Sitologiya va



Yüklə 3,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/148
tarix22.03.2024
ölçüsü3,8 Kb.
#184215
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   148
9-biologiya

birlamchi tuzilishi
deb ata-
ladi. Birlamchi tuzilishda aminokislotalar o‘zaro peptid bog‘i orqali 
birikkan bo‘ladi. Polipeptid zanjiri ko‘pincha to‘liq va qisman spiral 
bo‘lib buraladi. Bu oqsilning 
ikkilamchi tuzilishidir. 
Bunda ami-
nokislota radikallari spiral tashqarisida qoladi. Spiral o‘ramlari zich 
bo‘lib joylashadi. Bir marta buralgan spiralda turgan Nh-guruh lari 
bilan qo‘shni o‘ramdagi Co-guruhi o‘rtasida vodo rod bog‘lari hosil 
bo‘ladi. Vodorod bog‘lari kovalent bog‘larga qa 
raganda ancha 
bo‘sh, lekin ular juda ko‘p takrorlanadi, shu sababli mustahkam 
bog‘ hosil qiladi. Ikkilamchi tuzilishli oqsillarga keratin, kollagen mi-
sol bo‘la oladi.
Polipeptid spirali yana taxlanib boradi. u har bir oqsilda 
ma’lum ravishda, o‘ziga xos tarzda o‘raladi. Natijada 
uchlam-
chi tuzilishi
deb ataladigan shakl vujudga keladi. Aminokislota 
radikallari orasida vujudga keladigan gidrofob bog‘lar uchlamchi 
http:eduportal.uz


68
HAYOTIY JARAYONLARNING KIMYOVIY ASOSLARI
III BO‘LIM
tuzilishni saqlab turadi. uchlamchi tuzilishli oqsilga mushak oqsi-
li — mioglobin misoldir. Ikkilamchi va uchlamchi tuzilishlar hosil 
bo‘lishida vodorod, ionli, disulfid, gidrofob bog‘lar muhim rol o‘ynay
-
di. oqsilning 
to‘rtlamchi tuzilishi 
b i r necha polipeptid zan-
jiridan tuzilgan murakkab oqsillarda kuzatiladi. Bu zanjirlar gidro-
fob, ionli, vodorod bog‘lar orqali birikkan. Muhit sharoitiga qarab bu 
bo‘laklar qo‘shilib (assotsatsiya) yoki ajralishib (dissotsa tsiya) tura-
di. Bunga gemoglobin misol bo‘ladi (64- betdagi 21- rasm).
1. oqsil boshqa polimerlar kraxmaldan qanday farq qiladi?
2. Aminokislotalarning kattaligi o‘rtacha qancha bo‘ladi?
3. oqsil tuzilishlari qanday xillarga ajratiladi?
4. Ikkilamchi va uchlamchi tuzilishlarni vujudga kelishida
qaysi bog‘lar muhim ahamiyatga ega?
Quyida berilgan aminokislotalar qanday guruhlarga
mansubligini juftlab ko‘rsating.
1
Glitsin, alanin
А
Dikarbon kislotalar
2
Aspartat, asparagin
B
Iminokislotalar
3
Lizin, arginin
D
Monoaminokarbon kislotalar
4
Fenilalanin, tirozin
e
Aromatik aminokislotalar
5
Gistidin, triptofan
F
Geterosiklik aminokislotalar
6
Prolin, oksiprolin
h
Diaminokislotalar
1- 2- 3- 4- 5- 6-

Yüklə 3,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   148




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə