko‘payadigan avtotrof organizm-
lardir. Lishayniklar tashqi ko‘rinishiga ko‘ra uchta turga bo‘linadi 
(14- rasm): 1. Yopishqoq; 2. Bargsimon; 3. Butasimon. 
Lishayniklar barcha joylarda o‘sadigan o‘simliklar bo‘lib, 
tabiat 
da juda keng tarqalgan. ular tosh va qoyalarda, cho‘l va 
dashtlarda, daraxt va buta po‘stloqlarida o‘sadi.
Zamburug‘ mitselliysi
.
Suv o‘tlari hujayralari

Yüklə 3,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   148




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə