Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti yaxshimbekova sayyora kamalovna



Yüklə 0,79 Mb.
səhifə12/34
tarix18.07.2023
ölçüsü0,79 Mb.
#119680
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   34
Магистрлик ИШИ охирги

Birinchidan, «stress» tushunchasi ma’nosidan insonda qo’zg’alish yoki zo’riqishni keltirib chiqarishi mumkin bo’lgan istalgan tashqi ta’sirlar (voqea-hodisa yoki qo’zg’atuvchilar) tushuniladi. Hozirgi adabiyotlarda shu ma’noda «stressor», «stress-omil» terminlari tez-tez qo’llanilayotgani bejiz emas.
Ikkinchidan, stress insonning sub’ektiv reaksiyasiga aloqo-dorlik ma’nosida qo’llaniladi. Bunda, u insonning ichki ruhiy qo’zg’alishi va zo’riqish holatlarini ifodalaydi; yana bu holat insonda kechadigan hissiyotlar, himoya reaksiyalari va stressogen ta’sirlarni bartaraf etish (coping proessos) ma’nolarida ham talqin qilinadi. Bu jarayonlar funksional tizimning mukammallashuvi va rivojlanishiga, shuningdek ruhiy zo’riqishni keltirib chiqarishga ham olib kelishi mumkin.
Uchinchidan, stress namoyon bo’luvchi talablar yoki zararli ta’sirlarga nisbatan organizmning fiziologik reaksiyasi bo’lishi mumkin. Aynan shu ma’noda G. Sele va V. Kennon «stress» terminini qo’llaganlar. Fiziologik reaksiyaning vazifasi esa, aynan stress «holatini bartaraf etishda ruhiy jarayonlar va xulq-atvor harakatlarining yordamidan iborat»22
Stress haqida yagona va umumiy nazariyaning mavjud emasligibois, uning aniq va yagona ma’nodagi ta’rifi ham mavjud emas.N. X. Rizvi bu sohadagi turli nazariyalarni o’rganib chiqib, quyidagilarni ta’kidlagan:
1) ba’zi hollarda bu tushuncha organizmdagi bezovtalik holatiga tegishliki, individ bu holatni har doim chetlatishga yoki kamaytirishga harakat qiladi. Bu ma’noda «stress» tushunchasi xavotirlanish yoki aversiv asoslar, kuchsiz og’riq va uyg’unlikning buzilishi kabi yoqimsiz holatlardan birmuncha farq qiladi;
2) stress, shuningdek ichki bezovtalik yoki uning kuchayishi orqali namoyon bo’ladigan ruhiy va xulq-atvor reaksiyalari sifatida ham qaraladi. Bunday himoya reaksiyalari yoki indikatorlari emotsional-kognitiv va xulq-atvor kabi turli funksional ko’rinishlarda kuzatiladi;
3) stress fiziologik yoki ijtimoiy muhitdagi xavflivaziyatlarni chetlatish va kamaytirishda qaror qabul qilish, agressiyadan qochishda zarur choralarni qo’llashga olib keluvchivoqea yoki vaziyatlarni aniqlash sifatida qo’llaniladi.
«Stressor» sifatidagi bunday tushunchalar xavf, tahdid, bosim, nizo, frustratsiya va ekstremal vaziyatlarga tegishlidir.
Shunday qilib, stressning aniq ifodasi, ta’rifi mavjud emas, bu muammo yuzasidan turli tadqiqotchilarning urinishlari esa, noaniqliklardan iborat xolos.23
R. Lazarus ham stressning mohiyati haqida turli tasavvurlarni qayd etgan. Biroq uning nazariy modellari ko’pincha bir-biriga mos kelmaydi. «Stress» tushunchasini aniqlashtirishda R. Lazarus ikki asosiy holatni ajratib ko’rsatgan.

Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə