Toshkent farmatsevtika instituti farmakognoziya kafedrasi "botanika" fanidan o



Yüklə 43,03 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə108/139
tarix27.04.2018
ölçüsü43,03 Kb.
#40276
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   139

235 
 
(ksilemaning  har  ikkala  tomoniga  floema  joylashgan,  ya’ni  tashqi  va  ichki 
floema)  va  ochiq  (tashqi  floema  bilan  ksilema  o‘rtasida  kambiy  bor)  bog‘lam 
bo‘ladi.  
2  –  tajriba:  -  Makkajo‘xori  poyasidan  ko‘ndalangiga  kesib  preparat  tayyorlanadi.  qilinadigan 
ishlar  oshqovoq  poyasidagiga  o‘xshash  bajariladi.  Poya  tashqi  tomonidan 
epidermis bilan qoplangan. Epidermis tagida qizil rangga bo‘yalgan sklerenxima 
halqasi joylashgan. So‘ngra hamma tomoni  asosiy to‘qima bilan o‘ralgan holda 
joylashgan  o‘tkazuvchi  to‘qima  bog‘lamlari  ko‘rinadi.  O‘tkazuvchi  to‘qima 
bog‘lamlari sinchiklab ko‘riladi. U kollateral (ksilemaning bir tomoniga floema 
joylashgan) va ochiq  (floema bilan ksilema o‘rtasida kambiy bo‘ladi)  bog‘lam 
ekanligi ani?lanadi.  
3-  tajriba:  -  Kungaboharning  uzunasiga  kesilgan  tayyor  preparatidan  foydalaniladi. 
Mikroskopning  kichik  ob’ektivida  qizil  rangga  bo‘yalgan  suv  naylar  va 
traxeidlar  ko‘riladi.  Eng  yirik  suv  naylaridan  to‘rsimon,  teshiksimon, 
halqasimon,  narvonsimon  suv  naylari  hamda  sklerenxima  va  elaksimon  naylar 
mikroskop ostida ko‘riladi.  
4  –  tajriba:  -  Makkajo‘xori  poyasining  uzunasiga  kesilgan  tayyor  preparati  mikroskop  ostida 
ko‘riladi.  SHu  bilan  birga  osh?ovo?ning  uzunasiga  kesilgan  poyasi  bilan 
taqqoslanadi.Makkajo‘xori poyasida suv naylari bor yo‘g‘ligi aniqlanadi.  
5 – tajriba: - Orlyak paporotnigining ildizpoyasidan kesilgan tayyor preparatidan foydalaniladi. 
Bu  preparatdan  kontsentrik  holda  joylashgan  o‘tkazuvchi  to‘qima  bog‘lamlari 
ko‘riladi.  YUqorida  ko‘rsatilgan  preparatlarni  o‘rganish  davrida  to‘qimalarni 
joylanishi hamda alohida o‘tkazuvchi to‘qima bog‘lamlari rasmi chiziladi.  
6  –  tajriba:  -  Tayyor  preparat:  gulsafsar  ildizining  ko‘ndalang  kesimi.  Radial  o‘tkazuvchi 
to‘qima bog‘lamiga ahamiyat bering.  
 
Topshiriqlar:  -  Ksilema  va  uning  elementlari,  floema  va  uning  elementlari.    O‘tkazuvchi 
to‘qima  bog‘lamlarini,  to‘qimalarni  ildizpoyalarda  joylanishini  chizib 
oling.  
Laboratoriya mashg‘ulot-– 8 
Mavzu: “Asosiy va ajratuvchi to‘qimalar” 
1. Darsning vazifasi:  
 
Asosiy  va  ajratuvchi  to‘qimalarning  tuzilishi,  organlarda  joylashuvi,  ayrim 
o‘simliklarda  o‘ziga  xos  bezlar  uchrashi  va  ularda  to‘planadigan  moddalar  haqida  tushuncha 
berish.  
 
O‘simlik organlarining ko‘pchilik qismi yirik, hujayra po‘sti yupqa, modda almashinuvi 
jarayonida faol ishtirok etadilar.Bu hujayralar asosan birlamchi va ikkilamchi meristemalardan 
hosil bo‘ladi va asosiy to‘qimalar deb ataladi.Asosiy to‘qimalar bir necha guruhga bo‘linadi:   
Assimlyatsion  to‘qima  (xlorenxima)  -  Xlorofill  donachalari  ko‘p  bo‘lgan  to‘qima 
assimilyatsion to‘qima (xlorenxima) deb ataladi. Bu to‘qima asosan barglarda, gullarda, yashil 
mevalarda  va  o‘t  o‘simliklarning  poyalarida  uchraydi.  To‘qimaning  asosiy  vazifasi  – 
fotosintez.   


236 
 
  G‘amlovchi  to‘qima-  Fotosintez  natijasida  hosil  bo‘lgan  moddalar  oziq  modda  sifatida 
to‘planishi mumkin. Bunday to‘qima urug‘li o‘simliklarning hamma organlarida bor. Kraxmal, 
aleyron donachalari, yog‘ moddalar guruxiga kirib, ular g‘amlovchi parenxima hujayralarining 
sitoplazmasida saqlanadi. 
 SHamollatuvchi  to‘qima.(aerenxima)  -  hujayralararo  bo‘shliqlari  ko‘p  va  keng  bo‘lgan 
parenximaga  aerenxima  deb  ataladi.  Aerenxima  o‘simlikning  qamma  havo,  ya’ni  nafas  olish 
uchun  kerak  bo‘lgan  kislorodni  etkazib  beradi.  Aerenxima  suvda  va  botqoqlikda  o‘sadigan 
o‘simliklarning  poya,  barg  va  ildizlarida  yaxshi  rivojlanadi.  Parenximaning  asosiy  vazifasi 
assimilyatsion to‘qimalarni kislorod bilan taminlashdir. 
So‘ruvchi  to‘qima  -  Bu  to‘qima  o‘simlik    hayotida  katta  rol’  o‘ynaydi.  So‘ruvchi  to‘qima 
ildizning  so‘rish  zonasida  joylashgan  bo‘lib,  u  ildiz  tuklari  va  po‘stloqning  yosh  parenxima 
hujayralaridan iborat.  
Vellamen - Ko‘p qavatli suv shimuvchi ilma-teshik o‘lik hujayralardan tashkil topgan bo‘lib, 
epifitlarning  havo  ildizlarida  uchraydi.  Bunga  misol  qilib,  solabdoshlar,  kuchaladoshlar 
oilasidagi o‘simliklarning havo ildizlarini olish mumkin. 
Ajratuvchi to‘qimalar 
Moddalar  almashinuvi  jarayonida  o‘simliklar  o‘zidan  har  xil  moddalarni  ajratib  chiharadi. 
Ajratuvchi to‘qimaning ikki turi: ichki va tashi sekretsiya to‘qimalari mavjud. Ichki sekretsiya 
to‘qimalariga  sxizogen  va  lizigen  yo‘llar  deb  ataluvchi  to‘qimalar,  maxsus  idioblastlar  va 
qismlarga ajralgan murakkab sut naychalari yoki sutdonlar kiradi. Bu to‘qimalarda ko‘pincha 
oshlovchi  moddalar,  smolalar,  efir  moylari  va  kristallar  to‘planadi.  Sut  naychalari  o‘simliklar 
tanasida tarmoqlanib ketgan kanallar sistemasidan iborat. Ular ayrim parenxima hujayralardan 
yoki  bir  qancha  hujayralarning  birlashib  ketishidan  hosil  bo‘ladi.  Sut  naychalari  doimo  tirik 
bo‘lib, unda kauchuk,  smola tomchilari, kraxmal donachalari va alkaloidlar mavjud. Sutsimon 
shira ko‘knori, sachratqi, qoqi o‘ti kabi o‘simlik organlarida uchraydi.  
 Murakkab  yoki  qismlarga  ajralgan  sutdonlar  murtak  rivojlanayotgan  paytda  gipokotilda  va 
urug‘  pallarida  hosil  bo‘la  boshlaydi.  Apikal  meristemaning  differentsiatsiyalanishi  natijasida 
yangi  sutdon  yo‘llar  hosil  bo‘ladi,  keyinchalik  ular  birlamchi  sutdon  yo‘llari  bilan  qo‘shilib, 
umumiy murakkab sutdon yo‘llari sistemasini tashkil qiladi. Astraguldoshlar, ko‘knoridoshlar 
oilasiga mansub o‘simliklarda bu qildagi sutdon uchratiladi. 
Oddiy  yoki  qismlarga  ajralmagan  sutdon  yo‘llari  murtakdagi  boshlang‘ich  ildizga  va  urug‘ 
palla  o‘rtasida  joylashgan  bitta  yoki  bir  necha  xil  xujayralarning  kengayib  rivojlanishi 
natijasida  paydo  bo‘ladi.  Bunday  sutdonlarning  ba’zilari  tarmoqlanmasdan  silindrsimon 
ko‘rinishni  oladi.  Chayon  o‘ti  va  nashada  sutdonlar  kuchli  tarmoqlangan,  ya’ni  ular  o‘simlik 
tanasi bo‘ylab tarqalgandir. 
Sxizogen va lizigen bo‘shliqlar. 
Sxizogen  yo‘llar  to‘qimalardagi  hujayralararo    bo‘shliqlarning  kengayishi  natijasida  hosil 
bo‘ladi.  Bu  xildagi  bo‘shliqlar  suv  o‘tlaridan  laminariyada  uchraydi.  Lizigen  bo‘shliqlarning 
kelib  chiqishi  biroz  boshqacharoq  ular  to‘qimalardagi  guruh  hujayralarning  erib  ketishi 
natijasida  hosil  bo‘ladi.  Bunday  bo‘shliqlar  sitrus  o‘simliklarida,  qarag‘aylarda  esa  smola 
yo‘llari shaklida ko‘rinadi.  
Organlarda smola yo‘llari vertikal va gorizantal joylashgan bo‘lishi mumkin. 
4. Metod –  Vertushka 
Vertushka metodi 
 
Bu  treningda  3  ta  yoki  5  ta  guruhga  material  tar?atiladi  va  har  bir  guruh  yakka  holda 
belgilaydi. Keyin bu material guruhlarga aralashtirib beriladi, yana belgilanadi, 3 yoki 5 marta 
aylangandan keyin o‘qituvchi va talabalar bilan umumiy to‘g‘ri javob o‘rtoqlashiladi.  


Yüklə 43,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə