Umumiy o’rta ta’lim maktabi Boshlang’ich sinf o’qituvchisi ning 4-sinflar uchun O’qish



Yüklə 14,91 Mb.
səhifə25/47
tarix20.07.2023
ölçüsü14,91 Mb.
#119723
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   47
O\'qish 4.4

Vaqti

1

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2

O`tgan mavzuni mustahkamlash

5 daqiqa

3

Yangi mavzu bayoni

15 daqiqa

4

Yangi mavzuni mustahkamlash

10 daqiqa

5

O`quvchilarni rag`batlantirish. Darsni yakunlash.

10 daqiqa

6

Uyga vazifa

2 daqiqa

Jami

45 daqiqa

I. Tashkiliy qism:
a) Salomlashish, davomotni aniqlash, tozalikni tekshirish.
b) Manaviyat daqiqasini o’tkazish Kun yangiligi.
d) ingliz tili daqiqasi ; house – uy, big - katta.
II. O’tgan mavzuni mustahkamlash: O’quvchilar bilan savol-javob o’tkaziladi. Dars davomida o’quvchilar rag’batlantirilib baholanadi.
1. Abduqodir Vovaga xat yozayotib, nimalarni xayolidan kechirdi?
2. Abduqodir bilan Vova adashib qolishganida nima uchun baland ovozda gaplashishadi?
III. Yangi mavzu bayoni:
MANGU OLOV
Ravshan Isoqov
Mangu olov — yoniq xotira,
Yuraklardan o‘chmaydi sira.
O‘tar lip-lip ko‘z oldimizdan,
Goho tiniq, gohida xira.
Qadr nima, xotira nima?
Xotirasiz qadr bor, dema.
Shahidlarga el-yurt hurmati,
Ehtiromi, cheksiz himmati.
Jasorating abadiy, o‘g‘lon —
Sof oltinning baland qimmati.
Noming bugun zar varaqlarda,
Har bir yurak, qalb charoqlarda.
Mangu olov so‘nmagay toki,
Qalbimizda sen, ardoqlarda.
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.
1. Mangu olov nimaning ramzi ekanligini ayting.
2. Shoir uni nima uchun «Yuraklardan o‘chmaydi sira» deb ta’riflaydi?
V. O‘quvchilarni rag’batlantirish . Darsni yakunlash: O‘quvchilar darsdagi ishtirokiga ko‘ra belgilangan baholash mezonlari asosida baholanadilar. Baholar o‘quvchilarning kundalik daftarlarida va sinf jurnalida aks ettiriladi. Darsda faol ishtirok etmagan o‘quvchilar bilan ishlanadi.
VI. Uyga vazifa: She’rni ifodali o‘qing va yod oling.
O‘TIBDO‘______ _________________


Sana:__________________________
Mavzu: Askar qaytgan kun. S.Barnoyev
Maqsad: DTS talablari asosida bilim berish. Ongli ifodali sidirja o’qishni o’rgatish.
Ta’limiy: Davlat haqida ma’lumot berish. TK3: o‘zining xato va kamchiliklarini to‘g‘ri tushunish, o‘zini nazorat qilish va xatolarini tuzatishga harakat qilish; o‘qib-o‘rganib borish orqali bilimini oshirib borish.
Tarbiyaviy: O’quvchilarni atrof muhitni kuzatishga, tabiatni asrab – avaylashga o’rgatish.
TK3 yaxshilik va yomonlikni bir-biridan farqlay olish va yaxshi fazilatlarga rioya qilish;
Rivojlantiruvchi: Darsda o’quvchilarning faol ishtirok etishlarini ta’minlash. FK2 xalq og‘zaki ijodi namunalari va boshqa asarlarni bir-biridan farqlay oladi.

Yüklə 14,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə