109
bog‘liqdir. Demak, o‘simlikning o‘sishiga va rivojlanishiga yorug‘lik va qorong‘ilik
to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir etadi. SHunga qarab turib biz o‘simliklarni qisqa kunli va uzun kunli
o‘simliklarga bo‘lamiz va shu bilan birga neytral o‘simliklar (uzun kunda ham, qisqa kunda
ham rivojlanish protsessi sodir bo‘ladi) ham bor. Kuzda yorug‘lik tushishining kamayishi
natijasida o‘simlikda maxsus ingibitorlar hosil bo‘ladi. Kurtaklarda kislota va fenol birikmalari
hosil bo‘lib, ular o sish protsessini sekinlashtiradi. Bu moddalarning yo‘qolishi o‘simlik
o‘sishini tezlatadi. SHu bilan birga hujayralardagi yog‘simon moddalar o‘simlikni sovuq
urishidan saqlab sovuqqa chidamliligini oshiradi.
Rivojlanish protsessiga ta’sir etuvchi omillar.
Rivojlanish protsessi o‘simlikning vegetativ organlari o‘sgandan so‘ng generativ organlari
hosil bo‘lishi bilan bog‘liq. Rivojlanishga to‘g‘ridan-to‘g‘ri 2 ta faktor ta’sir etishi mumkin.
Ulardan biri temperatura va ikkinchisi yorug‘likdir. Rivojlanishning temperaturaga
bog‘liqligini
yarovizatsiya deyiladi. Bunda o‘simlik urug‘lari yoki vegetativ organlari ma’lum
temperaturada ma’lum muddat ushlab turilishi kerak. O‘simlik urug‘larida buni
tinim davri
deyiladi. Mana bu tinim davri turli o‘simliklarda turlicha vaqtni egallaydi. Masalan: ba’zan
o‘simliklarda bir necha kun bo‘lsa, boshqa o‘simliklarda bu bir necha oy yillarni tashkil qiladi.
Tinim davrida turgan o‘simliklarni ekologik faktorlar orqali uyg‘otish yoki ko‘kartirish
mumkin. Ayrim o‘simliklarda urug‘ po‘sti qalinlashib unish xususiyatini uzoq vaqtgacha
saqlab qolishi mumkin. Ular tashqaridan ta’sir bo‘lgandagina ko‘karib chiqishi mumkin. Bu
narsa o‘simlik urug‘ining uzoq muddat saqlanganda turlarning saqlanib qolishiga yordam
beradi.
Rivojlanish
Gulli o‘simlikka chang onalik tugunchasiga tushgandan so‘ng otalanish protsessi sodir
bo‘ladi. SHundan so‘ng zigota hosil bo‘ladi. Mana shu zigota hosil bo‘lgandan so‘ng
o‘simlikning o‘sib, gullab va yana zigota hosil bo‘lgungacha o‘tgan vaqtga o‘simlikning
ontogenezi deyiladi.
Har bir o‘simlik o‘z ontogenez davrida o‘sish va rivojlanish xususiyatiga ega bo‘ladi. Bu 2
xususiyat bir-biriga bog‘liq, aloqador va shu bilan birga biri ikkinchisiz sodir bo‘lmaydigan
protsessdir.
O‘simlikni o‘sishiga o‘stirish garmonlari ta’sir qiladi. O‘simlik hujayralarini va organlarini
o‘sishini ta’minlovchi moddalarni
garmonlar deb ataladi. Garmonlar o‘simlik organizmida
hosil bo‘ladi. Bunday garmonlarni
fitogarmonlar deb ataladi. Garmonlar o‘simlikni o‘sishini,
rivojlanishini va shu bilan birga o‘simlikni sharoitga moslashishini ta’minlaydi.
Fitogarmonlarning 4 turi ma’lum:
1.
Auksinlar - indolilsirka kislota
2.
Gerberellinlar
3.
Kininlar
4.
O‘stiruvchi ingibitorlar.
Yuqorida ko‘rsatilgan o‘stiruvchi moddalar bilan ishlangan o‘simlik organlari intensiv -
tezroq
ko‘ karadi.
Ularda
ildizlar chiqishi tezlashadi. SHuning uchun ham ko‘pchilik qalamchalar auksinlar bilan
ishlanadi.
Ba’zi auksinlar o‘simlik gullaganda ishlatiladi, bunda o‘simlik urug‘i etilmaydi, urug‘ hosil
bo‘lmaydi. Aks holda etli meva etilishi mumkin. Lekin mevada shakar moddalar yuqori
protsentda bo‘ladi. Ayrim kimyoviy birikmalar o‘simlik urug‘ini unishini tezlatadi
Nazorat savollari
110
1.
Bargda qanday fiziologik protsesslar bo‘ladi?
2.
Fotosintez protsessini yoritishda K.A. Timiryazev ishlari?
3.
O‘simliklarda transpiratsiya protsessi qanday boradi?
4.
O‘simliklar qanday yo‘l bilan ko‘payadi?
5.
O‘simliklarni o‘sishiga ta’sir qiladigan qanday omillarni bilasiz?
6.
Tuban sporali o‘simliklarda jinsli ko‘payish qanday bo‘ladi?
7.
O‘simliklarni qanday vegetativ ko‘payish usullari bor?
8.
O‘simlik organlarining o‘sish yo‘nalishlari qanday bo‘ladi?
9.
O‘simliklarni o‘sishiga ta’sir qiladigan qanday garmonlar bor?
Foydalaniladigan asosiy darsliklar va o‘quv
qo‘llanmalar ro‘yxati
1.
Яковлев Г. П., Челомбитько В.A. Ботаника. – M.: “Высшая школа” , 2001.-230 c.
2.
Mustafaev S.M., Ahmedov O‘.A. Botanika. – T.: O‘zbekiston, 2005.- 435 b.
3.
Mustafaev S.M., Ahmedov O‘.A., Samatova SH. O‘simliklar sistematikasidan
amaliy mashg‘ulotlar. – T.: “YUNAKS-PRINT” MCHJ bosmaxonasi, 2007.- 127 b.
4.
Ahmedov O‘.A., Yulchieva M.T. Botanika fanidan elaktron darslik.-T.: 2008.
5.
Pharmaceutikal Botany, a Text-Books for students of pharmacy and science. Published
by forgotten books, 2013. –
6.
V. Ch. Evans Farmakognoziya. –Xalqaro nashr: Edinburg, London Nyu– York,
Filadelfiya, Sidney, Toronto (16 nashr).- Saunders
Elsevier Limited, 2009.
7.
Hamidov A., Nabiev M.M. “O‘zbekiston o‘simliklarini aniqlagichi”.-T.: 1987.-235 b.
8.
Василев A.E. “Морфология, анатомия растений”. – M.: Изд-вo “ Высшая школа
”, 1988. -435 c.
9.
Xolmatov X.X., Karimova S.U., Ahmedov O‘.A. va boshqalar. Dorivor
o‘simliklarning lotincha-o‘zbekcha-ruscha-arabcha va forscha-tojikcha lug‘ati.-T.:
X.F. “Nizim” bosmaxonasi, 2004. – 239 b.
10.
Berezovskaya T.P., Dmitruk S.E., Grishinna e.I., Belousov M.V. Osnovы
farmatsevticheskoy botaniki. – Tomsk: Pechatnaya manifaktura, 2004.-294 s.
11.
Xolmatov X.X., Ahmedov O‘. A. Farmakognoziya. 1-2 qism. – T.: “Ibn Sino”
nashiryoti, 2007.- 806 b.
12.
Рейвн П., Эверт Р., Айкхорн С. Современная ботаника. Т. 1-2. – М.: «Мир», 1990.
Ma’ruza - 8
O‘simliklar sistematikasi. Tuban o‘simliklarga
Xarakteristika. Bakteriyalar tuzilishi
Ma’ruzaning
maqsadi:
O‘simliklar
sistematikasi
tarixi,K.Linney,Engler
sistemasi.Tuban o‘simliklar xaqida tushuncha berish. Bakteriyalarning tuzilishi.
Reja
1. o‘simliklar sistematikasi nimani o‘rgatadi.
2. o‘simliklar sistematikasi tarixi.
3. K.Linney sistemasi.
4. Engler sistemasi.
5. Tuban o‘simliklarga xarakteristika.