Tadqiqotlari


Nazorat va mulohaza uchun savollar



Yüklə 6,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/248
tarix24.06.2023
ölçüsü6,42 Mb.
#118795
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   248
Marketing tadqiqotlari-2019 darslik

 
Nazorat va mulohaza uchun savollar 
1. Marketing tadqiqotlarining ikki yo‘nalishi nimalardan iborat? 
2. Marketing tadqiqtotlari tuzilmasining asosi nimadan iborat? 
3. Marketing tadqiqotlari modeli tuzilishi va uning elementlari nimalardan 
iborat? 
4. Marketing tadqiqotlarining asosiy tamoyillarini sanab o‘ting va ularning 
xususiyatlarini gapirib bering. 
5. Marketingning axborot – tahliliy bo‘linmasi tarkibiga nimaga kiradi? 
6. Matritsali yoki divizional tamoyil uch omil kombinatsiyasi haqidagapirib 
bering. 
7. Funksional va va matritsali tamoyillaring farqi nimada? 
8. Bozorda marketing tadqiqotlari samardorligiga qanday omillar kiradi? 
9. Marketing tadqiqotlari funksiyalari nimalardan iborat? 
10.Mexanik va organik turdagi tuzilma nimadan iborat? 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


61 
3-BOB. MARKETING TADQIQOTLARINI O‘TKAZISH JARAYONLARI VA 
REJALASHTIRISH 
 
3.1. Marketing tadqiqotlarini o‘tkazishda umumiy bosqichlar tavsifi 
 
Har bir marketinga yo‘naltirilgan korxonaning faoliyatini oqilona yuritish, bu 
uchun aniq va samarali qaror qabul qilish uchun quyidagi bilimlar zarur: bozorning 
salohiyati, resurs bilan ta’minlanganligi, xaridor talabi, ularning hoxish va istaklari, 
imkoniyatlari, raqobatdoshlarning niyatlari va harakatlari haqidagi ma’lumotlarga ega 
bo‘lish zarur. Bozorni bilish va undagi jarayonlarga baho bera olish tijorat risklarini, 
qolaversa, noto‘g‘ri qaror qabul qilish natijasidagi yo‘qotish imkoniyatini 
kamaytiradi.
Marketing tadqiqotlari jarayoni (marketing research process) maqsadga 
erishish uchun bosib o‘tiladigan bosqichlar majmuasidan iboratdir. Ularda amalda 
olti turdan iborat bo‘lib: muammoni aniqlash; muammoni hal etishga yondashuvni 
tanlash; tadqiqot rejasini ishlab chiqish; dala tadqiqotlari yoki ma’lumotlarni to‘plash; 
ma’lumotlarni qayta ishlash va tahlil etish; 
hisobotni tayyorlash va uning taqdimotidir. 
Odatda 
marketing 
tadqiqotlari 
bosqichlari quyidagilarni qamrab oladi: 
I.
Muammoni 
belgilash, 
tadqiqot 
budjetini hisob-kitob qilish. 
II.
Axborot manbalarini tanlab olish. 
III. Axborot to‘plash va qayta ishlash. 
IV. Axborotni tahlili qilish va bashorat 
qilish. 
V.
Xulosa va tavsiyalar, marketing tadqiqotlari samaradorligini baholash. 
Marketing tadqiqotlari jarayonining rejasi
 
(research desing) – marketing 
tahlilini muvaffaqiyatli o‘tkazish uchun zarurdir. Marketing tahlili muammosini hal 
etish, yoki uning uchun zaruriy axborotlarni to‘plash modellarini aniqlashtirish 
muhim o‘rin tutadi. Shu sababdan marketing rejasi ushbu tadqiqotlarni samarali 
o‘tkazish jarayonida o‘ziga xos ahamiyatga ega. O‘z vazifasini samarali va yuqori 


62 
sifatda bajarishda marketolog birinchi navbatda aniq o‘ylangan marketing tahlil 
rejasini ishlab chiqish zarur bo‘ladi. 
Boshqacha qilib aytganda, marketing tahlilining rejasi zaruriy axborotga ega 
bo‘lib, marketing tahlili muammosini hal etishda foydalaniladigan metodlar 
(uslublar)ni aniqlashtiradi. 
Marketing tadqiqotlari jarayoni rejasi o‘z tarkibiga quyidagi vazifa yoki 
komponetlarni kiritadi:
1.
Zaruriy axborotlarni aniqlash. 
2.
Tadqiqot izlanish, deskriptiv yoki sabab-oqibat fazalarini ishlab chiqish. 
3.
O‘lchash va shkalalashtirish jarayonlarini aniqlashtirish. 
4.
Anketa (so‘rovnoma)ni shakllantirish yoki axborot to‘plashning boshqa 
uslubini aniqlash. 
5.
Tanlash jarayonini aniqlash va uning hajmini belgilash. 
6.
Ma’lumotlar tahlilini o‘tkazish rejasini ishlab chiqish. 
Albatta, birinchi navbatda tadqiqot rejasining turli hil ko‘rinishlarini tahlil 
qilishga harakat qilamiz. 
Korxonaning marketing faoliyatini strategiyasi va taktikasini tanlash va amalga 
oshirishda tadqiqotchilarning konkret yo‘nalishidan foydalanishini taqazo etadi. 3.1-
rasmda marketing tadqiqotlarini amalga oshirish bosqichlari keltirilgan. Bozorni 
o‘rganmasdan turib barcha axborotni tizimli ravishda to‘plash, tahlil etish va 
solishtirish imkoniyati bo‘lmaydi.
Har bir bosqichda o‘ziga xususiyat mavjud. Masalan, 1 –bosqichni ko‘rib 
chiqadigan bo‘lsak, marketing tadqiqotlari konsepsiiyasini ishlab chiqishda, avvalom 
bor korxona oldiga qo‘ygan maqsadni belgilab oladi.


63 

Yüklə 6,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   248




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə