Taqdirlash. Qiziqish. Maroqli ta ’ lim uslubiy tavsiya



Yüklə 1,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/8
tarix19.12.2023
ölçüsü1,66 Mb.
#151716
1   2   3   4   5   6   7   8
1673524701 Uslubiy tavsiya

 
 
 
 
 
 
 
 


4
 
 
INNOVATSION USLUB HAQIDA 
 
Hozirgi vaqtda umumiy o’rta ta’lim tizimida pedagoglar qarshisida ko’ndalang 
bo’lib turgan yagona muammo o’quvchilarning o’qishga qiziqmasliklarigina emas, 
albatta. Taqdim etilayotgan moddiy taqdirlash metodi o’quvchilarning e’tiborini 
dars jarayoniga jalb etish, ularda motivatsiya uyg’otishga yordam beradi. So’ngra, 
bu yerda yana bir muhim masala – sifatli ta’lim masalasi paydo bo’ladi. 
So’nggi paytlarda “sifatli ta’lim” iborasi tez-tez yangramoqda. Xo’sh, sifatli 
ta’lim degani o’zi nima? Agar, o’tgan 30 yillik davrdan xulosa qilinsa, buni 
o’quvchiga tayyor modda yoki ma’lumotni singdirishning aksi o’laroq tushunish 
mumkin. O’qitishning muayyan “ramka” va standartlari asosidagi an’anaviy ta’lim 
texnologiyalariga zid ravishda, o’quvchilarni erkin va tanqidiy fikrlashga, mustaqil 
xulosa va qarorlar qabul qilishga, ularda ijodkorlik va ixtirochilik qobiliyatlarini 
shakllantirish hamda rivojlantirishga yordam beruvchi innovatsion uslublarni ta’lim 
tizimida joriy qilish ehtiyoji kundan-kunga ortib bormoqda. 
Shu maqsadda men yuqorida zikr qilingan moddiy rag’batlantirish metodikasini, 
hozirgi vaqtda eng samarali deb hisoblanayotgan “Loyiha uslubi” bilan integratsiya 
qildim. Bu ikki uslubni uning maqsadlari va kutilayotgan natijalaridan kelib chiqib, 
bir nom bilan – “Taqdirlash. Qiziqish. Maroqli ta’lim” uslubi, - deb nomladim. 
INNOVATSIYA TARIXI 
 
Shunday qilib, mazkur g’oyani bilim olish uchun o’z motivatsiyasiga ega 
bo’lmagan o’quvchilar o’rtasida tatbiq qilish uchun umumta’lim maktabiga ishga 
qaytishga qaror qildim. Yashash joyim shaharga yaqin bo’lsa-da, men olisroq 
qishloq maktabini tanladim. Chunki, nazarimda, shahar bolalarining aksariyatida 
qo’shimcha maktabdan tashqari bilim olishlari uchun imkoniyatlar yetarli... 
Shu tariqa 2020 yildan boshlab, hozirgi vaqtga qadar Andijon tumani, 
“Bo’taqora” qishlog’ida joylashgan 27-umumiy o’rta ta’lim maktabida rus tili fani 
o’qituvchisi bo’lib ishlab kelyapman. 
Avval boshida aytib o’tilganidek, biologiya, botanika, zoologiya, tibbiyot, tarix, 
chet tillari, fizika, astronomiya va kimyo kabi boshqa fanlarni ham yetarli darajada 
bilganim uchun, rus tilini mazkur fanlar bilan integratsiyalashtirib o’taman. Chunki, 
bu o’z navbatida o’quvchining fikr doirasi, dunyoqarashi va bilimini yanada 
kengaytirishga turtki bo’ladi. 

Yüklə 1,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə