Tadqiqotlari


Motiv » so‘zi lotincha « movere



Yüklə 6,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/248
tarix24.06.2023
ölçüsü6,42 Mb.
#118795
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   248
Marketing tadqiqotlari-2019 darslik

Motiv
» so‘zi lotincha «
movere
» so‘zidan olingan bo‘lib, «harakatga 
keltirish», «undash», «turtki» ma’nolarini anglatadi. 
«
Motiv
» – bu insonni ehtiyojlarini qondirilishi bilan bog‘liq bo‘lgan muayyan 
faoliyatga undovchi ichki va tashqi harakatlantiruvchi kuchlardir. 
Motivatsiya
– insonni maqsadga erishish uchun faoliyatga undash jarayonidir.
Motivatsiya (yoki ilhomlantirish) – tegishli zarurat va ehtiyojni birlamchi 
qondirish uchun amalga oshiriladigan yo‘llar va uslublar hisoblanadi. Nazariy 
jihatdan motivatsiya ko‘pgina olimlar tomonidan yetarlicha ta’riflangan va amaliy 
yo‘nalishda o‘z aksini topgan. Jumladan, Zigmund Freydning «motivatsiya 
nazariyasi», Fredirik Gersbergning «ikki omil» nazariyasi, Devid Makklenandning 


70 
«ehtiyojlar nazariyasi», Abraxam Maslouning «Ehtiyojlar iyerarxiyasi» nazariyalari 
nafaqat menejment sohasida, balki marketing va psixologik tadqiqotlarda o‘zining 
amaliy o‘rnini keng topgan. Bu borada ko‘plab maxsus adabiyotlar mavjud va shu
sababli biz asosan A. Maslouning «ehtiyojlar iyerxiyasi» nazariyasi xususida 
batafsilroq to‘xtalamiz.
A. Maslou barcha inson ehtiyojlarining qondirilish ketma-ketligiga ko‘ra 
ularning 5 ta darajaga bo‘linishi va ular o‘rtasida albatta bosqichma-bosqichlik 
mavjudligini asoslangan. Shu sababli, inson dastlabki fiziologik ehtiyojlarini 
qondirish uchun intilish vujujdga keladi va bu jarayon uzviy davom etaveradi. Pastki 
darajadagi fiziologik va shaxsiy muhofazaga oid ehtiyojlar birlamchi jihatga ega. Har 
bir xarid qilinishi kutilayotgan buyum yoki foydalanilayotgan xizmat ma’lum 
ehtiyojni qondirishga, shaxsni ilxomlantiradi. Masalan, oilada qizchaning tug‘ilgan 
kuniga ota yoki ona tomonidan qilingan e’tibor uni ma’naviy yaqinlik, oilaviy 
muhabbat sari ehtiyojlarni qondirishda ilhomlantirish vositasi bo‘lib xizmat qiladi. 
Bevosita xarid jarayonida idrok etish xususiyatini ko‘rib o‘taylik. Idrok etish 
o‘z navbatida, xaridorningsh tashqi muhit xususidagi shaxsiy tasavvurini ifodalaydi 
va u tegishli tovar bo‘yicha: tasviriy idrok, tanlanma idrok va tasviriy xotirada 
o‘rnashadi. Ushbu bosqichlar tovar to‘grisida umumiy mulohazani, muayyan shaklni, 
iste’mol qilishdagi tasavvurini shakllantiradi. Keyingi psixologik jihatlar bo‘lmish: 
o‘zlashtirish, ishonch, o‘zaro munosabatda yanada qat’iylashadi va xaridning sodir 
etilishida yetakchilik qiladi. 
Idrok etish va o‘zlashtirish jarayonida xaridorning qat’iyatlilik salohiyati uchun 
zamin yaratiladi. Xarid qilish jarayoni uzviy tarzda quyidagi bosqichlardan iborat: 

qanday talabning qondirilishini belgilash; 

tovar xususida axborot yig‘ish; 

tovarlar turi bo‘yicha variantlar baholash; 

xarid qilish to‘g‘risida qaror qabul qilish; 

xarid qilingan buyumga munosabat va shunga o‘xshash jarayonlardir. 
Motivatsiyaning turli hil nazariyalari ikki toifaga, ya’ni mazmundor va 
jarayonli nazariyalarga ajraladi. 


71 

Yüklə 6,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   248




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə