Umumiy o’rta ta’lim maktabi Boshlang’ich sinf o’qituvchisi ning 4-sinflar uchun O’qish


Jami 45 daqiqa I Tashkiliy qism



Yüklə 14,91 Mb.
səhifə28/47
tarix20.07.2023
ölçüsü14,91 Mb.
#119723
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   47
O\'qish 4.4

Jami

45 daqiqa

I Tashkiliy qism:
a) Salomlashish, davomotni aniqlash, tozalikni tekshirish.
b) Manaviyat daqiqasini o’tkazish Kun yangiligi.
d) ingliz tili daqiqasi ; window - oyna, down – pastga.
II. O’tgan mavzuni mustahkamlash: O’quvchilar bilan savol-javob o’tkaziladi. Dars davomida o’quvchilar rag’batlantirilib baholanadi.
1. Qurbon aka bolalarning urush to‘g‘risidagi savollariga nima uchun «so‘ramanglar» deb qo‘yadi?
2. Qurbon akaning Sarvi xola bilan yolg‘iz qolishganida yig‘lashining sababi nimada deb o‘ylaysiz?
III. Yangi mavzu bayoni:
Muallif haqida: Dilshod Rajab 1964 yilning 7 dekabrida Buxoro viloyatining Shofirkon tumanida ziyoli oilasida tugʻildi. 1982 yil Navoiy nomidagi 4-oʻrta maktabni oltin medal bilan bitirib, Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika instituti (hozirgi universitet) ning oʻzbek tili va adabiyoti fakultetiga oʻqishga kirdi. 1983–1985 yillar harbiy xizmatda boʻlib qaytgach, tahsilni davom ettirdi. 1989 yil oliy dargoh tahsilini tugatib, oʻzi oʻqigan 4-oʻrta maktabda oʻqituvchi boʻlib ishladi. 1990–1993 yillar Nizomiy nomidagi TDPI aspiranturasida oʻqib, “80-yillar oʻzbek bolalar sheʼriyatida poetik mahoratning ayrim m asalalari” mavzusida nomzodlik ishini himoya qildi.
ALINING KUNDALIGI
Dilshod Rajab
Alining yosh bo‘lsa ham yaxshi odati bor. Har kuni taassurotlarini kundalik daftariga yozib boradi. Bugun u bobosi bilan Xotira maydoniga bordi. O‘rtada Motamsa- ro ona haykali, poyida Mangu olov yonmoqda. Bobosi
maydon ayvonidagi temir kitoblardan birini uzoq varaq- ladi. Bir sahifasiga barmog‘ini qo‘ydi. So‘ngra ko‘zoyna- gini taqib, bir nimani pichirlab o‘qidi. Yonidagi o‘rindiq- qa Alini ham o‘tqazib, duoga qo‘l ochdi.
Ali bobosini kuzatib, jim turardi. Bobosi birdan ma’yus tortib, chuqur xo‘rsindi. Ko‘zlarida yosh g‘iltilla- di. Keyin unga yuzlanib: «Urushdan mening otam bilan akam qaytib kelmadi», — dedi. Ali bu holdan g‘alati bo‘lib ketdi. Bobosi uning ahvolini sezib: «Yurt uchun janglarda qurbon bo‘lganlarni eslab, yodini e’zozlash biz tiriklarning burchimiz», — deb qo‘ydi.
Keyin bobo-nabira orqaga qaytishdi. Endi Mustaqillik maydoni boshlanib, chiroyli manzaralar, favvoralar kishi- ga xush kayfiyat bag‘ishlardi. Ayniqsa, Ezgulik arkasi- ga, ko‘kka intilayotgan oppoq laylaklarga qarab ikkovi- ning ham yuzida quvonch porladi.
Qanday yaxshi-ya, — dedi bobosi mamnun en- tikib. — Tinchligimiz, ozodligimiz ramzi bu. Tinchlikning qadriga yetish kerak.
Ular yaxshi kayfiyatda qaytishdi. O‘tgan-ketganlar bo- boga hurmat bilan salom berishdi. Hatto bir notanish yi- git ularni katta yo‘ldan o‘tkazib ham qo‘ydi. Avtobusda bir qiz: «Keling, bobojon», — deb joy bo‘shatdi. Ali ham bobosi kabi bu munosabatlardan juda xursand bo‘ldi.
Uyga kelishgach, bir shodliklariga o‘n shodlik qo‘shildi. Bugungi Xotira va Qadrlash kuni bayrami bi- lan boboni qutlash uchun qarindosh-urug‘lar kelishgan. Ular bir hovli bo‘lib o‘tirishgan ekan. Ko‘p o‘tmay, Ali o‘qiydigan maktabning ham bir guruh bolalari ustozlari boshchiligida sovg‘alar ko‘tarib kelishdi. Alilarning hovli- si to‘yxonaga aylandi go‘yo.
Insonlar bir-birini hurmat-e’zoz qilib, mehr ko‘rsat- sa, qanday soz bo‘larkan. Ali kechki payt odatiga ko‘ra kundaligiga bugungi xulosalarini yozib qo‘ydi: «O‘tmishni, o‘tganlarni xotirlash, tinchlikni, tiriklarni qadrlash kerak».

Yüklə 14,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə
Psixologiya