Tadqiqotlari


-rasm. Marketing tadqiqoti xizmati strukturasi



Yüklə 6,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/248
tarix24.06.2023
ölçüsü6,42 Mb.
#118795
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   248
Marketing tadqiqotlari-2019 darslik

2.4.-rasm. Marketing tadqiqoti xizmati strukturasi 
 


51 
Marketing tadqiqotlari tijorat shartlarida buyurtmachi korxonaning dasturi va 
buyurtmasi bo‘yicha ham, marketing firmasi tomondan ayrim korxonalar toifasi 
uchun mo‘ljallangan standart dastur bo‘yicha mustaqil ham bajarilishi mumkin. 
Bunday tadqiqot natijalari barcha xohlovchilarga sotiladi. Ba’zida marketing firmasi 
tadqiqot metodologiyasini, algoritmlar va amaliy dasturlarni sotadi. Tadqiqot 
yakunlari, unig metodologiyasi, tavsiyalari va foydalanuvchilarga sotiladigan boshqa 
narsalar o‘ziga xos tovar – talab katta bo‘lgan intellektual mahsulotni ifodalaydi. 
Bunday faoliyat sohasi axborot mahsulotlari bozorining ixtisoslashgan segmentini 
ifodalaydi. 
Marketing tadqiqotining muvaffaqiyati ma’lum darajada marketing xizmatini 
tashkil qilishga, mohiyatiga ko‘ra inson omiliga bog‘liq bo‘ladi. Xodimlar malakasi, 
tajribasi, ularning bozorni bilishi ko‘p jihatdan tadqiqot sifatini belgilab beradi. Biroq 
bu natijalar marketing xizmatining jihozlanganligiga, uning kompyuterlashtirish 
darajasiga, aloqa vositalari mavjudligiga ham bundan kam bog‘liq emas. Nihoyat, 
marketing tadqiqoti natijalari va samaradorligiga guruh ichidagi munosabatlar: uning 
iyerarxiyasi, kommunikativ aloqalar, bir-birini qo‘llash, hamkorlik (yoki buning aksi 
– pand berish, ig‘vogarlik va h.k.) ta’sir etadi. Tabiiyki, ishchi vaziyat va 
mahsuldorlik jamoadagi mikromuhitga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq bo‘ladi. Marketing 
xizmati faoliyatining mahsuldorligini ta’minlashda kim uni boshqarishi, kim menejer 
va muvofiqlashtiruvchi ekanligi muhim rol o‘ynaydi. Axborot-tahliliy faoliyatni 
tashkil qilishning uch xil varianti bo‘lishi mumkin: 

birinchi variant. Ixtisoslashgan marketing xizmati mavjud emas. Axborot 
to‘plash va uni baholash bilan firmaning ular faoliyat sohasiga marketing aloqador 
bo‘lgan barcha bo‘linmalari shug‘ullanadi; 

ikkinchi variant. Firmada matritsa tamoyili yoki funksional tamoyil bo‘yicha 
tashkil qilingan marketing xizmati mavjud. Har bir bo‘linma o‘z vakolatlari doirasida 
axborot 
to‘playdi 
va 
tahlil 
qiladi, 
xulosa 
va 
tavsiyalarni 
esa 
rahbar/muvofiqlashtiruvchiga taqdim etadi; 

uchinchi variant. Tadqiqotchilik ishlarining katta hajmi marketing xizmati 
doirasida marketing tadqiqotlari mustaqil bo‘linmasi tashkil qilishni asoslab bergan, 


52 
bunda u mutaxassislar bilan ta’minlanib, kompyuter va boshqa idora texnikasi bilan 
jihozlanadi va marketing tadqiqotining barcha bosqichlarini ta’minlaydigan darajada 
tuziladi. 
Murakkab marketing faoliyati, marketing xizmati bajaradigan keng funksiyalar 
doirasida, har tomonlama to‘g‘ridan-to‘g‘ri va teskari aloqalar marketing xizmati 
axborot-tahliliy bo‘linmalari boshqaruv apparatini tashkil qilishga jiddiy talablar 
qo‘yadi, ya’ni marketing-menejment va axborot-tahliliy funksiyalar tahlil qilingan
bir-biriga bo‘ysunish va muvofiqlashtirish munosabatlarida bo‘lgan iyerarxik 
strukturalar tashkil qilishni talab qiladi. Bu jihatdan marketing xizmati faoliyati 
menejment tamoyillariga asoslanadi. 
Bundan kelib chiqqan holda, marketing tadqiqotlarini tashkil qilishda, 
korxonalar miqyosida menejment, ya’ni boshqaruv tamoyillariga asoslanamiz (2.5 – 
rasm). 

Yüklə 6,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   248




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə