101
bakteriyalarniki 200 martadan ko‘p. Nafas olish protsessiga havodagi O
2
va H
2
O larning
miqdoriga bog‘liq.
Harorat 10°ga ko‘tarilsa o‘simliklarning nafas olishi 2 marta kuchayadi. Ammo bu
kuchayishi 40°-50°gacha boradi. 50° darajadan yuqorida nafas olish protsessi susayadi. Ba’zi
o‘simliklar qishda nafas olishni davom ettiradi. Masalan: lishayniklar 10°da ham nafas oladi.
Daraxtlarning kurtaklari hamda archa va qaragayning ignasimon barglari 20°-25°da ham nafas
olishni davom ettiradi. Urug‘lar quruqlikda juda sust nafas oladi. CHunki uning tarkibida 10-
15% H
2
O bor. Una boshlagan urug‘larda nafas olish 10.000 marta kuchayadi.Una boshlagan
urug‘larda 30% H
2
O bor. Nafas olish o‘simliklarning yoshiga ham bog‘liq. Nafas olish yosh
organda tez, qari organda sustroq bo‘ladi. Ba’zi o‘simliklar masalan, ba’zi bakteriya va
zamburug‘lar O
2
siz ham yashay oladi. O
2
bilan yashovchi o‘simliklar aerob o‘simliklar
deyiladi. Kislorodsiz yashovchilarni anaerob o‘simliklar deyiladi. O
2
bilan nafas olishi
oksidaza fermenti, kislorodsiz nafas olish esa zimaza fermenti ta’sirida bo‘ladi. YA’ni aerob
o‘simliklar oksidaza fermenti ishtirokida, anaerob o‘simliklar zimaza fermenti ishtirokida
nafas oladi.
Aerob O
2
bilan nafas olishning reaktsiyasi:
S
b
N
12
O
b
+6O
2
—oksidaza→ SO
2
+ 6 N
2
O + 674 kkal.
Anaerob O
2
siz nafas olish reaktsiyasi:
S
b
N 12 O
b
—zimaza→2SO
2
+ 2S
2
N
5
ON + 25 kkal.
O
2
bilan nafas olishda oziqli modda to‘liq parchalanadi. SHuning uchun ham 1g
molekula shakar hosil bo‘lishida ketgan energiyaning hammasi ajralib chiqadi.
O
2
siz nafas olishda oziqli modda qisman parchalanadi. SHakar etil spirtiga aylanadi.
SHuning uchun energiya qisman (25 kkal) ajraladi. Energiya spirt tarkibida qoladi.
Assimilyatsion va dissimilyatsion protsessining qarama-qarshiligi quyidagilardan
iborat:
1.Assimilyatsiyada o‘simliklar CO
2
yutib, O
2
ni chik,aradi. Dissimilyatsiyada usimliklar
O
2
ni yutib, CO
2
ni chiqaradi. 2.Assimilyatsiyada oddiy anorganik moddalardan murakkab
organik moddalar tuziladi.
Dissimilyatsiyada esa murakkab organik moddalar anorganik moddalarga
parchalanadi.
3.Assimilyatsiya natijasida organizm og‘irlashadi. Dissimilyatsiya natijasida organizm
engillashadi.
4.Assimilyatsiya faqat xlorofill bor hujayralarda bo‘ladi. Dissimilyatsiya protsessi
hamma tirik hujayralarda bo‘ladi. 5.Assimilyatsiya faqat
quyosh bor vaqtda, dissimilyatsiya esa
hamma vaqtda bo‘lib turadi.
6.Assimilyatsiyada energiya to‘planadi. Dissimlyatsiyada energiya sarflanadi.
Bu qarama-qarshi protsesslar har bir organizmda bo‘lib turadi. Ularning birligi ham
bor. Birligi shundan iboratki, tirik organizmning yashashi, o‘sishi, taraqqiy etishidir. Bu 2
protsess to‘xtasa, organizm halok bo‘ladi.
TRANSPIRATSIYA (Suv bug‘latish)
O‘simliklar suvni erdan juda ko‘p miqdorda oladi. Ammo olingan suvlarning 99,8%ini
havoga bug‘latib chiqaradi. Faqat 0,2% o‘simlik hujayrasida qoladi.
O‘simliklar tezda ayniqsa tun vaqtida suvni ko‘p bug‘latadi. Buning natijasida
o‘simliklarning harorati 1°-4°-6° pasayadi. Natijada o‘simliklar o‘zini issiqdan saqlab qoladi.
Bir tup suli hayoti davomida 6,8 kg suv parlatadi.
Jo‘xori 150kg, kungaboqar 200 kg, 1 ga erdagi suli 3.200000 kg (3200 tonna) suv parlatadi.
15
1.
15
Рейвн П., Эверт Р., Айкхорн С. Современная ботаника. Т. 1-2. – М.: «Мир»,
1990.
102
O‘simliklarni ko‘payishi. O‘sishi va uning qonuniyatlari.
1.O‘simliklarni ko‘payishi.
2.O‘simliklarni vegetativ ko‘payishi.
3.Tabiiy vegetativ ko‘payish.
4.Ildizpoya,
tuganak poya, piyozboshi va boshqalar - maxsus
organlar orqali ko‘payish.
5.Su’niy vegetativ ko‘payish - qalamcha qilish, payvandlash.
Michurin ishlari.
6.Jinssiz ko‘payish va uning xarakteristikasi.
7.Jinsli ko‘payish. Gameta va zigota. Izogamiya. Geterogamiya. Oogamiya.
8.Jinssiz va jinsli ko‘payishning gallanishi.
9.O‘simliklarni o‘sishi. Ichki va tashqi faktorlarni ta’siri. O‘stiruvchi moddalar. O‘stiruvchi
harakatlar.
-geotropizm
-fototropizm
-magnitotropizm.
O‘simliklarni ko‘payishi.
O‘simliklar jinsli, jinssiz va vegetativ yo‘llar bilan ko‘payadi.
Vegetativ ko‘payish ikkiga bo‘linadi:
1.Tabiiy vegetativ ko‘payish (ildiz poya,
tuganak poya, piyozcha)
2.Sun’iy vegetativ ko‘payish (qalamcha, parxesh, payvandlash).
O‘simliklarni ko‘payishini CH.Davrin tekshirgan, keyinchalik N.I.Vavilov tomonidan
o‘rganilgan. O‘simliklarni ko‘payishi uzoq, evolyutsion yo‘lni bosib o‘tgan va natijada
maxsus ko‘paytiruvchi organlar paydo bo‘lgan.
Ildizpoya yordamida ko‘payshi.
-Banan, bambuk, shakarqamish, iris, reven, landish, yalpiz, sparja va boshqalar. Bo‘yimodaron,
dala qirqbo‘g‘imini ildizpoyasi 10-15sm, saxamil grechixasiniki 150-300sm.
Tuganak poya orqali ko‘paiyishi.
Kelib chiqishiga ko‘ra tugunak
1)tuganak poya (kartoshka, begoniya, siklamen ernok) va
2)ildiz tuganagi (georgina ildiz tuganagi) bo‘ladi.
Tuganak poyada ko‘zchalari bo‘ladi. Ildiz tuganagida zapas oziqa moddalar bo‘ladi. Vegetativ
ko‘payishda ildiz tuganagini ildiz bo‘yinchasida kurtaklar hosil qilib ko‘payadi.
Piyozboshi bilan ko‘payish.
Piyozboshi - poya metamorfozidir.
-lola
-liliya
-sarimsoq piyoz
-narsiss
Sudralib o‘suvchi poya orqali ko‘payish.
-qulupnay
-barvinok(vinka)
-malina
-ejevika.
Maxsus organlarsiz vegetativ kupayish.
-qalamcha
-parxesh
Parxesh qilib ko‘paytirish.