72
Marketingda
motivatsion
nazariyani
o‘rganar
ekanmiz,
ushbu
jarayonlarni
marketing tadqiqotlarida avvalom bor,
inson
ehtiyojlarini o‘rganishda birinchi omil bo‘lib
hisoblanadi.
Iste’molchiga yo‘naltirilgan motivatsiya
nazariyalarini mashhur amerikalik olimlar
Filipp Kotler o‘zining “Marketingni boshqarish” nomli asarida asosan 3 ta
yo‘nalishiga to‘xtalib o‘tgan:
➢
A. Maslou yondashuvi;
➢
Z. Freyd yondashuvi;
➢
F. Gersberg yondashuvi;
Jahon tajribasi shuni ko‘rsatadiki, motivatsion nazariyalarni o‘rganishda eng
qulay va eng tarqalgan nazariya bu A. Maslouning nazariyasidir.
Abraxaam Maslouning ehtiyojlar piramidasi. O‘tgan asrning 40-yillarida
A.Maslou inson ehtiyojlarining murakkabligi va ularning motivatsiyaga ta’sirini
aniqladi. Buning natijasida o‘zining «ehtiyojlarning iyerarxiyasi»ni shakllantirdi. Bu
nazariyaga binoan insonlar hamisha qandaydir narsaga ehtiyoj sezadilar.
Ehtiyojlar
birlamchi va ikkilamchi bo‘ladi.
Abraxaam Maslou o‘zining besh darajali iyerarxiyasida birlamchi ehtiyojlarga
insonlarning eng zarur bu – fiziologik va xavfsizlik darajasini belgilab beradi. Biz
bilamiz. Bular biramchi ehtiyojlarga kiradi, chunki insonning eng birinchi zarurati bu
tabiiy zaruratlardir. Boshpana va jisioniy – ruhiy xatarlar esa ikkinchi darajada ko‘rib
chiqiladi.
Shuningdek, ehtiyojlar insonlar hayotida cheksiz hisoblanib, ularning nafaqat
psixologik,
balki ijtimoiy jihatdan, xurmat –ehtirom,mavqe jihatlariga yuqori
darajada bo‘lishini talab etadi. Bu esa, insonlar hayotini, turmush –
tarzini
o‘zgarishini belgilab beradi. Quyidagi rasmda A.Maslouning ehtiyojlar iyerarxiyasi
va ularga tegishli darajalarning ifodalari tasvirlangan (3.6 – rasm).
Ehtiyojlar iyerarxiyasining har bir pog‘onasidagi ifodalarni ko‘rib chiqamiz:
73
1.Fiziologik ehtiyojlar. Ular tiriklik uchun muhim hisoblanib,
insonning
tug‘ma ehtiyojlaridir. Bularga, oziq-ovqatga, suvga, uyquga bo‘lgan ehtiyojlar kiradi.
2.Havsizlik va kelajakka ishonch ehtiyoji o‘z ichiga tashqi muhitdan
yetkazilishi mumkin bo‘lgan jismoniy va ruhiy havf-hatardan himoyada bo‘lishni
nazarda tutadi. Bunga xavfsiz boshpana, hujum qilish tahdidining yo‘qligi va
hokazolar kiradi.
Dostları ilə paylaş: