111
Tayanch iboralar: Tuban o‘simliklarning umumiy hususiyati. Suv o‘tlarining tuzilishi,
nomlanishi, pigmentlari. O‘simliklarning kelib chi?ishi. Bakteriyalar, haqiqiy suv o‘tlari va
yuksak o‘simliklar. qizil va haqiqiy suv o‘tlari. Suv o‘tlarining asosiy sinflari: qizil, diatom,
qo‘ng‘ir, yashil suv o‘tlari. Suv o‘tlarining kelib chiqishi, tanalarining tuzilishi, turlari va
evolyutsiyasi. Xloroplast va perenoid xususiyatlari. Evolyutsiyada jinsli jarayonning turlari.
O‘SIMLIKLAR SISTEMATIKASI
Sistematika bu o‘simliklarni tuzilishi jixatidan bir-biriga yaqinligini aniqlab, gruppaga
ajratadi. o‘simliklar er yuzida eramizdan 1700 yil ilgari paydo bo‘lgan. Er yuzida 500.000
xil o‘simlik bor. Yovvoyi o‘simliklarning turi 350000, shulardan 200.000 gulli
o‘simliklar, 150.000 gullamay-digan sporali o‘simliklar. MDX florasida 18.000 xil o‘simlik
borligi aniqlandi. o‘simliklarga ayniqsa Kavkaz va o‘rta Osiyo boydir. o‘rta Osiyo va Kavkaz
florasida 7000 o‘simlik turi uchraydi. Botanikaning sistematika va morfologiya qismi
qadimgi zamonlardan beri tekshirilib kelingan. Misrda bizning eramizdan 3000 yil ilgari
uzumchilik taraqqiy eta boshlagan. Misrda dorivor o‘simliklarni ekish boshqa mamlakatlarga
nisbatan oldin boshlangan. Bu erda bizning eramizdan 2000 yil ilgari kanakunjut-Ricinus
comunis.
Bizning davrimizgacha saqlanib qolgan qadimgi zamon o‘simliklari xaqidagi ma’lumotlarni
grek adabiyotlarida uchratish mumkin. o‘sha vaqtda grek olimlaridan Gippokrat, Aristotel,
Dioskarid. Gippokrat bizning eramizdan 460-377 yillar ilgari 236 xil dorivor o‘simliklarni
tasvirlagan. Aristotel va uning shogirdi Teofrast bizning eramizdan 4 asr oldin ko‘pgina
o‘simlik turlarini yozib, ularning foydali xususiyatlarini aniqlaganlar, qamda o‘simliklarning 1
pallali va 2 pallali bo‘lishini ko‘rsatganlar. Teofrast botanikaning otasi xisoblanadi. CHunki
uning yozgan kitoblaridan 15 tasi shu fanga baqishlangan. Dioskarid bizning eramizning 1
asrida yashagan. o‘zining mashxur"Materia Medica "degan kitobida ko‘p dorivor o‘simliklarni
rasmlari bilan tasvirlagan. qadimgi Rimning o‘simliklar bilan shuo‘ullanganlaridan Pliney
Starshiydir. Dioskarid va Pliney Starshiy gullaydigan va gullamaydigan o‘simliklarni
aniqlab, ularga lotincha nom bera boshlaganlar. Mas:Achillea, Adonis va boshqalar. o‘adimgi
zamonlarda dorivor o‘simliklar soqasida yozilgan xind kitoblaridan eng aqamiyatlisi "
Yadjur veda" qisoblanadi. Bu kitobda ko‘rsatilgan dorivor o‘simliklar xozir qam o‘z
qimmatini yo‘qotgan emas. Xitoyda o‘simliklar xaqida Xon-shen-nun bizning eramizdan 3000
yil ilgari "Bentsao"degan kitob yozgan. o‘rta asrlarda o‘tgan olimlardan butun dunyoga
mashxur bo‘lgan atoqli vrach Abu Ali Ibn Sino qisoblanadi o‘980-1037).
Avitsenna Buxoroga yaqin joydagi qishloqda tuqilgan. 1020 yilda "Alqonunfit Tib"deb
atalgan 5 tomli kitob yozgan. Petr 1 1724 yilda Rossiyada fanlar Akademiyasini ochish
to‘qrisida buyruq chiqardi. U fanlar akademiyasi oldiga Rossiya florasini tekshirish
vazifasini qo‘yadi. SHu maqsadda bir qancha ekspeditsiyalar tashkil etiladi. Ekspeditsiya
qatnashchisi akademik Pallas "Flora Rossica" degan kitob yozgan.
18 asrning boshlarida shved olimi Karl Linneyo‘1707-1778) o‘simliklarning sistematikasini
tuzadi. U 1000 ga yaqin o‘simliklarni morfologik terminlarini ishlab chiqaradi. K.Linney
"o‘simliklarning turlari:degan asarida 10.000 xil o‘simlik turini tasvirlab ularni 1000 ta
avlodga, bu avlodni 116
tartibga, tartibni esa 24 sinfga bo‘lib chiqadi.
TUR -VID 10.000
AVLOD- ROD 1000
TARTIB - PORYADOK 116
SINF - KLASS 24
Shulardan 23 sinfga gullaydigan o‘simliklarni, 1ta sinfga esa, gullamaydigan o‘simliklarni
kiritadi. Gullamaydigan o‘simliklarga suv o‘tlarini, zamburuqlarni, moxlarni va
qirqquloqsimonlarni kiritadi. K. Lin
112
ney gullaydigan o‘simliklarni "jinsiy urchishi anio‘langan" o‘YAvnobrachno`e),
gullamaydigan o‘simliklarni "jinsi ma’lum emas"o‘Taynobrachno`e)deb ataydi. K. Linney qar
bir o‘simlikni 2 nom bilan atalishini kiritadi.
"Binarnaya nomenklatura"deyiladi.Bunda oldin avlod, so‘ngra tur nomi yoziladi. Avlod
nomini ot, tur nomini sifat qilib olinadi. Mas:paxtaning avlodi, Gossypium Amerika paxtasi.-
Gossypium hirsutum, Misr paxtasi -Gossypium barbadense
Oq tut- Morus alba
qora tut- Morus nigra
qizil tut- Morus rubra
K.Linney sistemasi sun’iy sistema qisoblanadi. CHunki Linney o‘simliklarning kelib
chiqishini, bir-biriga yaqinligini va rivojlanishini qisobga olmagan. Linney idealist olim
bo‘lgan. Uning fikricha o‘simliklar va xayvonlar o‘zgarmaydi, ular bir vaqtda yaratilgan. Biz
turni shunday tushunamizki,tur bir qancha individlardan iborat bo‘lib, tashqi sharoit
ta’sirida, odam vositasida, ichki protsesslar natijasida o‘zgarib rivojlanib turadi. Tur
o‘zgarishi mumkin. K. Linneyning o‘simliklarni gruppaga bo‘lib tekshirishga qozir o‘zgartirish
kiritilgan:
1. Tur - vid- Specis
eng kichik -Sub species
2. Avlod - rod- genus
3.
Oila - simeystvo- Familia
4. Tartib - poryadok- Ordo
5.
Sinf - klass- clasis
6. Tip - tip- tipus
7. Bo‘lim - otdel-
divisio
Ba’zan tur yana kichik turlarga bo‘linadi. Kichik turni -Sub species deyiladi. Tabiiy
sistemani 1-marta 1841 yil Peterburg akademiyasining professori Goryaninov tuzgan. Bu
o‘simliklarni 4 gruppaga bo‘lgan. 1-gruppasida sporali o‘simliklar, lishayniklar, moxlar,
qirqquloqsimonlar va boshqalar. 2 gruppasiga "soxta uruqlilar"-igna barglilar, qaraqay, archa.
3-gruppasiga "qalla donli o‘simliklar, ya’ni bir pallali o‘simliklar. 4-gruppasiga-" qaqiqiy
uruqli o‘simliklar"- 2 pallalilar gruppasi.
16
Suv o‘tlari, zamburuqlarni esa, o‘ayvonot va o‘simliklar dunyosi oraliqidagi organizm deb
qisoblaydi. Tabiiy filogenetik sistemani o‘simliklarning rivojlanishiga asoslanib, rus
olimlaridan Varshava Universitetining professorlaridan Belyaev, Moskva Universitetining
professori Gorojankinlar tuzgan. Ular sistemani tuzishda uruqli o‘simliklar sporali
o‘simliklardan paydo bo‘lishiga asolanganlar. Ular o‘z sistemasini buyuk ingliz olimi CHarlz
Darvin nazariyasiga asoslanib tuzganlar. Darvinning 1859 yilda "Turlarning tabiiy saralanish
natijasida kelib chiqishi"degan asari bosilib chiqadi. Bu asarida Darvin o‘simlik va qayvon
turlarining er yuzida paydo bo‘lishi va rivojlanishini ko‘rsatadi. Darvin materialist olim
bo‘lgan. Darvin 3 faktorga asos-lanadi:
1.IRSIYAT-nasledstvennost
2.O‘ZGARUVCHANLIK-izmenchivost
3.Tabiiy saralanish estetstvenno`y stbor.
1897 yilda Gorojankinning tuzgan "tabiiy filogenetik sistemasi bo‘yicha o‘simliklar sistemasini
3 ta bo‘lim,7 ta sinfga bo‘lgan.
1-bo‘lim. -Tuban sporali o‘simliklar - Oodoniata
Bu bo‘limga 2 ta sinf kiradi a) Aldae -suv o‘tlari
b) Fungi -zamburuqlar - Mucophita
2-bo‘lim-Yuqori sporali o‘simliklar- Archimycetes
Bu bo‘limga 3 ta sinf kiradi a)Moxlar - Bryophyta
1.
16
Mustafaev S.M., Ahmedov O‘.A., Samatova SH. O‘simliklar sistematikasidan
amaliy mashg‘ulotlar. – T.: “YUNAKS-PRINT” MCHJ bosmaxonasi, 2007.- 127 b.