Xarajatlar tahlili maqsadi, mazmuni va vazifalari O`zgaruvchan va o`zgarmas xarajatlar tahlili


Xarajatlarni umumiy hajmi va ularni asosiy elementlari bo`yicha baholash, tahlil qilish



Yüklə 470,5 Kb.
səhifə3/8
tarix28.11.2023
ölçüsü470,5 Kb.
#135206
1   2   3   4   5   6   7   8
Xarajatlarni umumiy hajmi va ularni asosiy elementlari bo`yicha baholash, tahlil qilish

Ishlab chiqarish xarajatlarining analitik va sintetik hisobida analiz va sintez qoidasiga asoslaniladi. Shu sababli ham “analitika”, “sintetika” so`zlari buxgalteriya hisobining muhim tushunchalariga aylangan. Ularning mazmuniga e`tibor qaratsangiz “analitika” – butunni bo`laklarga bo`lish, “sintetika” bo`laklarni birlashtirish, umumlashtirish ma`nosini anglatadi va bu analitik va sintetik hisobning to`liq mazmunini ifoda etadi.


Xarajatlarni umumiy hajmda o`rganish moliyaviy hisob obyektiga kiradi. Uning birlik elementlari, kalkulyatsiya moddalari bo`yicha o`rganish boshqaruv hisobi obyektiga kiradi.
Xarajatlarning umumiy hajmi bo`yicha o`rganishda quyidagi muhim jihatlarga ahamiyat qaratiladi:
- jami xarajatlarning umumiy o`zgarishlari tahliliga;
- jami xarajat o`zgarishiga ta`sir etuvchi omillar tahliliga;
- bir so`mlik ishlab chiqarilgan, sotilgan mahsulotga to`g`ri keladigan xarajat tahliliga.
Jami xarajatlarning umumiy o`zgarishi rejaga va o`tgan yillarga nisbatan mutlaq va nisbiy o`zgarishlarni aniqlash orqali baholanadi.
Jami ishlab chiqarish xarajatlarining o`zgarishiga ta`sir etuvchi omillar sifatida doimiy xarajatlarning o`zgarishi, mahsulot birligiga o`zgaruvchan xarajatlarning o`zgarishi ta`siri, mahsulot ishlab chiqarish miqdorining o`zgarishi ta`sir etadi. Xarajatlar o`zgarishiga albatta ichki birliklar sifatida sarf normalari va baholarining o`zgarishi ham tarkiblanadi. Bu kabi omillar xarajat elementlari bo`yicha farq qiladi.
Jami ishlab chiqarish xarajatlari va ularning omilli tahlili

Ko`rsatkichlar

O`tgan yil

Hisobot yili

Farqi (+/-), ming so`m

O`sish darajasi, %

summasi, ming so`m.

tarkibi, %

summasi, ming so`m.

tarkibi, %

1.Ishlab chiqarish xarajatlari jami shu jumladan:

541 131

100,00

686 079

100,00

+144 948

126,79

1.1. O`zgaruvchan xarajatlar

464 070

85,76

579 800

84,51

+115 730

124,94

1.2. O`zgarmas xarajatlar

77 061

14,24

106 279

15,49

+29 218

137,92

2. Ishlab chiqarish hajmi

572 661

-

717 416

-

+144 755

125,30

Mahsulot ishlab chiqarish tannarxini o`zgarishiga ta`sir etuvchi omillar ta`sirini quyidagi hisob-kitoblarda ko`rib o`tish mumkin.
Ishlab chiqarish xarajatlarining jami o`zgarishi:
686 079–541 131=+144 948 ming so`m (o`sish).
Joriy davr mahsulot ishlab chiqarish xarajatlarini qayta hisoblash:
a) o`zgaruvchan xarajatlar:
464 070*1,253=581 479,7 ming so`m. (mahsulot hajmining o`zgarishiga mos o`zgaradi);
b) o`zgarmas xarajatlar:
77 061 ming so`m (bazaviy miqdorda qoladi).
Jami: 581 479,7+77 061=658 540,7 ming so`m
Joriy davr mahsulot hajmining o`tgan davr bahosi va ta`rifi bo`yicha hisob-kitobi:
541 131/572 661*717416=677 916 ming so`m
Omillar ta`siri:
a) Ishlab chiqarish hajmi:
658 540,7–541 131=+117 409,7 ming so`m (o`sish)
yoki 581 479,7–464070=+117 409,7 ming so`m (o`sish)
b) Baho va ta`riflar o`zgarishi:
686 079–677 916=+8 163 ming so`m (o`sish)
v) tarkib va jami xarajatlar summasi:
677 916–658 540,7=+19 375,3 ming so`m (o`sish)
Jami o`zgarish: 117 409,7+8 163+19 375,3=+144 948 ming so`m
Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ning ishlab chiqarish tannarxini hosil qiluvchi xarajatlar ularning iqtisodiy mazmuniga ko`ra: ishlab chiqarish moddiy xarajatlar (qaytariladigan chiqitlar qiymati chiqarib tashlangan holda); ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo`lgan mehnatga haq to`lash xarajatlari; ishlab chiqarishga tegishli bo`lgan ijtimoiy sug`urtaga ajratmalar; asosiy fondlar va ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo`lgan nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi; ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo`lgan boshqa xarajatlar.
Ishlab chiqarish xarajatlarini turi, tarkibi, dinamikasi bo`yicha tahlil qilish‚ ularni nazorat qilish, maqsadli boshqarish imkonini beradi.
Iqtisodiy elementlari bo`yicha ishlab chiqarish xarajatlari tahlili

Ko`rsatkichlar

O`tgan yil

Hisobot yili

O`sish darajasi, %

Farqi (+ , -)

summa, ming so`m.

tarkibi, %

summa, ming so`m

tarkibi, %

summa, ming so`m.

tarkibi, %

Moddiy xarajatlar

434 236

80,25

539 694

78,66

124,29

+105 458

-1,59

Mehnat haqi xarajatlari

63 014

11,64

79 500

11,59

126,16

+16 486

-0,05

Yagona ijtimoiy to`lov

22 641

4,18

28 012

4,08

123,72

+5 371

-0,10

Amortizatsiya

7 194

1,33

9 214

1,34

128,08

+2 020

+0,01

Boshqa xarajatlar

14 046

2,60

29 659

4,33

211,16

+15 613

+1,73

Jami xarajatlar

541 131

100,00

686 079

100,00

126,79

+144 948

-

Ishlab chiqarish hajmi

572 668

-

717 416

-

125,30

+144 748

-

Bir so`mlik mahsulotga, (sotilgan mahsulotga) to`g`ri keladigan ishlab chiqarish xarajatlari

0,9449

-

0,9563

-

101,2

+0,0114

-

Tahlil natijalari shuni ko`rsatadiki, korxonada ishlab chiqarish xarajatlarining jami o`zgarishi 144 948 ming so`mga yoki 26,79%ga o`sganligini ko`rish mumkin.
Eng yuqori o`zgarishlar moddiy xarajatlar (10 548 ming so`m yoki 24,29%), mehnat haqi xarajatlari (16 486 ming so`m yoki 26,16%) qatoriga to`g`ri keladi. Albatta ish haqidan ajratmalar qatoriga ham mehnat haqi o`zgarishiga mos ravishda oshib boradi.
Ishlab chiqarish xarajatlarining vertikal tahlilidan ko`rinadiki, jami ishlab chiqarish xarajatlari tarkibida moddiy xarajatlar salmog`i eng yuqori o`rinni tashkil etgan.
Bir so`mlik mahsulotga qilingan ishlab chiqarish xarajatlari o`tgan yilga nisbatan 1,2%ga yoki 1,14 tiyinga o`zgargan.

Yüklə 470,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə