Tadqiqotlari



Yüklə 6,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/248
tarix24.06.2023
ölçüsü6,42 Mb.
#118795
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   248
Marketing tadqiqotlari-2019 darslik

2.7 – rasm. 
Firmaning marketing kommunikatsiya aloqalari 
Shunday qilib, korxona marketing xizmatining axborot-tahliliy boshqaruvi 
kommunikativ aloqalarning ikki tizimini yo‘lga qo‘yishga majbur: firma bo‘linmalari 
bilan ichki aloqalar hamda ikala tomonni qoniqadigan sharoitlarda ishlashga tayyor 
bo‘lgan korxona va tashkilotlar bilan tashqi aloqalar. Bu aloqalarni quyidagicha 
tasniflash mumkin: 

o‘z rahbariyati bilan aloqa (buyruq va farmoyishlar, rejalar, hisobotlar); 
Marketing tadqiqoti 
kommunikatsiyalari
TASHQI
Marketing mikromuhitining 
axborot-tahliliy taʼminoti
Marketing makromuhiti bilan 
axborot-tahliliy aloqalar
Boshqalardan axborot va 
metodologik taʼminot sotib 
olish
ICHKI
Firma rahbariyati
Firma boʻlinmalari
Oʻzining axborot-tahliliy 
taʼminoti


56 

firmaning boshqa bo‘linmalari bilan aloqa (axborot almashinish, harakatlarni 
muvofiqlashtirish, reja bo‘imlarini bir-biri bilan bog‘lash); 

o‘z firmasining ishlab chiqarish va boshqa bo‘linmalari bilan aloqa (tovarni 
ishlab chiqish va bozorga chiqarishda ishtirok etish); 

ta’minotchilar, distribyutorlar va mijozlar bilan aloqa va munosabatlar 
(bitimlarning axborot-tahliliy ta’minoti, tovarlarni yuklash, jo‘natish va sotish 
bo‘yicha harakatlar); 

davlat statistika qo‘mitasi va boshqa tashkilotlardan axborot sotib olish, 
shuningdek, marketing va konsalting firmalaridan buyurtma axboroti olish. 
Xulosa shundan iboratki, marketing tadqiqotlari tamoyillaridan korxonalarni 
boshvarish va bozordagi holatiga ko‘ra bir necha tur tamoyillardan foydaanish 
mumkin. 
2.4. Marketing tadqiqotining tashkiliy tuzilishi
Marketing tadqiqotchilik xizmatini strukturalash darajasi va xususan, mustaqil 
axborot-tahliliy bo‘linmani ajratish qator sharoitlarga: korxona turi va hajmiga, uning 
resurslari va imkoniyatlariga, qo‘yilgan maqsadlarga, mulkchilik shakli va ilgari 
yuzaga kelgan an’analarga bog‘liq.
Marketing axborot-tahliliy xizmati rahbari uning faoliyati uchun firma 
rahbariyati oldida javob beradi. Bu xizmatni mutaxassislar bilan o‘tkazish, ijobiy 
muhitni qo‘llab-quvvatlash, faoliyatni rejalashtirish, nazorat qilish va o‘zgarishlar 
kiritish, ichki va tashqi aloqalarni tashkil qilish uchun javobgarlik uning zimmasiga 
yuklatiladi. Shu sababli uning axborot-tahliliy funksiyalarni bajarishga imkon 
beradigan bilimlarga ega bo‘lishi muhim ahamiyat kasb etadi. 
Marketing tadqiqoti xizmati rahbari yuqori darajada mustaqillik va 
mas’uliyatga ega bo‘lishi lozim. Qoidaga ko‘ra, u firma oliy rahbariyati tarkibiga 
kiradi va bevosita firma rahbariga bo‘ysunadi. Bu marketing xizmatining nufuziga 
xizmat qiladi, uni boshqaruv qarorlari qabul qilish bo‘yicha ma’muriyat 
iyerarxiyasida yuqori o‘rinlarga qo‘yadi. Axborotga ega bo‘lish rahbarning maqomini 
oshiradi. 


57 
Marketing tadqiqoti xizmati faoliyatiga uchta menejment tamoyili asos qilib 
olingan: 

funksiyalarni o‘z vakolatlari doirasida chegaralash (majburiyatlarni 
taqsimlash); 

har bir xodim va bo‘linmaning o‘z majburiyatlarini ijro etish bo‘yicha 
javobgarligi bilan birga tashabbuskorligi; 

o‘z funksiyalarini bajarish uchun vositalarga ega bo‘lish (ish o‘rni, resurslar 
va h.k.). 
Marketing 
tadqiqoti 
muammolari 
bilan 
shug‘ullanuvchi xizmat va 
bo‘linmalarni ichki tashkil qilish firma manfaatlariga bo‘ysunadi, uning 
imkoniyatlariga bog‘liq bo‘ladi va qoidaga ko‘ra qat’iy strukturaga ega bo‘lmaydi. 
Uch xil variant foydalaniladi: matritsali, funksional va aralash. 
Matritsali yoki divizional tamoyil quyidagi uch omildan biri yoki 
kombinatsiyasi bo‘yicha bloklar yaratishdan iborat: 

geografik omil, bunda har bir bo‘linma mintaqalarning (geografik 
hududlarning) birida to‘lik marketing siklini amalga oshiradi, axborot-tahliliy guruh 
esa ushbu mintaqaning to‘liq tavsifnomasini ta’minlaydi; 

bozor omili, bunda har bir bo‘linma belgilangan iste’molchlar doirasida 
marketing faoliyati uchun javob beradi, axborot-tahliliy guruh esa mos keluvchi 
bozorni o‘rganish bilan shug‘ullanadi; 

tovar omili, bunda marketing bo‘linmalari soni firma sotayotgan tovarlar 
soniga mos keladi va har bir bo‘linmada axborot-tahliliy guruh tashil qilinib, u 
mazkur tovar bo‘yicha barcha ma’lumotlarni, jumladan, talab va taklif xaqidagi 
ma’lumotlarni to‘playdi va tahlil qiladi. 
Marketing tadqiqotini tashkil qilish turli sxemalar bo‘yicha amalga oshiriladi. 
Funksional tamoyil marketing va uning tadqiqotchilik faoliyatini boshqarish uchun 
keng imkoniyatlar ochib beradi. Funksional tizimga muvofiq umumiy marketing 
xizmatining qator bo‘linmalari tashkil etilib, ularning har biri bitta yoki bir nechta 
marketing funksiyalarini bajarish uchun javob beradi. Mos ravishda axborot to‘plash 
va uni qayta ishlash uchun javobgar bo‘lgan bo‘linmalar ajratiladi. 


58 

Yüklə 6,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   248




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə